O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

odam-texnika 
o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va 
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi; 
– harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon 
bo‘ladigan 
xulq-atvorini, 
zobitlar 
bilan 
oddiy 
askarlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi; 

savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, 
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat 
ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi; 

tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi. 
Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, 
boshqaruv 
psixologiyasi, 
shaxs 
psixologiyasi, 
sport 
psixologiyasi, 
psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko‘plab sohalar mavjudki, 
ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning 
fan sifatidagi o‘rni va maqsadidan kelib chiqadi. Texnik muxandis xodimlarning 
faoliyati jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha kasblardan, avtomatlashtirilgan 
boshqaruv tizimlari sifatida ish ko‘rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat 
ma‘lum psixologik qonunlar, usullar asosida ish ko‘rishni talab etadi. Bu esa 
texnik muxandis xodimlarning faoliyatida yuz beradigan psixik holat va 
jarayonlarni alohida fan – kasbiy psixologiya sifatida o‘rganishni taqozo etadi. 
Xo‘sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima? 
Kasbiy psixologiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy psixologiya fani tarkibiga 
kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda 
kasbiy psixologiya 
o‘ziga xos 
predmet 
bo‘lib, 
odam-texnika 
o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning 
xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xatti-
harakatlari bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Psixologiya esa muayyan shaxs, 
uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlarini 
o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har ikkala fanning ob‘ekti va sub‘ekti shaxs, inson 


12 
hisoblanadi. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya 
tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya‘ni soxaviy, masalan, texnik 
muxandis xodimlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini 
o‘rganishga bag‘ishlangan fan hisoblanadi. 
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning 
qonuniyatlarini o‘rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar 
ishlab chiqadi. 
Kasbiy psixologiya fani 
texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, 
odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini 
o‘rganish 
maqsad 
qilib qo‘yilgan. 
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi 
– texnik muxandis xodimlar 
faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro 
munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat: 

texnik muxandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o‘rganishdan 
hosil bo‘lgan bilimlar; 

texnik muxandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik 
holatidan hosil bo‘lgan xulosalar; 

texnik muxandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va 
faolligini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar. 
Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o‘z ob‘ekti mavjud, 
ular quyidagilardan iborat: 

texnik muxandis idoralar xodimlarining psixologiyasi; 

texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi; 

fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; 

shaxsning tuzilishi; 

shaxsning faoliyati; 


13 

shaxsning faolligi va uning shakllari. 
Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi 
mavjud: 
1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik 
masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishlarini paydo bo‘lishi, shuningdek 
psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, 
ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining 
shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi. 
2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat 
psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson 
psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy 
tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga 
kelishi. 
3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi 
muammolarning 
xal 
qiluvchi 
mehnat 
psixologiyasi 
va 
muhandislik 
psixologiyadagi vazifalarni paydo bo‘lishi mehnat psixologiyasining bu sohasi 
kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy 
maslahat, kasb tanlash bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida 
kasbiy psixologiya yuzaga keldi va birinchilardan bo‘lib AQShda olimlar J.Kritets 
va R Super ishlarida ko‘zga tashlangan. 
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida ―Kasb tanlash‖, ―kasbga 
yo‘naltirish‖ kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib 
borgan. Xususan, ―Differentsial diagnostik so‘rovnoma‖ (DDS) metodikasini 
ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning 
kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va 
malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb 
psixologiyasi masalalarini o‘rganish bo‘yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, 
B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug‘llanganlar.
Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining 
faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. 


14 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin