O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Klechatkaning aerob parchalanishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə34/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

9.6. Klechatkaning aerob parchalanishi

Kletchatka (selluloza) o`simlikning quruq vaznining 45-80% foizini tashkil etadi. U polisaxarid bo`lib, kuchli kimyoviy reaktivlar ta'sirida ham qiyin parchalanadi. Tabiiy sharoitda sellyulozaning juda katta miqdori tuproqqa tushadi va u erda tuproq mikroorganizmlari yordamida biologik o`zgarishlarga uchraydi. Bu mikroorganizmlar, kletchatkani glukozaga gidrolizlovchi va so`ngra aerob sharoitlarda SO2 va H2O gacha oksidlovchi sellulaza va sellobiaza fermentlari hosil qiladi.


Oraliq mahsulotlar sifatida organik kislotalar hosil bo`ladi.

C6H12O62 RCHOHCOOH + CO2 + H2O


R CHOHCOOH + O2  CO2 + H2O

Sellulozaning aerob parchalanishi asosan bakteriyalar, hamda aktinomitsetlar va zamburug`lar ishtirokida amalga oshadi. Bu jarayonda asosiy rol miksobakteriyalarga tegishli. Miksobakteriyalar - grammanfiy bir hujayrali tayoqchalar bo`lib, eni 0,4 - 0,7 mkm ni tashkil etadi. Bu organizmlar ko`pchiligining yoysimon hujayralari uzunasiga cho`zilgan, uchlari o`tkirlashgan bo`ladi. Ular egiluvchanligi bilan farqlanadi va qattiq yuzalar bo`ylab sirg`anib harakatlanadi. Miksobakteriyalar binar - ko`ndalang ikkiga bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Vegetativ hujayralar ko`paygandan so`ng birtalay hujayralar birgalikda to`planib, shilimshiq parda bilan qoplanadi va razmeri 1mm dan kam bo`lgan rangsiz yoki har xil rangga bo`yalgan differentsiyallashgan meva tanalar hosil qiladi. Miksobakteriyalarning meva tanasi oyoqchadan (sistofera) va sistalardan tashkil topgan bo`ladi. Sistalarda tinch holatdagi yirik hujayralar joylashgan bo`lib, etilgandan so`ng ulardan yana vegetativ hujayralar chiqadi.


Miksobakteriyalar bir necha turga birlashtiriladi: Cytophaga, Sporocytophaga, Sorangium, Archangium, Polyangium va boshqalar. Bu organizmlar tuproqda yashaydilar, ular ko`p miqdorda go`ngda va go`ng bilan o`g`itlangan tuproqlarda hamda chuchuk suv havzalarida va dengiz loyqalarida uchraydi. Sellulozaning aerob parchalanishini Getchinson va Kleyton muhitida kuzatish mumkin (1 litr distillangan suv, K2HPO4 - 1 gr., CaCl2 x 6H2O - 0,1 gr., MgSO4 x 7H2O - 0,3 gr., NaCl -0,1 gr., FeCl3 x 6H2O - 0,01 gr., NaNO3 - 2,5 gr.).
Bu muhitda yagona uglerod manbai bo`lib, selluloza – filtr qog`oz kesmasi xizmat qiladi. Muhitga tuproq ekiladi va 14 - 21 kundan so`ng filtr qog`ozda o`zgarishlar kuzatiladi. Bakterial chirish natijasida qog`oz bo`sh, g`ovak ko`rinishida bo`lib qoladi va ayrim hollarda yirtilib ketadi. Suyuqlik bilan havo chegarasidagi qog`oz shilimshiqlanadi, sarg`ayadi, qo`ng`ir tusga kiradi, bu esa miksobakteriyalar koloniyalarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`ladi.
Aerob selluloza parchalovchi bakteriyalar bilan tanishish maqsadida "ezilgan tomchi" preparati tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasiga bir tomchi ko`k metilenning suvli eritmasidan tomiziladi, hamda shilimshiqlashgan, qo`ng`irlashgan filtr qog`oz kesmasidan ilmoq bilan qirib olingan qirindi bilan aralashtiriladi. Bunda chirigan qog`ozning tolalarini, alohida-alohida bakterial hujayralarni va yumaloq sistalarni ko`rish mumkin.

Adabiyotlar


1. Koleshko O.I. Ekologiya mikroorganizmov pochvi. Laboratorniy praktikum. Minsk.: “Visheyshaya Shkola”, 1981. С.110-114.


2. Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008, С.118-122.
3. Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С. 107-111.

  1. Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987. С.110-111.

MUNDARIJA


1. Mikroorganizmlarning umumiy tavsifi


1.1. Prokariotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
1.1.1. Prokariotlarning tuzilishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
1.1.2. Prokariotlarning o`sishi va ko`payishi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4
1.2. Eukariotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4
1.2.1. Zamburug`lar . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4
1.3. Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri . . . . . . . . . . . . 5
1.4. Mikroorganizmlarda modda almashinuvi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5
1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati . . . . . . . . . . . . . . . . 5

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin