O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Kasbiy psixologiya fanining asosiy vazifalari va tadqiqot metodlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

2.4. Kasbiy psixologiya fanining asosiy vazifalari va tadqiqot metodlari
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his-tuyg‘ularini 
o‘rganish, inson-texnika munosabatlari jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
muammolarning sub‘ektiv va ob‘ektiv sabablarini o‘rganishdir. 
Shu bilan birga bu fanni o‘rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida 
e‘tibor qaratish muhimdir: 

turli nizolarning oldini olish; 


23 

personallar o‘rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish; 

fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish; 

inson omilini birinchi o‘ringa olib chiqish. 
Kasbiy psixologiya fanini o‘qitishda quyidagilarga e‘tiborni qaratish zarur: 

bo‘lg‘usi muhandis mutaxassislarni kasbiy psixologik bilimlar bilan 
qurollantirish; 

kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona 
foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish; 

huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama 
shakllantirish; 

huquq 
yo‘nalishida ta‘lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy 
qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish; 

kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish va 
psixologik aloqa o‘rnatish mahoratiga ega bo‘lish. 
Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko‘lamidan kelib 
chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi. 
1)
psixologik bilimlarni chuqur o‘rganish hamda ularni ilmiy jihatdan 
sintezlash; 
2)
kasbiy tushuncha va kategoriyalarning psixologik mohiyatini ochib 
berish; 
3)
muxandis xodimlariga asosiy ob‘ekt – inson xulq-atvorining ruhiy 
jihatlarini tushuntirish; 
4)
ijtimoiy munosabatlarga kirishayotgan sub‘ektlar o‘rtasidagi psixik 
jarayonlarni o‘rganish va ularning ruhiy holatlarini ko‘rsatish. 
Kasbiy psixologiya fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari 
mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o‘rganish metodlari («metod» yunoncha so‘z 
bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma‘noni anglatadi) psixik jarayonlar, 
holatlar va individual xususiyatlar to‘g‘risidagi bilimlarni egallashda 
qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning 
yig‘indisidir. 


24 
Kasbiy 
psixologiya 
muxandislik 
psixologiya sohasining ob‘ektiv 
qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar 
o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi.
Individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning instrumental metodlariga 
avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar 
o‘tkazish, anketalar, so‘rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga 
oid asosiy qo‘llanmalarda berilgan. 
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining 
doimiyligi yoki o‘zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda 
katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan 
materiallarda ayrim xatolar ham bo‘lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini 
psixologik o‘rganishning o‘ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment 
tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o‘rganish va hisobga olishni talab 
qiladi. 
Kasbiy psixologiyaning o‘rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan 
shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat 
qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda 
qiyin bo‘lgan, yo umuman ko‘rinmaydigan tomonlarini ko‘rsatadi. 
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o‘rganishga imkon 
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. 
Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini 
tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Metod so‘zi – yunoncha 
methodos bo‘lib tadqiqot, tekshirish degan ma‘noni beradi. Nazarimizda 
yuqoridagilarga yana yo‘l, usul so‘zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot 
ishlarida ham, bilim berishda ham qo‘llaniladi. Ushbu bobda bilim berish 
metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan 
ma‘lumotlarni to‘plashdagi qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so‘z boradi. 
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‘rin 
egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur 
metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy 
izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamda 


25 
foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob‘ekti, ko‘lami yanada 
kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, 
faoliyat va muomala xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati tug‘ildi, sifat hamda 
mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin