3. Chap qo’l bilan kulturali probirka olinadi va ilmoq ushlagan qo`lni bo`sh barmoqlari bilan probirkani tiqini olinadi lekin tiqin stolga qo`yilmay ushlab turiladi. Probirkaning og`zi alangada qisqa vaqt qizdiriladi.
4. Ilmoqdan foydalanib probirkadagi suyuqlikdan olinadi, bunda ilmoq probirkaning ichki tomoniga tegmasligi kerak.
5. Probirkani og`zi va tiqini alangada qizdirilib, probirka yopiladi va shtativga qayta qo`yiladi.
6. Bo΄sh qo΄l bilan ekiladigan probirka olinadi va yuqoridagiday ochilib, og`zi steril qizdiriladi.
7. Ilmoqdagi suyuq kultura probirkaga asta solinadi so`ng aralashtiriladi.
8. Ilmoqdagi tomchilarni probirkani ichida qoldirish uchun ilmoq probirkani ichiga, suyuqlik tugagan joyiga tegiziladi.
9. Ilmoq asta chiqariladi va probirkani og`zi bilan tiqin flambirlanadi, probirka yopiladi hamda shtativga qo`yiladi.
10. Ilmoq cho`g` holatigacha qizdiriladi.
Probikadan Petri likopchasiga ekishda qo`yidagi ishlar amalga oshiriladi.:
1. Petri likopchasining ustiga marker yordamida talabaning ismi, guruhining nomeri, sana yoziladi.
2. Yuqorida aytilganday, probirkadan ilmoq bilan kultura solinadi.
3. Bo’sh qo’l bilan Petri likopchasining qopqog`i ochiladi, lekin stolga qo`yilmaydi va likopcha ustida ushlab turiladi.
4. Petri likopchasidagi oziqli muhitga ilmoqdagi kultura "shtrix" usulida ekiladi. Bunda agarni o`ymasdan ehtiyot qilib ekish lozim.
5. Petri likopchasi yopiladi.
6. Ilmoq flambirlanadi va joyiga qo`yiladi.
Ekmalar 280S da keyingi darsgacha o`stiriladi.