9 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash ta’minoti Operatsion tizimlar Ma’ruza rejasi: 1. Operatsion tizimlar haqida umumiy ma‟lumot
1.1. Dasturlar orasida vaqtni taqsimlash operatsion tizimlari
1.2. Real vaqt operatsion tizimlari
1.3. Hisoblash tarmoqlari ishini tashkil qilish uchun mo„ljallangan operatsion
tizimlar
2. Operatsion tizimlar strukturasi va generatsiyasi
Tayanch so‘zlar va iboralar Operatsion tizim, masalalarni multidasturli ishlash rejimi, svoping, ma‟lumotlar bloki,
fragmentatsiya, ma‟lumotlar to„plami, fayl.
9.1. Operatsion tizim (OT)lar haqida umumiy ma’lumotlar Operatsion tizim – hisoblash tizimi (HT)ning hamma resurslaridan eng samarali foydalanish
va u bilan ishlash qulay bo„lishi uchun mo„ljallangan tizimli boshqaruvchi va ishlovchi dasturlar
kompleksidir. Hozirgi paytda tezkorligi sekundiga bir necha million operatsiya bo„lgan yuqori
unumdorli HTlarni faqat OT yordamida to„liq yuklash mumkin. HTlarining dasturaviy ta‟minotida
operatsion tizim asosiy o„rinni egallaydi, chunki u hisoblash jarayonining hammasini rejalashtiradi
va nazorat qiladi. Dasturaviy ta‟minotning istalgan komponenti albatta OT boshqaruvida ishlaydi.
Zamonaviy foydalanuvchi OT vositalarisiz HT bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega emas, chunki
OT unga matnni muharrirlash, dasturlarni sozlash, dialogni tashkil qilish, fayllar bilan ishlash va
boshqa hisoblash protseduralari uchun har xil servis xizmatlarini taqdim etadi.
Dastlab zamonaviy OTlarning prototipi EHM ikkinchi avlodi operatorlarini lentalar va
perfokartalar kolodasini mos hisoblash qurilmalariga o„rnatish, bajarish dasturlarni yuklash (kiritish),
ma‟lumotlarni o„qishdagi va protsessor navbati (ketma-ketligi)ni tuzish, lentani qayta o„rash va h.k.
kabi oddiy (qoloq) ishlardan ozod qilish vositasi sifatida yaratilgan.