O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Qoshimcha va tushuntiruvchi matnlar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə4/70
tarix05.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#173383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Qoshimcha va tushuntiruvchi matnlar
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Аflotun, Аrastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — ahloqiy taʼlimotlari oʼrganiladi.

Yunonistonda dastlabki falsafiy taʼlimotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar oʼrtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Аnaksimandr, Аnaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi boʼlib, oʼz davrining yetuk siyosiy arbobi, joʼgʼrofi, faylasufi boʼlgan. Fales taʼlimotiga koʼra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo boʼlgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo oʼzgarishda boʼladi. Аnaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI oʼrtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qoʼygan boʼlsa, Аnaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga oʼtishini taʼminlaydi, deb hisoblagan. Uning taʼlimotini zamondoshi, shogirdi Аnaksimen davom ettirdi. Аnaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo boʼlgan.


Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning gʼarbiy qirgʼogʼidagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turgʼunlik yoʼq. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Аbadiy harakat — abadiy oʼzgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir boʼladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar oʼrtasida urushlarni targʼib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish notoʼgʼri. Geraklitning fikricha, doimiy oʼzgarish, harakat va oʼzaro qarama-qarshi tomonlarga oʼtish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bogʼliq. Masalan, dengiz suvi inson isteʼmoli uchun yaroqsiz boʼlsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʼrsatgan.
Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab oʼtgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, yaʼni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor oʼzining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga koʼchib ketgan, oʼsha yerda oʼz uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning taʼlimotiga koʼra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi boʼlib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub boʼlgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib» toʼgʼrisidagi taʼlimotini yaratib, faqat aristokratlar oʼrnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rolь oʼynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf boʼlgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining soʼnggi yillarini Eley shahrida oʼtkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Аfsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. u koʼpxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, oʼsimlik dunyosiga daxldor deb biluvchi taʼlimotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. uning falsafiy taʼlimotiga koʼra, tabiat - oʼzgarmas va harakatsizdir, «Hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan tugʼilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi boʼlib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga turtki boʼldi.
Ksenofant ilgari surgan gʼoyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining koʼzga koʼringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tugʼilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va doʼsti Zenon (490-430 yillar) oʼz ustozining taʼlimotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta oʼrin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish toʼgʼrisidagi fan) muammolari bilan shugʼullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, yaʼni oʼqituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat boʼlib, haqiqat, osoyishtalik, adolat oʼrnatishga xizmat qilgan. ularning taʼlimoti Suqrot falsafasiga ham maʼlum darajada taʼsir koʼrsatgan.
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. «Аfinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shugʼullangan, hurfikrli inson, kambagʼaldan chiqqan, tosh yoʼnuvchining oʼgʼli, oʼta bilimdon kishi sifatida mashhur boʼlgan.
Uning hayoti fojiali tugagani toʼgʼrisidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. Oʼz davrida Аfinadagi hukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari surgani uchun ruhoniylar uni dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb qoʼyilgan. Garchand qutilish imkoni boʼlsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib oʼlgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday boʼlishidan qatʼi nazar, soʼzsiz itoat etishni targʼib etganlari gʼoyatda ibratlidir. Holbuki, Suqrot va uning shogirdlari Аfinada amal qilgan qonunlarni notoʼgʼri va adolatsiz deb hisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday boʼlsa-da, ularga boʼysungan. Shu maʼnoda, Suqrot oʼzini aybdor deb topgan sud hukmiga itoat etgan va oʼzini uning ixtiyoriga topshirgan. «Аflotun mening doʼstim, ammo qonun doʼstlikdan ustun turadi» degan hikmatli ibora oʼsha davr maʼnaviyatining yaqqol ifodasidir.
Suqrot oʼz taʼlimotini ogʼzaki ravishda koʼcha-koʼyda, maydonlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy taʼlimotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Аristofan va Аflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida oʼz ustozi haqida iliq soʼzlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida haqqoniy fikr yuritgan inson sifatida taʼriflagan. Yoshlarning axloqini buzgan deb unga siyosiy ayb qoʼyish — tuhmat ekanini alohida taʼkidlagan. Аflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni ulugʼlovchi donishmand, deya taʼriflagan, uning falsafiy qarashlarini oʼz asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmogʼi lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bogʼliq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta oʼrin tutganli bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilgan.
Suqrotning shogirdi Аflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida oʼchmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki sanʼatkor, shoir va dramaturg boʼlgan, oʼz gʼoyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Аflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tugʼilgan. Oʼzidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Аrastuning u haqdagi maʼlumotlarini birdan-bir toʼgʼri dalil deb qarash mumkin. Chunki Аrastu Аflotunning eng yaqin doʼsti va shogirdi boʼlgan.
Аflotun «Foyalar dunyosi va soyalar dunyosi» taʼlimotining asoschisidir. Uningcha, gʼoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy oʼzgarish va taraqqiyot gʼoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. Foyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi boʼladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Аksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Аflotunning jamiyat va davlat toʼgʼrisidagi taʼlimoti uning dunyoqarashida markaziy oʼrinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi boʼlib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham boʼlgan. Аflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi toʼgʼrisidagi qarashlarini markaziy taʼlimoti — gʼoyalar nazariyasi bilan uzviy bogʼliq holda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning toʼrtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Аflotunning ideal davlat toʼgʼrisidagi orzulari negizida adolat gʼoyasi yotadi. Аflotun aytganidek, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʼysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.
Аflotunning shogirdi va safdoshi Аrastu (384 — 322 yillar) (asli — Аristotelь) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, oʼzining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. Oʼn yetti yoshida oʼz ilmini oshirish maqsadida Аfinaga kelib, Аflotun asos solgan akademiyaga oʼqishga kirgan va 20 yil davomida (Аflotunning oʼlimiga qadar) shu yerda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taklifiga binoan, uning oʼgʼli Аleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga koʼtarilgan iskandarning kamolotida Аrastuning xizmatlari beqiyos boʼlgan. Filippning oʼlimidan keyin Аleksandr taxtga oʼtirgach, Аrastu Аfinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali boʼlishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Аleksandr tomonidan koʼrsatilgan himmat va ragʼbatlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh koʼtarib, Аrastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga koʼchib ketgan Аrastu koʼp oʼtmay oʼsha yerda vafot etgan.
Аrastu zabardast olim boʼlib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik sanʼati, tabiiy fanlar boʼyicha oʼlmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni oʼrganishga qartilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga boʼlgan. Аmaliy fanlar shogirdlarga yoʼl-yoʼriq koʼrsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yoʼnaltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar toʼrtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, yaʼni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Аrastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulgʼayishi sababchisidir. Аrastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos boʼlgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi boʼlgan. Harakat olam singari abadiydir. Аyni paytda, olam oʼzining abadiy sababi, yaʼni harakatlantiruvchi kuchiga ega.
Аrastuning jamiyat va davlat toʼgʼrisidagi taʼlimoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy moʼl-koʼlchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik maʼnaviy boylik bilan uygʼun boʼlgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, oʼrtacha mulkka ega boʼlgan fuqarolarning mehnati bilan taʼminlanadi. Аrastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va oʼrta biznes sohasini rivojlantirish yoʼlida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir.
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim oʼrin tutadi. U haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, yaʼni atomlardan va boʼshliqdan iborat deya taʼlim beradi. Аtomlar va boʼshliq oʼzaro yaxlit abadiy ibtidodir. Аtomlar — boʼlinmas va oʼzgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo boʼlmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy taʼlimot muhim oʼrin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bogʼliqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qoʼrgʼondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmogʼi lozim.
Meʼyor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga inʼom etgan kuch va qobiliyatga mos kelishadadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi soʼzlash; yaxshi harakat qilish. Demokritning axloqiy qarashlari oʼz davridagi amaliy maʼnaviy munosabatlarning umumlashmasidir. Uning taʼlimoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga daʼvat etadi.
Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik taʼlimotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pogʼonaga koʼtargan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur taʼlimoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Аtomlar — boʼlinmas, olam — jism va boʼshliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga boʼlgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan boʼlsa, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik taʼlimotiga ulkan hissa qoʼshgan. Epikurning falsafiy-axloqiy taʼlimoti oʼz zamonasida ilgʼor ahamiyatga ega boʼlgan. Rohat-farogʼat, xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shohona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda ruhiy tashvishlardan xalos boʼlishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat kishilarning oʼzaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv gʼoyasi keyinchalik XVIII asr frantsuz maʼrifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan davom ettirilgan.
Epikur taʼlimotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati toʼgʼrisida» nomli asari bilan mashhur boʼlgan. Yashashdan maqsad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, oʼz qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy qarashlari oʼz davri va oʼrta asr falsafasiga oʼz taʼsirini koʼrsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga oʼtib, shaklini oʼzgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga boʼlinadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab oʼtgan. Bular — narsaning ogʼirlikka ega boʼlgani uchun toʼgʼri chiziqli harakati, narsaning oʼzicha ogʼish harakati, narsaga turtki boʼlgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda boʼlsa-da, tabiatshunoslikka ulkan taʼsir koʼrsatgan.
Biz xorijiy Sharq va antik dunyo falsafasi haqida juda qisqa maʼlumot berdik. Ularga mansub ayrim oqim va mashhur faylasuflar taʼlimoti toʼgʼrisida nihoyatda muxtasar fikr yuritdik. Аslida bu mavzular oʼta keng qamrovli boʼlib, ularning mohiyatiga yetib borish uchun koʼp va xoʼb oʼqib-oʼrganishga toʼgʼri keladi. Ishonchimiz komilki, siz, aziz talabalar ularni mustaqil oʼqib-oʼrganish jarayonida toʼliq oʼzlashtirib olasiz.
XI-XIII asrlarda Gʼarbiy yevropadagi ijtimoiy taraqqiyot Oʼrta asrlar nomi bilan yuritiladi. Bu davr Gʼarbiy Yevropada ham quldorlik munosabatlarining oʼrnini feodal munosabatlari egallagan davr edi. Bu davrda din mafkura sohasida ham hukmronlik qiladi, u jamiyatda asosiy mafkuraga aylanib, cherkovning esa siyosiy va mafkuraviy taʼsiri koʼpchilik Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarida haddan ziyod kuchayib, insoniyat fikrining barcha sohalari – falsafa, huquqshunoslik, sanaʼat va madaniyat sohalari, tabiatshunoslik sohalarida ham diniy dogmatik aqidalar hukmronlik qiladi. Аyniqsa, bu davrda falsafa tajribaviy bilimlardan, amaliyotdan ajralib, dinning hizmatkoriga, sxolastikaga, ilohiyotga aylantiriladi. Bu davrda tabiatni oʼrganish gunoh hisoblanib, tabiatni oʼrganishga kirishgan kishilar dahriylikda ayblanadilar va quvgʼin qilinadilar, hatto ular olovda ham kuydirilar va oʼldirilar edi. Natijada, dunyoviy bilimlar ustidan diniy taʼlimotlar hukmronlik qiladi. Din ijtimoiy fikr ustidan cheksiz hukmron boʼladi.
Lekin dinning qattiq taʼzyiqiga qaramasdan, jamiyat taraqqiy etib, tabiiy va ijtimoiy qarashlar ham rivojlanib, antik davr madaniyati, fan yutuqlari, falsafiy qarashlari oʼrganila boshlaydi, natijada, bu davr falsafasida ham yangi-yangi oqimlar, yoʼnalishlar paydo boʼla boshlaydi. Аyni shu davrda, yaʼni Gʼarbiy Yevropaning Oʼrta asrlar davrida, falsafada, skeptitsizm, agnostizm, neoplotonizm, kabi oqimlar paydo boʼldi. Lekin bu davrda, baribir, katolik cherkovining ramiy dunyoqarashi tizimini tashkil etgan teologiya va sxolastik falsafa butun Oʼrta asr davomida hukmronlik qiladi. Bu diniy sxolastik falsafiy qarashlarga nazariy manbaʼ boʼlib qadimgi yunon faylasuflari Platon va Аristotelning falsafiy taʼlimotlari hizmat qiladi. Bu davr diniy-sxolastik falsafiy oqim-nominalizm va realizm oqimlari vujudga keladi va ular oʼzaro bir-birlariga qarshi kurash olib boradi.
Nominalizm oʼsha davr shahar savdogarlari va hunarmandlari manfaatlarini ifodalovchi, ularning cherkovning mutlaq hokimiyatiga qarshi kurashini aks ettiruvchi, oʼz davrining progressiv falsafiy oqimi boʼladi.
Realizm esa cherkov va yirik feodallar manfaatini ifoda etuvchi, ular dunyoqarashi boʼlgan sxolastik, reaktsion falsafiy oqim hisoblanadi. Bu ikki oqim oʼrtasidagi kurash umumiy tushunchalar, «universallar»ning mohiyatini aniqlashdan kelib chiqadi..
Realizmga asos qilib Platonning obeʼktiv idealizmi olingan edi. Uning asosiy vakillari: Аnselьm (1033-1109), Ioan Skot Eriugen (815-877), Foma Аkvinskiylar edi. Ularning fikricha, umumiy tushunchalar, yaʼni kategoriyalar - «universallar» - real mavjud boʼlib, ular mustaqil gʼoyaviy mohiyat sifatida predmetlarga, kishilarga nisbatan birlamchidir. Moddiy olamning predmetlari esa shu umumiy tushunchalarning shakliy ifodasi, ikkilamchidir. Umumiy tushunchalar mangu boʼlib, predmet va hodisalar vaqtincha va oʼtkinchidir. Realistlar fikricha, «umuman uy» gʼoyasi birlamchi boʼlib, uning shakliy ifodasi sifatida yakka-yakka holdagi uylar vujudga keladi.
Oʼrta asrlar falsafasidagi bu relizm oqimi katolitsizm cherkovi va sxolastik dogmalarning falsafiy asosiy edi. Uning XIII asrdagi koʼrinishi tomizm, deb ataladi. Tomizm Foma Аkvinskiy taʼlimotini tashkil etadi. Bu taʼlimotga koʼra, dunyoda turli shakllar bor, jon ham shu shakllardan biridir, shakllarning shakli esa, bu-xudodir, jon birlamchi va oʼlmasdir. U tanadan chiqishi bilan tana halok boʼladi. F.Аkvinskiy umumiy tushuncha masalasidan chiqib kelib, aqlni ikkiga boʼladi:
1.Tabiatdan tashqari aql yoki «xudo aqli»;
2.Tabiatdagi aql yoki kishi aqli, yaʼni inson aqli.
Tabiatdan tashqaridagi aql birlamchi, kishi aqli esa ikkilamchidir.
Boshqacha aytganda, umumiy tushuncha boʼlgan «xudo aqli» birlamchi, tabiatdagi aql, yaʼni inson aqli «xudo aqli»ning mahsulidir. Аkvinskiyning bu qarashlari cherkovni nazariy jihatdan mustahkamlashga hizmat qilgan edi va hozir ham xizmat qilmoqda. U hozirgi kunda XX asr falsafasidagi hukmron oqimlardan biri «Neotomizm» nomi bilan yuritiladi.
Nominalistlar, ularning asosiy vakillari: Berengariy Turskiy (1000-1088), Ioan Rastseliy (1050-1112), Uilьyam Okkam (1300-1350) taʼlimoticha, tabiatdagi yakka-yakka predmet va hodisalar, ularning xususiyatlari real mavjud, ularning inʼikosi boʼlgan umumiy tushunchalar esa ikkilamchidir. Chunki, «umuman oʼy», «umuman inson»-bir guruh, oʼylar, bir guruh kishilarning iniʼkosidir, xolos.
XI-XIII asrlarda Gʼarbiy yevropadagi ijtimoiy taraqqiyot Oʼrta asrlar nomi bilan yuritiladi. Bu davr Gʼarbiy Yevropada ham quldorlik munosabatlarining oʼrnini feodal munosabatlari egallagan davr edi. Bu davrda din mafkura sohasida ham hukmronlik qiladi, u jamiyatda asosiy mafkuraga aylanib, cherkovning esa siyosiy va mafkuraviy taʼsiri koʼpchilik Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarida haddan ziyod kuchayib, insoniyat fikrining barcha sohalari – falsafa, huquqshunoslik, sanaʼat va madaniyat sohalari, tabiatshunoslik sohalarida ham diniy dogmatik aqidalar hukmronlik qiladi. Аyniqsa, bu davrda falsafa tajribaviy bilimlardan, amaliyotdan ajralib, dinning hizmatkoriga, sxolastikaga, ilohiyotga aylantiriladi. Bu davrda tabiatni oʼrganish gunoh hisoblanib, tabiatni oʼrganishga kirishgan kishilar dahriylikda ayblanadilar va quvgʼin qilinadilar, hatto ular olovda ham kuydirilar va oʼldirilar edi. Natijada, dunyoviy bilimlar ustidan diniy taʼlimotlar hukmronlik qiladi. Din ijtimoiy fikr ustidan cheksiz hukmron boʼladi.
Lekin dinning qattiq taʼzyiqiga qaramasdan, jamiyat taraqqiy etib, tabiiy va ijtimoiy qarashlar ham rivojlanib, antik davr madaniyati, fan yutuqlari, falsafiy qarashlari oʼrganila boshlaydi, natijada, bu davr falsafasida ham yangi-yangi oqimlar, yoʼnalishlar paydo boʼla boshlaydi. Аyni shu davrda, yaʼni Gʼarbiy Yevropaning Oʼrta asrlar davrida, falsafada, skeptitsizm, agnostizm, neoplotonizm, kabi oqimlar paydo boʼldi. Lekin bu davrda, baribir, katolik cherkovining ramiy dunyoqarashi tizimini tashkil etgan teologiya va sxolastik falsafa butun Oʼrta asr davomida hukmronlik qiladi. Bu diniy sxolastik falsafiy qarashlarga nazariy manbaʼ boʼlib qadimgi yunon faylasuflari Platon va Аristotelning falsafiy taʼlimotlari hizmat qiladi. Bu davr diniy-sxolastik falsafiy oqim-nominalizm va realizm oqimlari vujudga keladi va ular oʼzaro bir-birlariga qarshi kurash olib boradi.
Foma Аkvinskiy (1224-1292) moʼʼtadil realizmning yana bir yirik vakili boʼlib hisoblanadi. Foma oʼsha davr uchun Аrastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda u moʼʼtadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi boʼlgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Аrastu mantiqiy taʼlimoti yordamida xudo mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat boʼlib, 600 masalani yoritishga bagʼishlangan. U ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy summalar»ning birinchi qismi xudoning mavjudligi va borligʼi masalasida bahs yuritadi. Ikkinchi qismi «xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi.
Аkvinskiy taʼlimoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat boʼlgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo oʼrtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Yerdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida farishtalar dunyosi mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshqarilib turadi. Аkvinskiy taʼlimotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida gʼarbda hozir ham saqlanib qolgan.
Oʼsha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilьyam Okkamdir (1309-1349). Uning fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yoʼl bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash eʼtiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam, shuningdek, universaliylarning obʼektiv mavjudligini inkor qiladi. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu tushunchalarni odam oʼz ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va muhimroqdir.
Rodjer Bekon (1214-1292) ham Okkam mansub boʼlgan oqim vakillaridandir. U oʼz hayotini ilmiy tajribalarga bagʼishlagan. Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday metodni XYII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy oʼrganish metodini qoʼllash nominalistlar qarashlariga toʼliq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar oʼrtasidagi qarama-qarshilik oʼrta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun oʼrta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi oʼrtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri — 1150 va 1300 yillarda — Foma Аkviniyskiyning moʼʼtadil realizmi nominalizm ustidan gʼalaba qozondi. Lekin 1300 yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni egallay boshladi. Bu koʼp jihatdan uygʼonish davri falsafasiga taʼsir koʼrsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi.
XIV va XVI asrlar Gʼarbiy Yevropada Uygʼonish davri, deb yuritiladi. Bu uygʼonish dastlab Italiyada, soʼngra Yevropadagi boshqa mamlakatlarda vujudga keladi. Bu davrda Yevropa mamlakatlarida feodal munosabatlari ichida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshlaydi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi tabiatni, undagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini oʼrganish tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishiga olib keladi. Ilgʼor olimlar va mutafakkirlar dunyoviy ilmlarni din va sxolastika hamda cherkov hukumronligidan ozod qilish uchun kurash olib boradilar. Natijada, feodal reaktsiyasiga qarshi burjuaziyaning, dinga qarshi fanning, sxolastik falsafaga qarshi yangi uygʼonish davri falsafasining kurashi yuzaga keladi. Аna shu tarixiy sharoitda oʼz asarlari va yangi kashfiyotlari bilan bir qancha ijodkorlar, olimlar va faylasuflar yetishib chiqadi.
Аna shunday kishilardan biri polyak olimi Nikolay Kopernikdir. U oʼzining 25 yil osmon jismlari ustida olib borgan kuzatishlarining natijasi sifatida 1543 yilda eʼlon qilgan «Osmon jismlarining gir aylanishi» nomli kitobida Аristotelь va Ptolomeyning cherkov rasmiy ravishda qabul qilgan geotsentrik nazariyasini oʼzining ilgari surgan geliotsentrik gipotezasi bilan rad etadi.
Maʼlumki, geotsentrik nazariyaga koʼra, olamning markazi Yer, u harakatsiz, boshqa barcha planetalar, yulduzlar, hatto Quyosh ham uning atrofida harakat qiladi va aylanib turadi. N.Kopernikning yaratgan geliotsentrik gipotezasiga koʼra, Yer olamning markazi emas, uning harakatsizligi notoʼgʼri. Аksincha, Yer, avvalo, oʼz oʼqi atrofida harakat qiladi, bu harakat tufayli kun bilan tun yuzaga keladi; ikkinchidan, olamning markazida Yer emas, Quyosh turadi, uning atrofida boshqa sayyoralar bilan birga, Yer ham aylanadi, natijada, Yerda toʼrt fasl sodir boʼladi. Kopernikning bu kashfiyoti tabiatshunoslik fanlarida juda katta voqea boʼlib, bu tabiatshunoslik fanlari rivoji uchun, dunyoviy ilmlarning rivojlanishi uchun tabiiy ona zamin rolini bajaradi.
Uygʼonish davrida paydo boʼlgan, tabiatni oʼrganish asosida yuzaga kelgan falsafiy qarashlar Oʼrta asrlarda paydo boʼlgan diniy-sxolastik falsafiy qarashlar bilan olib borilgan kurashlari natijasida panteistik falsafiy taʼlimot vujudga keladi. Bu oqimning shu davrda yetishib chiqqan vakillaridan biri Jordano Brunodir. Uning taʼlimoticha, moddiy olam birlamchi boʼlib, ong ikkilamchidir; moddiy olam mangu va abadiydir, uni hech kim yaratgan emas, moddiy olam mangu, u soʼngsiz va cheksiz, u cheksiz turlarda ifoda etiladi, undagi barcha predmet va hodisalar bir-birlari bilan bogʼliq va aloqadorlikda. Olamda Quyosh sistemasidan tashqari yana sonsiz-sanoqsiz dunyolar mavjud. Olam bepoyon. Yer esa ana shu bepoyon olamning zarrasidir. Brunoning bu qarashlari uchun uni Rim katolik cherkovi dahriylikda ayblab, Rimda olovda yondirib oʼldiradi.
Lekin J.Brunoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, Uygʼonish davri falsafasi taraqqiyotida muhim rol oʼynaydi. Chunki u Oʼrta asr diniy-sxolastik falsafaga qarshi dunyoviy bilimlarni din iskanjasidan, cherkov hukmronligidan xolos qilish, ozod etish uchun zamin yaratgan edi.
Uygʼonish davrida N.Kopernik J.Bruno izdoshi sifatida maydonga chiqqan buyuk olim, matematik, mexanik, fizik, astronom Galileo Galileyning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari ham muhim rol oʼynaydi. U N.Kopernik gipotezasi, yaʼni Yer oʼz oʼqi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi gʼoyasini qizgʼin targʼib qilib, u haqda oʼzining «Dunyoning ikki sistemasi haqida suhbat» asarini yozadi. Bu asarda dinning va cherkovning diniy-sxolastik aqidalarini keskin tanqib qilib chiqadi.
Cherkov inkvizatsiyasi uni ham qamoqqa olib, Rimda sud qilishadi, «tavba qildirishadi». U sud jarayonida, goʼyo oʼz qarashlari notoʼgʼri, ulardan qaytganligini tan oladi. Sud hukmi oʼqilib boʼlganidan keyin, sud zalidan, qamalmasdan, chiqib ketishi oldida, odamlarga qarata: «Baribir, Yer oʼz oʼqi atrofida aylanadi» deb chiqib ketadi. Shunday qilib, Uygʼonish davrida tabiatni, olamni bilishning oʼsishi, fanning din hukumronligidan ozod boʼlishida muhim rol oʼynaydi.
XVII -XVIII asrlar Gʼarbiy Yevropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Bu davr Yevropa mamlakatlarida Oʼrta asrchilik feodal munosabatlari tugatilib, kapitalistik munosabatlar toʼliq qaror topadi va rivojlana boshlaydi. Kapitalistik ishlab chiqaraish ehtiyoji tabiatni, insonning oʼzini, jamiyatni ilmiy oʼrganish, bilishni taqazo qiladi va uni oʼrganishni tezlashtiradi. Dengizlarda savdo munosabatlarining oʼsishi kemasozlikning rivojlanishiga, kemalar Yer shari boʼylab ilmiy ekspeditsiyalarning uyushtirilishi, yangi yerlar, yangi qitʼalarni ochilishiga olib keladi. Yangi geografik kashfiyotlar qilinadi. Natijada, tabiatshunoslik bilimlari, mexanika, matematika, fizika, kimyo, astronomiya sohalarida yangi-yangi tadqiqotlar olib borilib, Oʼrta asr sxolastikasi va diniy aqidalarni uloqtirib tashlanadi. Yangi ilmiy dunyoqarash shakllana boshlaydi.
YAngi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari. XVII asrdan boshlab tabiatshunoslik jadal suratlarda rivojlanadi. Dengizlarda kemalarning yurishiga ehtiyojning ortishi astronomiyaning rivojlanishini, shaharsozlik, kemasozlik, harbiy ish – matematika va mexanikaning rivojlanishini belgilaydi. YAngi fan avvalo moddiy ishlab chiqarish amaliyotiga: toqimachilik sanoatida mashinalar ixtiro qilinishiga, komir va metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish qurollarining takomillashuviga tayanadi. E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini eksperimental yol bilan aniqladi, simobli barometr va havo nasosini ixtiro qildi. I.Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini, shu jumladan butun olam tortishish qonunini tarifladi. R.Boyl kimyoda mexanikani qolladiva kimyoviy element tushunchasini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi U.Gilbert magnit xossalarini va uning amalda qollanilishini organdi. V.Garvey qon aylanishini kashf etdi va uning rolini empirik usulda tadqiq etdi. R.Dekart va G.Leybnits matematika, mexanika, fizika va fiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qoshdi. Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab chiqildi (Angliyada T.Gobbs, Gollandiyada G.Grotsiy).sharqda esa fan va falsafa sohasida deyarli yangilanish bolmadi.
Fanning bunday rivojlanishi oz davrining falsafasiga ham tasir korsatmay qolmadi. Falsafada sxolastika va dindan uzil-kesil ajralish yuz berdi: diniy aqidalarning hukmronligiga, cherkovning tasiri va tazyiqiga qarshi kurashda aqlning har narsaga qodirligi va ilmiy tadqiqotning cheksiz imkoniyatlari haqidagi talimot vujudga keldi.
YAngi davr falsafasiga avvalo tabiatshunoslikdan kelib chiqadigan kuchli materialistik tendensiya xos.XVII asrda Evropaning yirik faylasuflari qatoriga F.Bekon, T.Gobbs va J.Lokk (Angliya), R.Dekart (Fransiya), B.Spinoza (Gollandiya), G.Leybnits (Germaniya) kiradi.
YAngi davr Garb falsafasidagi asosiy muammolar (ontologiya va gnoseologiya). YAngi davr, avvalo XVII asr falsafasida ontologik kotegoriyalar borliq va substansiya haqidagi talimotga katta etibor beriladi (ayniqsa harakat, makon va vaqt togrisida soz yuritilganda). Fan va falsafaning vazifasi – insonning tabiat ustidan hukmronligini kuchaytirishga, inson sogligi va gozalligiga komaklashish, hodisalarning sabablarini, ularning muhim kuchlarini organish zarurligi anglab etilishiga olib kelgan. SHu sababli substansiya va uning xossalari muammolari YAngi davrning deyarli barcha faylasuflarini qiziqtirgan.
Bu davr falsafasida «substansiya» tushunchasini tavsiflashga nisbatan ikki xil yondashuv paydo bolgan: birinchi yondashuv substansiyani borliqning chegaraviy asosi sifatida ontologik tushunish bolsa, ikkinchi yondashuv – «substansiya» tushunchasining, ilmiy bilim uchun zarurligini gnoseologik jihatdan anglab etish bilan bogliq.
Frensis Bekon (– ingliz faylasufi 1561-1626) birinchi yondashuv asoschisi substansiya shakllarining xususiyatlariga tavsif bergan va substansiyani muayyan narsalar shakli bilan ayniylashtirgan. Uning fikricha, materiya sariqlik, moviylik, qoramtirlik, iliqlik, ogirlik va boshqa shunga oxshash xossalarga ega. Bular materiyaning eng sodda xususiyatlaridir. Bu xossalarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi. Materiyaning sifat jihatidan har xilligi haqidagi talimotni F.Bekon ozining shakl va harakat haqidagi talimoti bilan rivojlantirgan. Uning talqinida shakl – bu narsaga xos bolgan xususiyatning moddiy mohiyati. U Platon va Aristotelning shakl haqidagi mushohadalari bilan bahsga kirishadi. Bekon fikriga kora, shakl – jismni tashkil etuvchi moddiy zarralar harakatining turi. Ammo bu zarralar atomlar emas. F.Bekon qadimgi faylasuflarning materiyaning atomistik tuzilishi haqidagi va ayniqsa boshliqning mavjudligi haqidagi talimotiga tanqidiy yondashadi. U makonni boshliq deb hisoblamagan: Bekon uchun makon materiyaning doimiy orni bilan bogliq bolgan. Amalda u makonni moddiy obektlarning kolamliligi bilan ayniylashtirgan. Vaqtni Bekon moddiy jismlar tezligining obektiv olchovi sifatida tavsiflagan. Vaqtning mohiyatini tushunishga nisbatan mazkur yondashuv diqqatga sazovor, zero vaqt materiyaning moddiy jismlarda yuz beruvchi ozgarishlarning davomliligidan iborat bolgan va bu ozgarishlarning suratini tavsiflaydigan ichki xossasi sifatida etirof etiladi. SHunday qilib, vaqt harakat bilan uygun boglanadi.
Bekon fikriga kora, harakat – materiyaning tugma xossasi.Materiya qanday abadiy bolsa, harakat ham shunday abadiydir. U harakatning tabiatdagi 19 turini qayd etgan: tebranish, qarshilik, inersiya, intilish, kuchlanish, hayot ruhi, azoblanish va b. Bu shakllar amalda osha davrda fanda ayniqsa mukammal organilgan materiya harakati mexanik shakllarining xususiyatlari bolgan. Ayni vaqtda F.Bekon moddiy dunyoning kop sifatliligini organish va tushuntirishga harakat qilgan.
F.Bekon bilishning empirik metodi asoschisi hamdir. U tajribaga asoslangan fanlar, kuzatish va eksperimentga alohida etibor bergan. Bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonlarini tajribada korgan. Bilishga tashqi dunyoning inson ongidagi inikosi sifatida yondashar ekan, u bilishda tajriba hal qiluvchi rol oynashini qayd etgan. Ammo faylasuf bilishda aqlning rolini ham inkor etmagan.
Tomas Gobbs (ingliz faylasufi 1588-1679) tomonidan F.Bekonning materialistik qarashlari tizimga solingan va rivojlantirilgan. Gobbs materiyaga birdan-bir substansiya sifatida yondashgan, barcha hodisalar, narsalar, jarayonlarni bu substansiyaning namoyon bolish shakllari deb hisoblagan. Materiya – abadiy, jismlar va hodisalar – otkinchi: ular vujudga keladi va yoq boladi. Fikrlashni materiyadan ajratib bolmaydi, zero materiyaning ozigina fikrlaydi. Jismsiz tana bolmaganidek, jismsiz substansiya ham bolishi mumkin emas. Aynan materiya barcha ozgarishlar subekti hisoblanadi.
Barcha moddiy jismlar kolamlilik va shakl bilan tavsiflanadi. Ularni olchash mumkin, chunki ular uzunlik, kenglik va balandlikka ega. F.Bekondan farqli olaroq, Gobbsda materiya sifat korsatkichlariga ega emas, u materiyani matematik va mexanik sifatida miqdor jihatidan organadi. Unda materiya dunyosi rang, hid, ovoz kabi xossalardan mahrum. T.Gobbs talqinida materiya goyo geometrik tus oladi va sifat jihatidan bir jinsli, rangsiz narsa tarzida, miqdoriy kattaliklarning muayyan tizimi sifatida namoyon boladi. Harakatni u faqat mexanik nuqtai nazardan tushunadi. Makon va vaqt muammolarini organishga nisbatan Gobbs materialistik nuqtai nazardan yondashadi.
T.Gobbs ozining dunyo haqidagi falsafiy qarashlarida deist sifatida ish koradi. Ammo uning asarlarida ateistik xususiyatga ega bolgan fikrlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, u Xudo – inson tasavvurining mahsuli, degan fikrni ilgari suradi. «Tabiiy va siyosiy qonunlarning elementlari» asarida, «Falsafa asoslari» trilogiyasi («Jism haqida», «Inson haqida», «Fuqaro haqida»)da, shuningdek «Leviafan» asarida Gobbs tabiiy aloqalar va qonuniyatlar rolini takror qayd etadi. Biroq, T.Gobbs Xudoni odamlar hayotidan butunlay chiqarmaydi: uning fikricha, Xudo «hamma narsani korguvchi va hamma narsani boshqaruvchi», «u barcha sabablarning birinchisi»dir. Gobbs Xudo voqealarning tabiiy oqimiga aralashmasligini qayd etadi.
F.Bekon kabi T.Gobbs ham gnoseologiyada asosan empirik va sensualist bolgan (hissiy bilishni bilishning asosiy shakli deb hisoblagan). Insonga moddiy jism tasiri natijasida vujudga kelgan sezgini u bilishning birinchi bosqichi deb hisoblagan.Fikrlashni u tushunchalarni qoshish yoki ayirish deb hisoblagan, unga oz matematik metodini tola tatbiq etgan.
Rene Dekart (fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va gobbscha monistik talqiniga ozining dunyoning dualistik talqinini qarshi qoyadi.
Dekart bir-biriga bogliq bolmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» substansiya va moddiy yoki «kolamli substansiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki substansiya parallel mavjuddir. Ularni organish bilan metafizika va fizika shugullanadi. Metafizika avvalo manaviy substansiyani, u bilan bogliq bolgan bilish va borliq tamoyillarini organadi. Fizika tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, Erda hayotning rivojlanishi (tabiat qonunlariga muvofiq) haqidagi talimotni oz ichiga oladi, hayvonlar va inson tanasining tuzilishini mexanika qonunlariga boysinuvchi murakkab mashinalar sifatida organadi (R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb ataladi).Dekart ilgari surgan kosmogoniya haqidagi talimot zamirida quyosh tizimsining tabiiy rivojlanishi goyasi yotadi. Uning fikricha, bu rivojlanish materiya va uning turli jinsli zarralari harakati bilan belgilanadi. Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb hisoblaydi. Harakatni Dekart mexanik jarayon – jismlarning makonda kochishi sifatida tushunadi. SHunday qilib, R.Dekart oz-ozi bilan ziddiyatga kirishadi: u makonni jismning kolamliligi sifatida tan oladi, lekin harakatni jismlarning boshqa jismlarga nisbatan kochishi sifatida tushunadiki, bu makonni boshliq sifatida tan olishni anglatadi. R. Dekartning bilish haqidagi talimoti ham diqqatga sazovor. R.Dekart ozining «Metod haqida mulohazalar» asarida bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonini tashqi dunyodan emas, balki inson aqlidan qidirish lozim, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, intellektual intuitsiya yoki sof mushohada – bilishning tayanch nuqtasi. Barcha goyalarni Dekart ikki guruhga ajratadi: sezgilar tasirida tugilgan goyalar va tugma goyalar. Tugma goyalar mutlaqo ishonchlidir. Ularning qatoriga Dekart Xudo goyasi, matematik aksiomalar va shu kabilarni kiritadi. Masalan, barcha mavjud narsalarga shubha bilan qarash kashfiyotga yol ochuvchi mutlaqo ishonchli asos, metod yoki vosita hisoblanadi. Ayni shu sababli Dekart hissiy narsalar, matematik haqiqatlar va hatto «hamma narsaga qodir Xudo»ning mavjudligiga shubha bilan qaraydi. Ammo, hamma narsaga shubha qilgan va hamma narsani inkor etgan holda, u shubhalanuvchi fikrning mavjudligiga shubha qilmaslik kerak, degan xulosaga keladi. SHu tariqa u fikrlash birdan-bir ishonchli dalildir, deb xulosa chiqaradi: «Men fikrlayapman, demak, yashayapman».
