O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Azotfiksatsiya jarayoni va azotfiksatorlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə30/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

9.3. Azotfiksatsiya jarayoni va azotfiksatorlar
Atmosferadagi gazsimon azot zahirasi bitmas-tuganmasdir. Lekin bu katta zahiradan mineral azot birikmalari kerak bo`lgan o`simliklar va azotni organik birikmalari shaklida o`zlashtiruvchi xayvonlar foydalana olmaydi.
Bu xususiyatga faqat prokariotlar ega. Ularning ko`pchilik vakillari havodagi azotni bog`langan holatga o`tkazadi. Molekulyar azotni mikroorganizmlar tomonidan o`zlashtirish jarayoni azotfiksatsiya va bu jarayonni olib boruvchi mikroorganizmlar azotfiksatorlar deyiladi. Hamma e'tirof qilgan azotfiksatorlarga azotobakter, tuganak bakteriyalar va anaerob klostridiylar kiradi. Boshqa guruh mikroorganizmlar ichida Bacillus, Azotobacter, Azospirillum va hokazo avlodlarga kiruvchi azotfiksatorlar topilgan.
Azotfiksirlovchi mikroorganizmlar tuproqda erkin holda yoki yuqori o`simliklar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuning uchun erkin yashovchi va simbioz holatda yashovchi azotfiksatorlar farqlanadi.


Erkin yashovchi azotfiksatorlar

Erkin yashovchi azotfiksatorlar orasida Azotobacter va Clostridium avlodlarining turlari qiziqarlidir. Azotobakter oson o`zlashtiriladigan organik moddalarni tutuvchi, neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaktsiyali tuproqlarda keng tarqalgan. Azotobakteriyaning hamma turlari - geterotroflar va aeroblar. Ular orasida eng yaxshi o`rganilganlari Az. Chroococcum va Az. vinelandii ning turlaridir.


Tuproqda va ifloslangan suv havzalarida anaerob azotfiksator Clostridium avlodi uchraydi. Bu guruhning tipik vakili C. pasteurianum turidir. Yosh kultura hujayralari peritrix joylashgan xivchinlarga ega bo`lgan va donador kraxmalsimon moddaning katta zahirasiga ega bo`lgan tayoqchasimon shaklga egadir. Hujayralar klostridial tipda spora hosil qiladi.
Azotobakterni tabiiy yashash muhitdan - tuproqdan ajratish uchun va uning miqdorini aniqlash uchun har xil usullardan, shu qatorda tuproq bo`lakchalari usulidan foydalaniladi. Sterillangan Petri kosachasiga azotsiz Eshbi agarli muhit quyiladi. Qotgandan so`ng agar ustiga sterillangan ilmoq yordamida 1g. tuproqni diametri 2mm cha bo`lgan 50 - 100 bo`lakchalari joylashtiriladi. Tuproq oldindan bir oz namlanadi. Bo`lakchalarning to`g`ri joylashishi uchun andozadan foydalaniladi. Tuproq ekilgan likopchalarni 28 - 300Sda 5 - 7 kunga nam kameraga joylashtiriladi. Bunday sharoitda azotobakter bo`lsa, bo`lakchalar xira, avval rangsiz, keyin och jigarrang yoki to`q qoramtir rangli shilliq bilan qoplanadi.
Azotobakter bilan qoplangan tuproq bo`lakchalarni miqdori ekilgan bo`lakchalar umumiy sonidan protsent hisobida sanaladi. Bo`lakchalar atrofidagi shilliq biomassadan tushli preparat tayyorlanadi va mikroskopda ko`riladi. Bunda qorong`i fonda qalin rangsiz kapsula bilan o`ralgan donador Az. chroococcum ning hujayralari ko`rinadi.
Azotobakterning boyitilgan kulturasini tuproqni suyuq, azotsiz Eshbi muhitiga ekib ham olish mumkin. Ekilgan narsalar 28-300S o`stiriladi va bir haftadan so`ng analiz qilinadi:
1. Probirka devoridagi loyqa va halqasimon shilliq g`ubor borligi oddiy ko`z bilan tekshiriladi.
2. Kultural suyuqlik va halqasimon g`ubor mikroskop ostida suyuq tush (1:10) tomchisida ko`riladi
Erkin yashovchi azotfiksatorning toza kulturasi bilan tanishish uchun agarli Eshbi muhitida o`stirilgan Azotobacter chroococcum ning laboratoriya kulturasi mikroskopda ko`riladi.
Azotobacter chroococcum yosh davrida tayoqcha shaklida bo`ladi. Ular harakatchan, peritrixlar, gomogen bir me'yorda bo`yalgan plazmali, yakka yoki juft bo`lib birlashgan. Ularning uzunligi 2 - 3 dan 4 - 6 mkm gacha bo`lishi mumkin. Sekin-asta tayoqchalar katta, diametri 4 mkm li sharsimon ko`pincha 8 soniga o`xshash qo`shaloq hujayralarga aylanadi, qarigan sari hujayralar harakatini yo`qotadi va shilliq kapsula bilan qoplanadi, plazma donador bo`lib qoladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin