16
Muloqot psixologiyasi:
Shaxs ijtimoiylashuvining
biologik va ijtimoiy
omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi; ayrim toifadagi
shaxslarning mulokati
tipologik tavsifi. Faoliyatda mulokat psixologiyasi,
Ijtimoiy psixologiya va kasbiy psixologiya o‘rtasida
farq qiluvchi tomonlar
ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1)
kasbiy psixologiya fanining ko‘lami ijtimoiy psixologiyaga qaraganda
torroq, chunki u kasbiy holatlar psixologiyasi bilan shug‘ullanmaydi;
2)
kasbiy psixologiya fanida nazariyaga qaraganda amaliy holatlar ko‘proq,
bu bevosita inson-texnika munosabatlari bilan bog‘liq psixik jarayonlarning o‘ziga
xosligi bilan ifodalanadi;
3)
kasbiy psixologiya fanining ishlash metodlari
aksariyat hollarda
«maxsuslik» xarakteriga ega;
4)
kasbiy psixologiyaning ish uslubi tezkorlik xususiyatiga ega;
5)
kasbiy psixologiya katta psixologik stress holatlarini ham
o‘z
ichiga oladi;
6)
kasbiy psixologiya texnik muxandis xodimlarining psixologiyasini
shakllantirish va rivojlantirishi bilan ajralib turadi.
Kasbiy psixologiya fani ijtimoiy psixologiya
kabi bir necha tarmoqlarga
bo‘linadi. Bular:
1)
profilaktika faoliyati psixologiyasi;
2)
muxandislik faoliyati psixologiyasi;
3)
inson-texnika munosabatlari psixologiyasi;
4)
kasbiy faoliyat psixologiyasi.
Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib u o‘zining
tadqiqot predmeti va ob‘ektiga ega. Shu jihatdan
aynan u mehnat psixologiyasi,
muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi
va pedagogik psixologiya
fanlarining ob‘ekti va predmetidan farqlanadi.
Mazkur farqlar jadvalda quyidagicha ifodalaniladi