O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


MIKROORGANIZMLARNI O`STIRISH USULLARI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə20/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

7. MIKROORGANIZMLARNI O`STIRISH USULLARI


7.1. Aseptika texnikasining qoidalari

Tirik mikroorganizmlar populatsiyasiga kultura deyiladi. Laboratoriyada kulturalar turli shaklda bo`ladi; suyuq muhitlarda, agarli "kosyak"larda, Petri likopchalaridagi qattiq muhitlarda. Mikroorganizmlar kulturasi faqat bir turdan iborat bo’lsa, u sof kultura deyiladi. Mikrobiologlar deyarli hamma vaqt sof kulturalar bilan ish tutadilar. Agar kultura bittadan ortiq mikroorganizmlar turini tutsa, u kultura aralash yoki iflos deyiladi. Shuning uchun sof kulturalarni tozaligini saqlash mikrobiologlarning asosiy vazifalaridandir, chunki aks holda tadqiqotlarda olingan natijalar to`g`ri bo`lmaydi. Mikrorganizmlar keng tarqalganligi tufayli ularni sof kulturalarga tushmasligini ta'minlash uchun choralar ko`rish muhim, ya'ni aseptika texnikasiga amal qilish lozim. Demak, aseptika texnikasiga ko`ra, mikroorganizmlar sterillangan oziqa muhitida o`stiriladi va bu muhitni atrofdan mikrorganizmlar tushmasligidan saqlash kerak. Sof kultura oziqa muhitga ekilganda qo`yidagi aseptika texnikasi qoidalariga amal qilinadi:


1) sof kulturaga tegishi mumkin bo`lgan barcha narsalar oldindan sterillanadi;
2) oziqli muhit sterillanadi;
3) ekish va qayta ekish vaqtlarida kultura ifloslanishidan saqlanishi uchun ehtiyot qilinadi; Buning uchun quyidagi choralar amalga oshiriladi:
a) barcha idish va oziqli muhitlar tayyor bo`lishi bilan darhol sterillanadi;
b) havodagi mikroblar tushmasligi uchun oziqli muhitlar yopiq idishlarda saqlanadi. Bunda paxta va dokadan tayyorlangan tiqinlardan foydalaniladi, va ular faqat ekish vaqtida olib turiladi, lekin hech qachon stol yoki boshqa vositalarga qo`yilmaydi.
v) sterillangan idishlarni ichki va ulardagi steril oziqli muhitlarga hamda sof kulturalarga tegishi mumkin bo`lgan barcha vositalar avvaldan sterillanadi, masalan, bakteriologik ilmoq;
g) ekish va qayta ekish vaqtida ishlatiladigan probirka va kolbalarni og`zi ishdan oldin flambirlanadi va iloji boricha kam vaqt davomida ochiq holda qoldiriladi.
d) Ish joyini mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan saqlash lozim, ilmoqlar ishlatilgandan so`ng ham sterillanadi, pipetkalar esa dezinfeksion suyuqliklarga solinib qo`yiladi.
Laboratoriya sharoitida probirkadagi suyuq muhitdan boshqa probirkadagi muhitga ekish, yoki Petri likopchasidagi agarli qattiq muhitga ekish kabi ishlar tez-tez amalga oshirib turiladi. Talabalar bunday mashg`ulotlarni bajarib, aseptika texnikasi qoidalarni amalda qo`llanishini o`rganishlari lozim. Probirkadan probirkaga ekishda qo`yidagi ishlar bajariladi:
1. Marker yordamida ekiladigan probirkalarga talabaning ismi, guruhining raqami yoziladi.
2. Ilmoq alanganing yuqori qismida cho΄g` holatigacha flambirlanadi, 10 daqiqa davomida sovitiladi, lekin stolga qo`yilmaydi (5 – 10 rasmlar).






Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin