Biografiya (tarjimai hol) metodi.
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati,
ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma‘lumotlar odamlarning tarjimai holi,
kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘zgalar
tomonidan to‘plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar,
rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera
tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga
xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning
tug‘ilganidan, ham to boshlang‘ich ma‘lumot olgunicha davr oralig‘ida salomatlik
darajasi qanday bo‘lganligi to‘g‘risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan
material hisoblanadi.
Biografiya
metodi inson psixikasini suhbat va tajriba
metodlari vositasida o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo‘radi.
Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: sheriyat,
musiqa, nafosat, tasviriy san‘at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning
ma‘naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste‘dod salohiyat kabi fazilatlari
kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos individual va
ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o‘z
ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar zamondoshlari, izdoshlari,
safdoshlarining ta‘rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o‘tadi. Xuddi shu
ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi
31
ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning
uyg‘unligini ta‘minlaydi.
Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan bo‘lib, kichik
(birlamchi) guruh a‘zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita
o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan
guruhdagi har bir a‘zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning
faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma‘lumotlar matritsa, grafik,
sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari
guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma‘lum bir
xulosa qiladi. Biroq ma‘lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks
ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya.
L. Kolominskiy va I. P. Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar
psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan variantlari, ko‘rinishlari ishlab chiqilganki,
ular orqali shaxslarning bir – birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa,
sotsiometriyaning Ya. L. Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan varianti
bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida to‘la axborot berishga
yordam beradi.
Odatda o‘quvchilardn quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi:
―Sen sayohatga kim bilan borishni xohlaysan?‖, ―mashg‘ulotlarga kim bilan birga
tayyorlanishni istaysan?‖, ―Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yashashni
yoqtirasan?‖ sinaluvchi har uchta javobdan bittasini ―eng ma‘qul‖ deb tanlashi
lozim. Unga ―avval, hammadan ko‘ra ko‘proq kim bilan birga bo‘lishini
xohlasang, o‘shaning familiyasini yoz‖, ―aytilgan shartlarga binoan uchinchi
shaxsning familiyasini yoz‖ deb uqtirish maqsadga muvofiq.
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta ―maydon‖ga
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri keladi. Guruh
a‘zolarining o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan
bog‘langanida o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi
doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruh a‘zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi.
32
Shaxslar bilan aloqa o‘rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oldai.
Oraliqdagi ―maydon‖larga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar
joylashtiriladi. Shu yo‘l bilan birinchidan shaxslararo munosabatlarning darajasi va
ko‘lami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar
taqqoslanadi. Natijalarga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi,
psixologik birini taqozo etuvchanligi haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga
nazariy va metodologik ahamiyatga molik g‘oyalar, qonuniyatlar ilgarisuriladi,
amaliy ko‘rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot
istiqboli to‘g‘risida muloxazalar yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |