Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


Operatsion tizim nima uchun kerak va operatsion tizim nima?



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

Operatsion tizim nima uchun kerak va operatsion tizim nima? 
Faraz qiling, hashamatli besh yulduzli otel xolliga kirmoqdasiz. Shveytsar tavozelik bilan 
eshikni ochadi, ichkarida og„ir chamadonlaringizni qo„lingizdan olish uchun tayyor turgan yuk 
tashuvchining gavdasi ko„rinadi, sizni ko„rib peshtaxta yonidagi portening esa yuzida tabassum 
paydo bo„ldi – u sizga intizor edi. Sizga hech nima to„g„risida so„rashga hojat yo„q – siz uchun 
xizmat ko„rsatish tizimi ishlaydi. Siz soatingizni mahalliy vaqtga o„tkazmoqchisiz – bir imo-ishora 
yetarlidir. 
Yaxshi tizim nafaqat xohishingizni bajarishga, balki xatoingizni to„g„rilashga ham tayyor. 
Oltinchi qavatdagi nomer kalitini oling va chamadonlar bilan zinadan yuqoriga yurib ko„ring. 
Xotirjam bo„ling – uzoqqa bormaysiz. Sizga yetib olishadi, qo„lingizdan chamadonlarni olishadi, 
liftga kuzatishadi, nomeringizga olib borib qo„yishadi va yaxshi dam olishingizni tilashadi. 
Kompyuterning operatsion tizimi shunga o„xshash ishlaydi. Bu – katta va kichik dasturlarning 
uyg„unlashgan orkestridir. Biri sizning istagingizni topishga harakat qiladi, ikkinchisi sizning 
buyruqlaringizni bajaradi, uchinchisi esa siz xatoga yo„l qo„ymasligingiz uchun sizni kuzatadi. 
Operatsion tizim nimaga kerak? 
«Hamma narsa uchun» deyish – bu hech nima demaganlik bilan barobar. Mutaxassisdan 
operatsion tizimi bo„lmagan kompyuterda 2+2 necha bo„lishini so„rab ko„rish qiziq bo„lsa kerak. 
Javob uchun ertasiga kelaversangiz bo„laveradi, agar javob umuman bo„lsa. 
Bunday murakkab hisobni bajarish uchun, bu sonlarni klaviatura yordamida kompyuterga 
kiritish kerak. Lekin kompyuter operatsion tizimsiz klaviatura bilan qanday ishlash lozimligini juda 
kam tushunadi. 
Balki kompyuterga arifmetik hisoblar bilan shug„ullanadigan dasturni yuklash (kiritish) 
lozimdir? Odatda shunday ham qilishadi, lekin dastlab baribir operatsion tizim kerak. Usiz 


69 
kompyuter o„zining diskovodlari haqida juda kam biladi va hattoki uning yordamida nimanidir 
yuklash mumkinligi haqida tushunchaga ega ham emas. 
Operatsion tizim birinchi navbatda kompyuter bilan muloqot qilish uchun, u Siz nima 
istayotganingizni tushunishi uchun va o„z navbatida javob qilish uchun, u chiqarayotganini Siz 
tushunishingiz uchun kerak. 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin