O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI 
VA TADQIQOT METODLARI 
1.1. Kasbiy psixologiya fanining shakllanishi
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, mutaxassislarning kasbiy sifatlari va 
shaxsiy salohiyatiga talablarning yuqoriligi, shaxs hayot faoliyatining turli 
sohalarida psixologik fanlar ma‘lumotlaridan keng qamrovli foydalanishni talab 
etmoqda. Hozirgi kunda ko‘pgina insonlar o‘z kasbiy faoliyatlarini hayotiy 
muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, 
psixologik qo‘llab-quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olmoqdalar. O‘z 
kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafakat texnik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy 
holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir xodimdan 
psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-
harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Har qanday inson kundalik hayotida 
odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, 
beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va 
hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy 
holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi 
insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma‘naviy borliqdagi 
narsa va hodisalarni jonli aks etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u uzoq davom 
etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi. 
Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi 
(xususiyati), sub‘ekt tomonidan ob‘ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq 
manzaralarini sub‘ekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z 
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va 
kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan
1
. Psixikaning asosiy 
vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir. 
Ruxiyatning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi ruxiy (bilish) 
jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruxiy holatlar 
(hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, 
1
G‟oziev E. 
Umumiy psixologiya. – Т., 2002. – Б. 25 


10 
ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, 
qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‘uliyat)da 
kuzatiladi. 
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, 
shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil 
ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha ―psyche‖ va ―logos‖ 
so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta‘limot degan ma‘noni 
anglatadi. Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini 
qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» 
tushunchalari aynan bir ma‘noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda 
«jon»ga nisbatan kengroq ma‘noga, ko‘lamga ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham 
ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi. 
Psixologiya fanining o‘rganadigan sohasiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va 
uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob‘ekt haqidagi muayyan bilimlar 
tashkil qiladi (Ob‘ekt – kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va 
ma‘naviy borliq. Predmet – moddiy va ma‘naviy borliq haqidagi bilimlar). 
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik 
psixologiya, 
zoopsixologiya, 
yosh 
davrlari 
psixologiyasi, 
muhandislik 
psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, 
savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Bunda: 

umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning 
o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha hisoblanadi; 

pedagogik psixologiya kishiga ta‘lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi; 

yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘ilganidan to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro 
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi 
tamoyillarini o‘rganadi; 

ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari 
natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e‘tiqodlar, hissiy kechinma 


11 
va xulq-atvorlarni o‘rganadi; 

muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari 
operatorlarining faoliyatini, 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin