18
ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va
amaliyotini tashkil qilish
uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida
ta‘kidlash lozim. E. A. Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi:
mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub‘ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi
va shakllanishi sohasidagi
vazifalarni echish usullari, yo‘llari va sharoitlarini
o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir.
Kasb psixologiyasi
shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda
shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-
mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini
yoki muayyan
kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda
ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida
kasbiy hulq muhim axamiyatga ega. Shaxsning
psixomotor motivatsion va
kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor
qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi,
shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar
olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib,
shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy
tasavvurlarni
rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa,
kasbga
kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta‘sirini o‘rganadi.
Kasb psixologiyasining muhim jihatlari
- bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy
maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy
talablarni aniqlashdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: