15
Pedagogika
bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an‘anaviy va
azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga
oshirishdagi roli o‘ziga xosdir.
Tabiiy fanlar:
fiziologiya, ximiya, fizika
va b.q. psixik hodisalar va
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning
kechishi qonuniyatlarini ob‘ektiv o‘rganish uchun material beradi. Tabiiy fanlar
sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq
yoritishga o‘z hissasini qo‘shgan.
Kibernetika
fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham
ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik
jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika
tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z
o‘rnida foydalanadi.
Texnika fanlari
bilan psixologiyaning o‘zaro va hamkorligi hozirgi kunga
kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson
ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab
qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki
yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot
va psixologiyaning o‘zaro va hamkorligi ham yangilik bo‘lib,
ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong
hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda
ikkala fan teng xizmat qiladi.
Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.
1)
mulokot psixologiyasi;
2)
muxandislik psixologiyasi;
Kasbiy psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo‘lsak, u
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
–
Dostları ilə paylaş: