Muhokama uchun savollar:
Tashkilotdagi hujjatlar qaysi sifatlariga ko‗ra turlarga ajratiladi?
Yaratilish o‗rni va mazmuniga ko‗ra hujjatlar qanday turlanadi?
Qanday hujjatlarga qolipli hujjatlar deyiladi?
Xizmat hujjatlari shaxsiy hujjatlardan qaysi tomoni bilan ajraladi?
Hujjatlarning asl nusxasi, nusxasi, ko‗chirma kabi tasniflari tushuntirilsin.
Nima uchun ish yuritish uslublariga rioya qilish lozim?
Hujjatlarni tayyorlashda ularga qanday talablar qo‗yiladi?
ADRES
Qaerga: O‗zbekiston, Toshkent U.Yusupov ko‗chasi, 1 A Kimga: Bozor ko‗nikmalarning rivojlantirish markaziga
700084, Toshkent sh., X.Asomov, 7 TMI
700128 (qabul qiluvchi aloqa bo‗limi raqami)
TAKLIFNOMA
Taklifnoma
Muhtaram(a)
Sizni va xonadoningiz ahlini farzandlarimiz Ikromjon va Nodiraxonning nikoh to‗ylari sharafiga yoziladigan dasturxonimizga taklif qilamiz. To‗y oshi 2000 yil 15 sentyabr soat 13 00 da tortiladi.
Hurmat bilan G‘ulomovlar oilasi.
O‗zR Toshkent sh. Mirobod rayoni TMI 1999 y 9 sentyabr
Toshkent sh. Mirobod xalq sudiga (sud adresi)
Da‘vogar-TMI, X.Asomov-7.
Javobgar-Mirobod rayon Yo‗l qurilish idorasi (adresi)
Etkazilgan zararni undirish haqida Da‘vo summasi – 1mln. sum
Da‟vo ariza
1999 y. 30 iyuldagi shartnomaga muvofiq, yo‗l qurilish idorasi 50 tonna asfaltni shu yilning 10 sentyabridan kechiktirmay olib kelishga va hovliga asfalt yotqizishga va‘da berdi. Lekin va‘da bajarilmay qoldi. Shu yilning 15 dekabrida, asfaltni yarmini, ya‘ni besh mashinada olib kelib asfalt yotqizildi, qolgan besh mashinasini to‗kib ketdi. Oradan bir hafta o‗tgach, asfalt qilindi deb hujjat olib keldi, ya‘ni bajarilmagan ishga (komissiya dalolatnomasi ilovada keltirilgan).
Yetkazilgan zararni qoplash haqida yozgan da‘vo xatimizga yo‗l qurilish idorasi hech qanday javob bo‗lmadi.
Suddan javobgardan TMI foydasiga 1 mln. sum undirish haqida qaror chiqarishni va ish yuzasidan bo‗ladigan chiqimni javobgar zimmasiga yuklatishni so‗raymiz.
Dostları ilə paylaş: |