O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


MIKROORGANIZMLARNING AZOT VA UGLEROD AYLANISHIDAGI ISHTIROKI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə28/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

9. MIKROORGANIZMLARNING AZOT VA UGLEROD AYLANISHIDAGI ISHTIROKI


9.1. Ammonifikatsiya jarayoni va
ammonifikatorlar

Hayvon va o`simliklar hayot faoliyati natijasida tuproq va suv havzalariga ko`p miqdorda oqsil moddalari tushadi, lekin ular to`planmaydi, balki mikroorganizmlar yordamida parchalanadi.


Har xil azotli organik birikmalarning mikrobiologik jarayon ta'sirida ammiak ajralishi bilan o`tadigan minerallashuvi ammoniylashtirish deyiladi.
Ammoniylashtirishga oqsil, nuklein kislotalar, mochevina, xitin, gumus moddalar uchraydi. Oqsillarning ammoniylashuvi (chirishi) jarayoni har xil chirituvchi mikroorganizmlar – aerob va anaerob ammonifikatorlar tufayli sodir bo`ladi. Bularga sodda hayvonlar, zamburug`lar, aktinomitsetlar va xilma - xil bakteriyalar kiradi.
Faol ammonifikatorlarga spora hosil qiluvchi va sporasiz bakteriyalar kiradi. Oqsil moddalarning parchalanishi mikroorganizmlarning proteolitik fermentlari yordamida quyidagi tartib bo`yicha boradi: oqsil → polipeptid → aminokislota → ammiak.
Aminokislotalar parchalanish jarayonida dekarboksillanishga, dezaminirlanishga uchraydi. Bu hollarda dezaminirlanish esa to`g`ri, gidrolitik, oksidlanuvchi va qaytariluvchi bo`lishi mumkin. Bunda ammiakdan tashqari turli moddalar hosil bo`ladi, bularning orasida gazsimon hamda yoqimsiz hidli moddalar hosil bo`ladi. Masalan, oltingugurt tutuvchi aminokislotalar (metionin va sistein) parchalanganda sulfid vodorod hosil bo`ladi, siklik aminokislota triptofan parchalanganda - yoqimsiz najas hidiga ega fenol va boshqa moddalar hosil bo`ladi.
Oqsil moddalarning ammoniylashishini o`rganish va ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasini olish uchun tuproq (yoki boshqa substrat) tarkibida oqsil yoki uning parchalangan mahsulotlari bor ozuqa muhitiga masalan, pepton bulyoniga ekish kerak. So`ngra, ma'lum bir inkubatsion davr (5-7) dan so`ng tahlil o`tkaziladi.
I. Pepton bulyonidagi ammoniylashtiruvchilarning boyitilgan kulturasining tahlili.
1) ammoniylashtiruvchilarning xarakterli o`sishini oddiy ko`z bilan kuzatishlarda mavjudligi (uning ko`rinishi), loyqalanishi (uning jadalligi) va gaz pufakchalari borligi;
2) hid borligini qayd etish va uni tasvirlash (xushbo`y, yoqimsiz, o`tkir, qo`lansa, najas hidini eslatishi va b.);
3) ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasini mikroskopda tekshirish-undan "ezilgan tomchi" usulida tirik preparat hamda fiksirlanagan va bo`yalgan preparatlarni tayyorlash;
4) ammiakka sifat reaksiyasi o`tkaziladi - uni pepton bulyonida to`planganligini tomchi reaksiyasi bilan Nessler reaktivi yordamida aniqlanadi. Chinni idishga boyitilgan kulturadan 0,5-1 ml quyiladi va reaktivdan 1 tomchi qo`shiladi. Ammiak bor bo`lsa, sariq yoki zarg`aldoq rang paydo bo`ladi. Ammiak qancha ko`p bo`lsa, rang shuncha to`q bo`ladi.
II. Ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning toza kulturasini "ezilgan tomchi" preparatida ko`rish tavsiya etiladi.
1. Sporasiz grammanfiy bakteriyalar.
a) Serratia marcescens - qizil qon tayoqchasi, bu kulturaning pepton agaridagi shtrixi bo`ylab o`sishi qotgan qonni eslatadi. Mikroskop ostida 0,5-0,6 x 6-1,0 mkm keladigan mayda, kalta, harakatchan peritrixlar, yakka yoki qisqa zanjirlarga birlashgan hujayralar va qizil rangdagi donachalari - prodigiozin pigment bo`laklari ko`rinadi.
b) Pseudomonas fluorescens - bu kultura oziqa muhitga ko`k yashil rangdagi flyuorestsent pigmentini ajratadi. Bu ingichka, 0,6 x 1-2 mkmdagi to`ppa-to`g`ri, harakatchan (monotrixlar) tayoqchalardir.
2. Spora hosil qiluvchi grammusbat bakteriyalar.
a) Bac. megaterium uchlari yumaloqlashgan, yirik tayoqchalar, o`lchamlari 1,2-1,5 x 3-7 mkmdan 10 mkm gacha, harakatchan, peritrixlar, yakka yoki zanjir hosil qilgan, yosh hujayralarda dona-dona lipid granulalari ko`rinadi. Shtrix yog`simon, yaltiroq, salgina qavariq, sarg`ish rangda bo`ladi.
b) Bac. subtilis kalta va ingichka, 0,6 x 3-5 mkm, yakka, harakatchan, peritirix tayoqchalar. Pepton agarida ingichka, quruq, burishgan parda ko`rinishida o`sadi.
v) Bac. mycoides 0,8-1,2 x 5-7 mkm yakka tayoqchalari yoki zanjirlarga birlashgan, ular yosh mog`or zamburug`i mitseliysining gifasini eslatuvchi iplar hosil qiladi. Agarli oziqa muhitda kultura o`ziga xos, yassi, mitseliysimon yoki rizoidsimon yoyilgan shaklda o`sadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin