Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


Pasayuvchi va ko‘tariluvchi loyihalash



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Pasayuvchi va ko‘tariluvchi loyihalash.
Agar yuqori ierarxik darajalardagi masalalarni 
yechish pastroq ierarxik darajalardagi masalalarni yechishdan oldin kelsa, bunday loyihalash 
pasayuvchi
deb ataladi. Agar quyi ierarxik darajalar bilan bog„liq bo„lgan bosqichlar bilan bajarilsa, 
bunday loyihalash 
ko‘tariluvchi
deyiladi. 
Loyihalashning ushbu ikki turining har birida ham o„zining afzalliklari va kamchiliklari 
mavjud. Pasayuvchi loyihalashda tizim uning elementlari hali aniqlanmagan sharoitda ishlanadi
ya‟ni uning imkoniyatlari va xossalari haqidagi ma‟lumot taxminiy tavsifga ega. Ko„tariluvchi 
loyihalashda aksincha elementlar tizimdan oldin loyihalanadi, natijada elementlarga bo„lgan talablar 
taxminiy tavsifga ega bo„ladi. Ikkala holda ham to„liq boshlang„ich informatsiya yo„qligi tufayli 
optimal texnikaviy natijalarga erishishning potentsial imkoniyatidan chetga og„ish bo„ladi. Lekin 
loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda bunday og„ishliklarning bo„lishi muqarrar va murakkab 
ob‟yektlarni loyihalashda blokli-ierarxik yondoshuvga boshqa muqobil yondoshuv mavjud emas. 
Shu sababli, blokli-ierarxik loyihalash natijalarining optimalligini texnikaviy-iqtisodiy ko„rsatkichlar 
(ular, xususan, o„z ichiga loyihalashga ketadigan moddiy va vaqt sarflarni oladi) nuqtai-nazaridan 
ko„rish lozim. 
Tashqi va ichki loyihalash.
Pasayuvchi loyihalashda 
k
-ierarxik darajadagi elementlarni 
ishlash uchun TT ta‟rifi ushbu darajadagi loyihaviy protseduralarga kiradi. Yuqori ierarxik 
darajadagi tizim yoki ko„p qo„llanishlarga mo„ljallangan unifikatsiyalashgan elementlar tizimi uchun 
TT ishlash boshqacha bo„ladi. Bu erda TT ishlash loyihalashning mustaqil bosqichi bo„ladi va 
ko„pincha 
tashqi loyihalash
deb ataladi. TTning ta‟riflari bo„yicha ob‟yektni loyihalash bosqichlari, 
undan farqli ravishda
ichki loyihalash 
deyiladi.
Tashqi loyihalashning asosi – texnikaning zamonaviy holatini, texnologiyaning imkoniyatlarini 
to„g„ri hisobga olish hamda ob‟yektning hayotiy siklidan kam bo„lmagan vaqt davomida ularning 
rivojlanishini to„g„ri prognoz (bashorat) qilishdir. Texnologik omillar bilan bir qatorda iqtisodiy 
ko„rsatkichlarni loyihalash va tayyorlashning narxi va muddatlarini ham hisobga olish zarur. 
Masalaning holati va ilmiy-texnikaviy progress istiqbollarini o„rganish (tadqiqot qilish) asosida 
ekspertlar guruhi tizimga TTning birlamchi variantini shakllantirishadi. Shakllantirilgan TT bajarila 
olishini baholash va uni tuzatish bo„yicha tavsiyalar ichki loyihalash protseduralari yordamida 
olinadi. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin