O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə26/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

7.4. Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish

Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish uchun tuproq yoki substrat quyidagi oziqli muhitlarga ekiladi:


1) Pepton buloni - organik azotni (oqsilni) ammiakgacha
parchalaydigan mikroorganizmlar (ammonifikatorlar) uchun. Muhit tarkibi: 1litr vodoprovod suvi pepton - 10g. NaCl - 5g, Na2HCO3 - 0,1g.
2) Vinogradskiy muhiti - nitrifikatorlar uchun, ular ammiakni azot oksidi va keyinchalik azot kislotagacha oksidlaydi:
NH3 → N02 → N03. Ular avtotrof, shuning uchun organik uglerod manbai oziqli muhitga kiritilmaydi. U mineral tuzlardan tayyorlanadi: (1 litr distillangan suvda, g: (NH4)2S04 - 2; K2HPO4 - 1; Mg S04 x 7H20 - 0,5; NaCl - 2; FeS04 - 0,4; CaC03 - 10).
3) Giltay muhiti - denitrifikatorlar uchun, ular azot kislotasini molekular azotgacha qaytaradi: NO3 → N2 (1 litr distillangan suvda, g/l natriy sitrati - 2,5; KNO3 -2; pepton- 1; KH2PO4 -2; MgSO4 x 7H2O -2; CaCl2 x 6H2O - 0,2; FeCl3 -izi. Muhitga 1 - 2 ml 1% li spirtli ko`k rangli bromtimol indikatori yashil rang bo`lguncha qo`shiladi.
4) Eshbi muhiti - erkin yashovchi azotfiksatorlar uchun - atmosferadagi erkin molekulyar azotni o`zlashtiradi. (1 litr distillangan suvda, g/l mannit - 20: K2HPO4 - 0,2; MgSO4 x 7H2O - 0,2; NaCl - 0,2; K2SO4 - 0,1; CaCO3 - 5,0). Bu muhit "azotsiz" degan nom bilan aytiladi, chunki unga azotli moddalar qo`shilmaydi.
5) Rushman muhiti - moy kistlotali bakteriyalar uchun, ular qandlarni moy kislotagacha parchalaydi: C6H12O6 → CH3CH2CH2COOH. Mayda qilib kartoshkani probirkalarga to`g`rab, unga 0,05g bo`r solinib, uni vodoprovod suvi bilan to`ldiriladi.
6) Kletchatkani aerob parchalovchilar uchun Getchinson va Kleyton muhiti tayyorlanadi (1 litr distillangan suvda, g: K2HPO4 - 1; CaCl2 x 6H2O - 0,1; MgSO4 x 7H2O - 0,3; NaCl - 0,1; FeCl3 x 6H2O - 0,01; NaNO3 - 2,5. Quruq probirkalarga oldindan filtr qog`oz parchalari solinadi (1 x 7sm), ular olingan mikroorganizmlar guruhlari uchun uglerod (kletchatka) manbai hisoblanadi, va mineral eritmadan filtr qog`ozining yarmigacha qo`yiladi).
Har xil elektiv oziqa muhitli probirkalarga shpatel yordamida 0,5 - 0,7g dan tuproq solinadi. Probirkalarni qog`oz yordamida birlashtirib, bu qog`ozda ekish kuni va ekuvchining familiyasi yoziladi.
Inkubatsiya termostatda t 25-280 da 7-21 sutka olib boriladi.
Boyitilgan kultura keyingi darslarda tahlil qilinadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin