9.5. Moy kislotali bijg`ish
Moy kislotali bijg`ish bakteriyalar yordamida o`tadi va ularga faqat anaerob nafas oluvchi bakteriyalar kiradi. Bijg`ish natijasida quyidagi asosiy mahsulotlar hosil bo`ladi:
C6H12O6 CH3CH2CH2COOH + CO2 + H2O + CH3COOH
Bijg`ish asosiy mahsulotlari bilan bir qatorda etil spirti va atseton hosil bo`ladi. Moy kislotali bijg`ishni qo`zg`atuvchilar Clostridium avlodiga kiradi va klostridial yoki plektridial tipda spora hosil qiluvchi, harakatchan tayoqchalardir. Moy kislotali bakteriyalarning o`ziga xos xarakterli belgilaridan biri bu - xujayralarda zapas oziqa modda – granuloza to`plashdir.
Uglerod birikmalari manbai sifatida moy kislotali bakteriyalar mono-va disaxaridlarni o`zlashtiradi. Bu organizmlar tuproqda, go`ngda, ifloslangan suvlarda, o`simlik qoldiqlarida, o`sib turgan o`simliklar ustida keng tarqalgan. Tabiiy sharoitda moy kislotali bakteriyalar anaerob sharoitda kletchatkani va pektin moddalarining parchalanishida katta ahamiyatga ega.
Ba'zi holatlarda: sut kislotali achishda, siloslashda moy kislotali bijg`ish o`rinsiz bo`ladi va natijada moy kislota hosil bo`lib, bu mahsulotlarga yoqimsiz hid beradi. Shu bilan birga sanoatda moy kislotali bakteriyalarning sof kulturalaridan foydalanib zavodlarda moy kislota olinadi.
Moy kislotali bakteriyalar bilan tanishish uchun Rushman muhitiga tuproq ekilib boyitilgan kulturadan "ezilgan tomchi" preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum oynasidagi Lugol reaktivi tomchisiga suyuqlik bilan birga Rushman oziqli muhitidagi kartoshkaning kichik bo`lakchasi qo`shiladi, aralashtiriladi va qoplagich oyna bilan yopilib, immersion tizimda mikroskopda ko`riladi. Preparatda binafsha rangga bo`yalgan granulozali yirik hujayralar ko`rinadi. Granulozaning joylashishiga ko`ra hujayralar to`liq, qisman to`liq yoki dona-dona bo`ladi.
Adabiyotlar
Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008.С.II-113.
Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С.100-103.
3. Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987 С.265-272.
Dostları ilə paylaş: |