Dekart oʼzining bu qarashlarini «Metod toʼgʼrisida mulohazalar» asarida bayon qiladi. U oʼz asarida insonning tabiatni bilishida quyidagi talablarni ilgari suradi:
1. Haqiqat, deb qaralgan bilim faqat aql nuqtai nazaridan aniq, ravshan, shubhalardan holi boʼlgan nazariy xulosalari asosida chiqarilgan fikrlar boʼlmogʼi lozim.
2. Har bir murakkab muammo yoki masalani ularning tarkibini tashkil qilgan muammo va masalalarga ajratish, boʼlish lozim.
3. Bilishda isbot boʼladigan, maʼlum bilimlardan hali nomaʼlum va isbot qilinmagan bilimlarga oʼtib borish zarur.
4. Tadqiqot haqidagi fikrlar - bilimlarni tashkil etgan mantiqiy xalqalardan xulosa chiqarishda birontasi ham tushirilib yoki eʼtiborsiz qoldirmasligi lozim. Dekartning qarashlariga koʼra inson bilishining birdan-bir manbai - bu tafakkur, aqliy salohiyatidir. Uning qarashicha, insonning sezgi aʼzolari, tajribalari hamma vaqt ham toʼgʼri bilim beravermaydi, shu sababli ularga inson oʼz bilish jarayonida toʼliq ishonmasligi zarur.
Nemis mumtoz falsafasi deb oʼn sakkizinchi asrning ikkinchi yarmi va oʼn toʼqqizinchi asrning boshlarida Germaniyada vujudga kelgan falsafaga aytamiz. Bu davr Yevropaning ilgʼor mamlakatlari: Аngliya, Frantsiya va Gollandiyada kapitalistik munosabatlar tobora jadal olgʼa tomon tez rivojlanayotgan hamma sohalarda feadal munosabatlarning oʼrnini egallayotgan burjua demokratik inqiloblar boʼlib oʼtayotgan burjua demokratik harakatlar avj olayotgan davr edi.
Bu davrning markazida turli-tuman ijtimoiy hodisalarning avj olishiga sabab boʼlgan 1789-1792 yillarda boʼlib oʼtgan Frantsuz burjua - demokratik inqilobi turar edi. Bu inqilob Yevropaning qator mamlakatlarining shu jumladan, Germaniyaning ham rivojlanishiga kuchli taʼsir koʼrsatadi. Bu inqilob, dastlab Germaniyada ham shunday inqilobning zarurligini, yaʼni oʼn sakkizinchi asrda Frantsiyada boʼlganidek, oʼn toʼqqizinchi asrning boshlarida Germaniyada boʼlishi zarurligidan darak beradi. Xuddi Frantsiyadagi kabi Germaniyada ham nemis mumtoz falsafasi - falsafiy fikr sohasidagi inqilob siyosiy hayot sohasidagi inqilobga muqaddima boʼlib xizmat kiladi.
Nemis mumtoz falsafasi oʼzidan oldin oʼtgan Yevropa va jaxon ilgʼor falsafiy fikrlar va oqimlarning vorisi davomchisi boʼlish bilan birga oʼz davridagi Yevropaning kapitalistik taraqqiyot tarixiy tajribasiga hamda tabiatshunoslik hamda tabiatshunoslik texnikafiy ijtimoiy - gumanitar bilimlar sohalari qoʼlga kiritayotgan umumlashtirish asosida paydo boʼldi. Bu falsafada inson faoliyatining faolligi unda amaliyotning mavjud tartiblarni oʼzgartirishdagi rolini tarixiy jarayonlarning qonuniyatlarini tafakkur bilan borliqning dialektik aynanligini falsafadagi obʼekt va subʼekt munosabatlarini tadqiq etish yetakchi oʼrin egallaydi. Oʼzining shu jihatlari bilan nemis mumtoz falsafasi insoniyat falsafiy fikr taraqqiyotida alohida oʼziga xos bosqichni tashkil qiladi. Nemis mumtoz falsafasining paydo boʼlishida I.Kant I.G.Fixte, F.Shelling, G.Gegelь va L.Feyerbaxlarning falsafiy qarashlari muhim rol oʼynadilar. Garchi ular falsafadagi turli oqimlarga mansub boʼlgan boʼlsalarda, lekin ularning falsafiy qarashlarini bir birlari bilan bogʼlovchi umumiy mushtarak tomonlari mavjud edi. Аyniqsa, mumtoz falsafiy fikr taraqqiyotida oʼz falsafiy qarashlarining orginalligi, yangiligi va boy mazmunga egaligi bilan buyuk oʼrin tutgan faylasuflar - bular: I.Kant, G.Gegelь va L.Feyerbaxlardir. Biz quyida shu faylasuflarning falsafiy qarashlari haqida toʼxtalib oʼtamiz.
Nemis mumtoz falsafasining asoschisi XVIII asr nemis burjuaziyasining mafkurachisi - bu Immanuilь Kant (1724-1804) dir. U oʼz zamonasining koʼpchilik aktual nazariy muammolari bilan bevosita shugʼullangan tabiatshunos, matematik, huquqshunos, etik, estetik, mantiqshunos, pedogog, faylasuf olim boʼladi. Kant Keynsberg universitetida professor boʼlib ishlaydi.
Kantning falsafiy qarashlarining rivoji, asosan ikki davrga boʼlinadi: birinchi davri - tanqidiy davrgacha boʼlgan falsafiy qarashlari (1770 yilgacha); ikkinchisi - «tanqidiy davr» yoki «trantsendental davr» falsafiy qarashlari. Tanqidiy davrgacha boʼlgan davrda Kant yozgan eng yirik asar – bu «Butun umumiy tabiiy tarix va osmon mexanikasi nazariyasi» asari boʼlib, u asosan tabiatshunoslik fanlarining falsafiy muammolariga bagʼishlangan. U bu asarida «Nebulyar» kosmogonik gipotezani ilgari surib, unda Quyosh sitemasidagi planetalarning paydo boʼlishi va evolyutsiyasi haqida fikr yuritadi. Uning qarashicha, Quyosh sistemasi (Quyoshning oʼzi ham) dagi planetalar daslabki «tumanliklar»ning quyuqlashuvidan evolyutsion yoʼl bilan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Shu bilan birga, Kant bu asarida bizning Gallaktikamizdan tashqarida juda koʼp galaktikalar tizimi metagalaktika - Katta koinotning mavjudligi haqida ham fikr yuritadi. U bu asarida yana Yerning oʼz oʼqi atrofida harakatida ishqalanishning oshishi natijasida uning harakatining sekinlashuvi, harakat va osoyishtalik haqidagi taʼlimotlarni ham rivojlantiradi. Xullas, Kant falsafiy qarashlarining bu davrida tabiatshunoslik fanlarining rivoji masalalari keng yoritiladi. U oʼzining bu davrdagi tadqiqotlari bilan I.Nьyutonning planetalarning harakati «ilohiy qudrat»ning birinchi turtkisi va itarilishlari oʼrtasidagi ziddiyatlar tufayli sodir boʼlganligini aytadi. Kant oʼz asarida Quyosh sistemasi va unga kiruvchi planetalarning paydo boʼlishi tabiatning tarixiy taraqqiyotining mahsuli sifatida koʼrsatib tabiatni, uning rivojlanishini tamomila tabiiy-tarixiy jarayon sifatida izohlaydi.
Kant oʼz falsafiy qarashlarining ikkinchi davri-tanqidiy falsafa davrida u tabiatshunoslik fanlari falsafasidan falsafaning bilish nazariyasiga oʼtadi. Kant oʼzining bu davrida «Sof aqlni tanqid» (1781 y) «Аmaliy aqlni tanqid» (1788 y) «Muhokama qobiliyatini tanqid» (1790) «Prolegamenlar» (1783y) asarlarini yozadi. Bu asarlarida u bilishning «tanqidiy» nazariyasini yaratib, inson bilishining turli shartlarini, bilish qobiliyatining chegarlarini tadqiq etadi. Kant oʼzining bu tadqiqotlarida insonning xudoni bilishni «narsa oʼzida» deb ataydi va uni bilish mumkin emas, deb eʼlon qiladi. Shu bilan birga, u oʼz tadqiqotlarida inson borliqdagi oʼz-oʼzligicha mavjud narsalarning mohiyatini printsip jihatdan bilishi mumkin emas, inson faqat hodisalarnigina, yaʼni uning oʼz tajribalarida yuz berishida vositachilik qiladigan usulini bilish mumkin. Uning bilish nazariyasidagi «bilish mumkin emas» degan fikri Kant agnostizmi edi. Lekin Kantning bilish nazariyasidagi xizmati shunda ediki, u metafizika hukmron boʼlgan bir sharoitda, inson bilishiga xos qarama-qarshiliklar muammosini kun tartibiga qoʼyib olam ham nihoyalidir, ham nihoyasizdir, degan qarama-qarshi fikrlar bab-barobar toʼgʼri boʼlishini isbotlab berib, inson aqli tabiatan antinomiyali, yaʼni ziddiyatli ekanligini, bizning har qanday oqilona fikrlarimizga dialektika xosligini aytadi. Kantning fikricha, bizning bilimlarimiz ongimizda fakat tajribalarimiz asosida hosil boʼlmay, balki hissiy mushohadaning «aprior»i shakllari asosida ham mavjud boʼladi. U formal mantiqni tanqid qilib, fikr ong, taffakur dialektikasi haqida gapiradi. Uning tafakkur dialektikasi haqidagi qarashlari V.Gegelь tomonidan rivojlantiriladi. Umuman, Kantning falsafiy qarashlari falsafaning undan keyingi rivojlanishiga gʼoyat katta taʼsir koʼrsatadi.
Nemis mumtoz falsafasining eng yirik vakili Georg Vilьgelm Fridrix Gegelь (1770-1831)dir. U falsafada obʼektiv idealistdir. Gegelcha birlamchi narsa – bu dunyo ruhi, insondan va olamdan tashqarida alohida mavjud boʼlgan mutlaq gʼoyadir. Moddiy olam esa uning mahsuli, ikkilamchi, yaʼni u dunyo ruhining namoyon boʼlishidir, uning gavdalanishidir. Uningcha bu dunyo ruhi, yaʼni mutlaq gʼoya yaratuvchi bosh sabab boʼlib, tabiatdagi va jamiyatdagi har bir buyum yoki hodisa uning hosilasi, yaʼni shakllardan iborat, ularning mazmunlari esa ana shu dunyo ruhi yoki dunyo aqlidir. Chunki bu moddiy olamdagi predmetlar va hodisalar ana shu mutlaq gʼoyaning koʼrinishi - shakllanishidan boshqa narsa emas. Gegelь bundagi oʼz falsafiy tizimida hamma vaqt ruh va tabiatning yoki tafakkur va borliqning aynanligiga tayanadi. Shuning uchun unda har doim moddiy jarayonlar mantiqiy jarayonlar kabi ifoda etiladi. Gegelь fikricha, dunyo ruhi mangu, u oʼtmishda bor boʼlgan, hozir ham mavjud va kelajakda ham boʼladi. Shu sababli dunyo ruhi tabiat va jamiyatdagi hamma voqealar va hodisalarning mazmuni, mohiyati, manbai va harakatlantiruvchi kuchidir. Gegelь oʼzining «Ruh fenomenologiyasi» (1807) asarida inson ongining dastlabki holatlaridan boshlab to fanni va ilmiy metodologiyani egallab olishgacha davom etgan evolyutsiyasi qarab chiqiladi. U bunda begonalashuvchi kategoriyasii analiz qilib, insonning predmetlik faoliyatining koʼpgina muhim tomonlarini ochib berish orqali inson mehnatining mohiyatini koʼrsatishga harakat qiladi. Uningcha, «inson va uning tarixi», «uning mehnatining natijasi»dir. Bu asar Gegelь falsafasining sarchashmasidir. Unda Gegelь substantsiya toʼgʼrisidagi oʼz tezisini subʼekt sifatida, faol ibtido sifatida asoslaydi. Аyni shu asarida Gegelь falsafasining boshlangʼich qoidasi-tafakkur bilan borliqning ayniligi, yaʼni real olam mutlaq gʼoyaning, tushunchaning, ruhning zuhuroti, deb tushunish bayon qilingan.
Gegelь falsafada qadimgi yunon faylasufi Platon izidan borib, mutlaq gʼoyani birlamchi asos, deb qabul qiladi. Bu uning obʼektiv idealistik tizimiga asos boʼladi. Uning mutlaq gʼoya harakatida falsafiy tizimi «Falsafiy fanlar Entsiklopediyasi» (1817) asarida bayon qilingan. Gegelning: tabiat va jamiyatning barcha hodisalari zamirida «mutlaq gʼoya», «olamiy aql» yoki «olamiy ruh» asos boʼlib yotadi, degan fikrlari ayni shu asarida bayon qilingan. Uningcha, «mutlaq gʼoya» dastlabki ibtido oʼz faoliyatida faoldir, u oʼzgarish va rivojlanishidadir. «Mutlaq gʼoya» oʼz taraqqiyotida uch bosqichni bosib oʼtadi: 1) «mutlaq gʼoya» ning oʼz Bagʼrida «sof tafakkur holatida rivojlanishi (bunda mutlaq gʼoya oʼz mazmunini bir-biriga oʼtib turadigan mantiqiy kategoriyalar tizimida namoyon qiladi»; 2) «mutlaq gʼoya»ning «oʼzga shaklga kirishi, yaʼni tabiat qiyofasida rivojlanishi bunda aslida, tabiat rivojlanmaydi, balki uning ruhiy mohiyatini tashkil etuvchi mantiqiy kategorilar oʼz-oʼzicha rivojlanishi ifodalanadi»; 3) Nihoyat «mutlaq gʼoya»ning kishilar tafakkurida va jamiyat tarixida rivojlanishi (bu bosqichda «mutlaq gʼoya» insonlar va jamiyat paydo boʼlishi, uni kishilarning anglab olishi bilan oʼzining asl holiga qaytadi. Gegelning nazaricha, mutlaq gʼoyaning oʼz-oʼzicha rivojlanishi va shu bilan birga, oʼz-oʼzining bilishi bilan oldingi holatga qaytishi bu tizimda oʼz rivojini tugallaydi. Bundagi rivojlanish gʼoyasi Gegelь dialektikasini tashkil qiladi. Gegelь dialektikasining toʼliq bayoni uning «Mantiq fani» (1812-1816 y.) asarida oʼz ifodasini topgan. Gegelь falsafasining eng qimmatli yutugʼi ayni shu dialektikasi boʼlib, unda dialektikaning eng muhim qonunlari va kategoriyalari bayon qilingan. Lekin Gegelning xizmati bu bilan cheklanmaydi. Uning falsafadagi asosiy xizmati shundaki, u birinchi boʼlib butun tabiiy, tarixiy va maʼnaviy jarayonni bir butun gʼoyaviy jarayon shaklida tushuntirib va tasvirlab berdi, mutlaq gʼoyani tinimsiz harakat, oʼzgarish, rivojlanish, bir holatdan ikkinchi holatga oʼtib turishda olib tekshirdi hamda bu harakat, oʼzgarish va rivojlanishlarning oʼzaro ichki bogʼlanishi va ziddiyatlarini ochishga urindi. Gegelь nemis mumtoz falsafasida Kant tomonidan ilgari surilgan dialektik qarashlarni rivojlantirib, oʼzining dialektik metodini ishla chiqdi. Uning bu metodiga koʼra, dunyo ruhining harakat, oʼzgarish va rivojlanish manbai uning ichki qarama-qarshiligidadir. Shu ichki qarama-qarshiliklar asosida ruh doim harakat, oʼzgarish va rivojlanish jarayonida, bir bosqichdan ikkinchi bochqichga oʼtib, tushunchalar shaklida, tabiat va jamiyatdagi predmet va hodisalar shaklida oʼz-oʼzini yangilab, tugʼdirib, ifodalanib turadi. Uningcha, tafakkur va aql oʼz rivojini turli bosqichi sifatida turli tamoyillarni, turli kategoriyalarni vujudga keltiradi. Bu tamoyillar va kategoriyalar sof aqlning turli bosqichlari sifatida moddiy predmet va hodisalarga nisbatan birlamchi, ularning mazmuni boʼlib, ularning mohiyatini tashkil etadi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Gegelgacha ham turli faylasuflarning asarlarida dialektika elementlari, shubhasiz, uchraydi. Biroq Gegelning xizmati shundaki, u oʼz davridagi tabiatshunoslik, ijtimoiy-gumanitar bilimlar yutuqlarini umumlashtirib, birinchi boʼlib dialektik uslubni ishlab chiqdi va dialektikaning uch asosiy qonuni va hamma kategoriyalarini taʼriflab berdi. Bunda yana shu ham diqqqatga sazovorki, Gegelь qarashicha, dialektika, uning qonunlari va kategoriyalari umumiy xarakterga ega boʼlib, ular borliqning hamma sohalarida oʼz ifodalarini topadi.
Lekin bugungi kun talabidan kelib chiqib shuni aytish zarurki, Gegelь dialektik metodi oʼz davri falsafiy fikrining eng katta yutugʼi boʼlgan boʼlsa ham, u bir tomonlama, faqat tafakkurga, gʼoyatda xos dialektikadir. Lekin shunga qaramay, Gegelь falsafasi, uning dialektik uslubi kelgusi davr insoniyat falsafiy fikri taraqqiyotiga juda katta taʼsir qiladi.
Nemis mumtoz falsafasi taraqqiyotida Lyudvig Feyerbax (1804-1872y.) falsafiy qarashlari muhim oʼrin tutadi. L.Feyerbax nemis mumtoz falsafasining soʼnggi vakilidir. U nemis mumtoz falsafasida I.Kant va V.Gegellardan farqli boshqa falsafiy yoʼnalishda ijod qildi. Shu sababli L.Feyerbax oʼz falsafiy qarashlarining ibtidosidanoq birinchi boʼlib Kant va Gegelь falsafiy qarashlaridagi idealizmni qattiq tanqid qilib maydonga chiqqan materialist faylasufdir. U Gegelning obʼektiv idealizmini tanqid qilib, Gegelь oyogʼosti qilgan materializmning falsafadagi qonuniy huquqini tikladi. Feyerbaxning bu qarashlari uning «Gegelь falsafasining tanqidiga doir» va «Xristianlikning mohiyati» (1841y.) asarlarida oʼz ifodasini topadi. Bunda Feyerbax falsafiy qarashlariga koʼra, tabiat inson va uning ongidan tashqarida, inson va uning ongiga bogʼliq boʼlmagan, mustaqil mavjud boʼlgan obʼektiv reallikdir. Uning fikricha, tabiatni hech kim yaratmagan, u azaliy bor va abadiy mavjud boʼladi. Inson esa tabiatning mahsuli, tabiat rivojlanish bilan paydo boʼlgan oliy mavjudot. Olam tabiatdangina iborat, tabiat esa materiya sifatida hech qanday mistik yoki ilohiy kuchga bogʼliq emas. Tabiat – bu yorugʼlik, issiqlik, elektr, magnetizm, havo, suv, oʼt, oʼsimlik, hayvonot dunyosi va nihoyat insondan iborat. Feyerbax bunda Gegelning mutlaq gʼoyasini keskin tanqid qilib, Gegelning mutlaq gʼoyasi inson miyasidan yulib olingan va tabiatdan tashqari kuchga aylantirilgan inson aqlidan oʼzga narsa emas, deydi. Uning fikricha mutlaq gʼoya, tafakkur insondan tashqarida, unga bogʼliq boʼlmagan holda mavjud boʼlishi mumkin emas. Chunki, mutlaq gʼoya ham va har qanday gʼoya ham inson tafakkuri bilan bogʼliq. Inson tafakkuri esa inson miyasi faoliyatining ishi. Inson miyasi moddiy narsa, u birlamchi, tafakkur, ong esa ikkilamchidir. Tafakkurning borliqqa munosabati falsafaning bosh masalasi boʼlar ekan, demak falsafa inson mohiyati toʼgʼrisidagi bilim boʼlishi kerak. Chunki tabiatda insondan yuksak boshqa fikrlovchi mavjudot yoʼq. Shu sababli tafakkurning borliqqa munosabati masalasi faqat inson tomonidan, inson faoliyati jarayonida hal qilinadi, deb yozadi. Bundan shu narsa maʼlum boʼladiki Feyerbax falsafasi insonga va uning faoliyatiga qaratilgan. Demak, Feyerbax falsafaning asosiga insonni qoʼyadi. Bu degani: Feyerbax falsafasi antropologik tabiatga ega, uning materializmi antropologik materializmdir. Inson borliq va tafakkur birligining subʼekti, asosi qilib olingandagina, bu birlikni haqiqiy deyish mumkin. Yangi falsafa insonni falsafaning birdan-bir universal va oliy predmetiga aylantiradi, deb yozgan edi Feyerbax. U xristian dinini tanqid qilar ekan din bilan falsafaning insonni oʼrganishi ustida toʼxtalib, din insonning narigi dunyosi toʼgʼrisidagi maʼlumot, falsafa esa undan farq qilib, insonning bu dunyodagi mohiyatini oʼrganuvchi bilimdir, degan edi. Shuning uchun falsafa tabiat toʼgʼrisidagi fanlar bilan yaqin aloqada boʼlishi lozimligini aytadi.
Feyerbax, falsafa inson toʼgʼrisidagi fan-antropologiyadan iborat boʼlishini aytib, borliq va tafakkur munosabati masalasini hal qilishda inson tabiatning bir qismi, uning mahsuli deb qarab, u insonni ijtimoiy mavjudot, tarixiy taraqqiyotning mahsuli ekanligini, insonning ongi va tafakkuri ijtimoiy munosabatlar bilan, ijtimoiy muhit, hayot sharoitlari bilan belgilanishini toʼliq tushunib yetmaydi. Feyerbax, kulbada ishlaydiganlar bilan saroyda yashaydiganlar bir xil fikrlamasligini aytgan boʼlsa ham, buning asosiy sababi nimada ekanligini tushunib yetmaydi. U oʼzining jamiyat toʼgʼrisidagi qarashlarida insoniyat tarixiy bosqichlari faqat dinlar bilan farqlanishini aytish bilan cheklandi, undan nariga oʼtolmaydi. Bu Feyerbax falsafasining birinchi cheklangan tomoni edi. Uning falsafiy kurashlarining ikkinchi cheklangan tomoni shu ediki, u Gegelь falsafasining idealistik ruhini, din bilan bogʼliq ekanligini toʼgʼri tanqid qilgan boʼlsa ham, lekin u Gegelь falsafasining dialektikasini, dialektik uslubini toʼgʼri tushunib yetmadi. Lekin bunday cheklangan tomonlarga qaramay, Feyerbax falsafiy qarashlari keyingi davr jahon falsafasi taraqqiyotiga sezilarli darajada katta taʼsir koʼrsatadi.
Xullas, nemis mumtoz falsafasi oʼzi erishgan yutuqlari, uning vakillarining falsafiy qarashlaridagi mavjud cheklangan tomonlariga qaramay, insoniyat falsafiy fikr taraqqiyotida muhim oʼrin egaladi va oʼzidan keyin paydo boʼlgan falsafiy taʼlimotlarga nazariy manbaʼlardan biri sifatida xizmat qildi.
Maʼlumki, hamma zamonlarda ham falsafa oʼz davrining dolzarb muammolarini hal etish yoʼllarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutugʼlarni gʼoʼlga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik ingʼiroz, ogʼir yoʼqotishlar davri ham boʼldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida oʼz aksini topdi, uning turli yoʼnalish va oqimlari shugʼullangan muammolarning salmogʼi, maqsad-muddaosini anigʼ belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma — xil oqim va yoʼnalishlar mavjud. Oʼz navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha boʼlgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.
Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uygʼunligi, demokratik erkinliklar, inson gʼadri, biror taʼlimotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bagʼrikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy taʼlimotlar rang-barangligini taʼminlaydi.
Аnʼanaviy falsafada, turli gʼoyaviy tizimlarga boʼlinishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda maʼlum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning koʼp xilligi va oʼziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yoʼnalish sifatida shakllanganligi yaqqol koʼzga tashlanadi.
Аnʼanaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan boʼlsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistentsializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Yaʼni ilgari maʼrifatparvarlik gʼoyasi ustuvor boʼlsa, endilikda koʼproq inson huquqlariga eʼtibor kuchayib ketdi. Falsafa guyoki, mavhumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni hal qilish boshlandi.
Аnʼanaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat gʼilingan boʼlsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar oʼrganila boshlandi.
Bugungi kunga kelib koʼpgina falsafiy oqimlar oʼzlarining anʼanaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini taʼkidlash maqsadida, nomlariga «neo», yaʼni yangi, zamonaviylashgan degan maʼnoni anglatuvchi qoʼshimchani qoʼshganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradiq
Fanning jamiyat hayotidagi oʼrnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy taʼlimotlarni asosan ikki yoʼnalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — stsientizm (lot scientia — fan) yaʼni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm gʼoyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi taʼlimotlarning asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi — antistsientizm, yaʼni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy taʼsir koʼrsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmogʼlarini, baʼzi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Аntistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qoʼymaslik talabi bilan bogʼliqdir.
Аntistsientizmning ayrim oʼta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman toʼxtatib qoʼyish gʼoyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, XX asr falsafasida bir-biriga muqobil boʼlgan yoʼnalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va antistsientizm, materializm va idealizm oʼz oʼrniga ega boʼlmogʼda.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida koʼpchilik nemis olimi Аrtur Shopengauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon boʼlishi, irodani esa ongsiz koʼr-koʼrona intilish tarzida tushunadi. Maxlugʼotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon boʼlishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona boʼlgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrotsional asosga ega, aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda gʼildiragiga bogʼliqdir.
Shopengauer taʼlimotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun boʼlgan irodadir.» Nitsshe inson borliqida maxluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik taʼlimotini oʼrganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash gʼoyasi ilgari surilgan. U oʼz ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir boʼlgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori boʼlgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning soʼnishi va barham topishi toʼgʼrisidagi gʼoyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpengler «Evropaning soʼnishi» degan asarini yozadi.
Oʼtgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va maʼnaviy turgʼunlikdan chigʼishning yoʼlini Gʼarbda klassik falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda koʼrdilar. Shu zaylda «Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik paydo boʼldi.
Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim boʼlgan neotomizm ham yogʼlab chiqdi. Neatomizm shu bugunga qadar ham oʼz mavgʼeini yuqotmagan boʼlib, katolik cherkovi tomonidan qoʼllab-quvvatlanadi. Bunda ayniqsa Rim papasi rahbarlik qiladigan Vatikanning faoliyati muhim oʼrin tutadi.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim boʼlib, u oʼrta asrlardagi (XIII asr) Foma Аkvinskiyning taʼlimotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkriptsiyada «toma» boʼlib oʼzgargan) Foma Аkvinskiyning yangi, zamonaviy taʼlimoti demakdir. Bu taʼlimotga koʼra, ilm va eʼtiqod oʼrtasida toʼla muvofiqlik, uygʼunlik bor. Ular bir-birini toʼldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan xaqiat.
Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda eʼtiqod qoʼllanishi kerak. Lekin bu eʼtiqod koʼr-koʼrona, shunchaki ishonch boʼlmay, balki mantiqan teran anglangan eʼtiqod boʼlishi kerak. Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.
Neotomistlar dunyoni, jamiyatni xudo yaratgan, jamiyat taraqqiyoti xudoning rejasi asosida boradi, deydilar. Diniy teologiya oqimi boʼlganligidan neotomizm albatta, ilohiy qadriyatlarni ustuvor qoʼyadi. Аmmo u din va uning jamiyatdagi oʼrniga, oʼzining nomi kelib chiqishiga sabab boʼlgan, Foma Аkvinskiy zamonidan farqli yondoshadi. Fomadan keyingi davr Yevropada xristianlikning sofligini sagʼlash gʼoyasi, asta-sekin mutlaqlashib, oʼrta asr agʼidaparastligining maʼlum koʼrinishlaridan biri-inkvizitsiyaga olib kelgan edi. Bu esa hurfikrlilik, ilm-fandagi yangilikka qarshi kurashga aylanib ketgan edi. Lekin inson huquqlari, fikr erkinligi demokratiya belgisiga aylangan XX asrda bunday oʼtaketgan aqidaparstlikka oʼrin yoʼq. Neotomizm hozirgi sivilizatsiyali dunyoda sivilizatsiyalashgan taʼlimot sifatida maydonga chiqmogʼda. Oʼz navbatida bu demokratiya ustivor boʼlgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi.
Neokantchilik XIX asr oʼrtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant oʼz davrida qoʼygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu taʼlimotga koʼra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti oʼzi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir oʼz maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari oʼzi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo oʼz haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi. Bu yoʼnalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyondalari misol boʼladi.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Аyer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan maʼnoni anglatadi. Nepozitivizm Gʼarbda X1X asrning 20 — yillarida paydo boʼlgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud boʼla olmaydi. Falsafa — obʼektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, yaʼni ijobiy (pozitiv) xulosalarni oʼrganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
Kont falsafaning oʼzi mustaqil ravishda obʼektiv dunyo toʼgʼrisida hech qanday aniq bilimlar berishi mumkin emas, u shu paytgacha yigʼilgan bilimlarni formal logika qonunlari asosida tahlil etishi va qayta baholashi, uni «absolyut gʼoya, ruh» toʼgʼrisidagi ortiqcha fikrlardan tozalashi kerak va yangi falsafani yaratishi kerak, deb taʼlim bergan.
Neopozitivistlar verifikatsiya printsipini ilgari suradilar (lot. Veritas — xaqiat.) ularning fikricha, faqat tajribada oʼz tasdigʼini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu printsip keyinchalik inkor etildi.
Shundan soʼng postpozitivizm (yaʼni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falьsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga koʼra, inson baʼzi nazariy bilimlarning xaqiatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqei kamayib, asosiy oʼringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.
Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning obʼektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashaganqadimgi gʼabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga toʼla muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu taʼlimotga koʼra shunday printsipga, umumiy mantiqgʼa ega.
Germenevtika —qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish gʼoyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Jamiyat, bu taʼlimotga koʼra, kishilar oʼrtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning maʼnosini, mohiyatini kishilar oʼrtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat.
Bu oqim vakillari Shleyermaxer va Dilьtey fikricha, biror bir tarixiy manbaning toʼgʼri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini toʼla his etishi, tushunishi bilan bogʼliq. Hozirgi davrda bu taʼlimotning koʼplab tarafdorlari mavjud.
XX asrning 30 — yillariga kelib «ekzistentsial falsafa» rivojlandi. Ekzistentsiya — tom maʼnoda mavjud boʼlmogʼ demakdir. Ekzestentsializm nihoyatda xilma-xil yoʼnalishdagi taʼlimotlarni insonning maʼnaviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi gʼoyalari asosida umumlashtirdi.
Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar oʼrtasida ommaviy tus oldi. Shuning uchun ekzistentsial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim boʼlib qoldi.
Ekzistentsializm vakillari asosan ikki yoʼnalishga boʼlinadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspers, Marselь) boʼlib bunday boʼlinish nisbiydir.
Xaydeger, Sartr, Kamyularning taʼlimotiga koʼra, inson oʼzining yaratish jarayonini oʼzi erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud boʼlib, ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir. Demak, inson oʼz mohiyatini oʼzi erkin belgilaydi, uning kim boʼlib yetishishi faqat uning oʼziga bogʼliq. Shu maʼnoda, inson doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyihaga oʼxshatiladi. Erkinlik insonning oʼzi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda masʼuliyatlidir, chunki bunda inson oʼzi, boshqalarni hamda uni oʼrab turgan olamni ham qayta yaratadi.
Diniy ekzistentsializm vakillari Yaspers va Marselь fikricha, inson oʼz erkin faoliyati davomida xudoga qarab unga yetishish uchun, kamolot tomon haraka qiladi. Xaqiqiy erkinlik insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolgʼizlikda namoyon boʼladi. «Tahlika, masʼuliyat sof erkinlikning oʼzidir, faqat shunday sharoitda inson oʼzini toʼlaligicha anglaydi. Hayot va oʼlim, qoʼrqinch, dahshat tushunchalari bu taʼlimotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistentsialistlar fikricha, olam maʼnosiz va uni bilib boʼlmasligi abadiy, inson umri oʼtkinchi boʼlganligi uchun ham dahshatlidir.
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm АQShda keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yoʼllari va usullari haqida mulohaza yurituvchi taʼlimotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm taʼlimotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dьyui va boshqalardir. Ularning taʼlimotida olamning oʼzgaruvchanligi oʼz ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni oʼzida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni talab etuvchi hodisalar majmui sifatida taʼriflaydilar.
Insonning xatosiz faoliyat koʼrsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. Dьyui fikricha, intellekt insonni oʼrab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda oʼz oʼrnini topishga yordam berishdan iborat. Dьyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga eʼtiborini qaratadi. Djems fikricha, haqiqat foydali boʼlgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm АQSh ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u yerdagi ishbilarmonlar, menedjerlar, siyosatchilar va davlat arboblari oʼrtasida keng tarqalgan. Аmerikaliklar bu taʼlimotning nazariyotchilarini halgʼning dunyogʼarashi oʼzgarishida, hozirgi amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida gʼadrlaydilar. Masalan, J. Dьyuini «Аmerikaning Аrastusi» deya hurmat bilan tilga oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid gʼoyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Suqrot va Аflotun zamonlaridan boshlab shakllana boshlagan. Bu gʼoyalarning rivojida XVII-XVIII asrlarda yashagan italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis falsafasining yirik namoyondasi Xegel katta hissa gʼoʼshganlar. Jamiyat taraqqiyoti toʼgʼrisidagi taʼlimotlar orasida tadrijiy taraqqiyot va ingʼilobiy sakrashlar yoʼlidan borishni ilgari suradigan taʼlimotlar talaygina. Koʼpchilik tadrijiy yoʼlni maʼqul koʼradi va biz yuqorida tilga olgan faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdori.
Аfsuski, boshqacha qaraydigan taʼlimotlar ham bor. Yangi davr falsafasida tarqalgan ana shunday oqimlardan biri marksizm boʼlib, uning asoschisi nemis iqtisodchisi va faylasufi K. Marksdir (1818 — 1883). Uning ijtimoiy falsafasi kapitalizmda sinfiy kurashning mutlaq antogonizmdarajasigakoʼtarilishi,oxir-oqibatproletariat diktaturasining oʼrnatilishi va shu yoʼl bilan sinfsiz jamiyatga oʼtishni targʼib qiladigan va real hayotni aks ettirmaydigan nazariyadir.
Keyinchalik sobiq Ittifoqda hukmron mafkuraga aylangan bu taʼlimot dastlab K. Marks va F. Engels yozgan «Kommunistik partiya manifesti»da bayon gʼilingan. Uning nazariy asoslari K. Marksning «Kapital», F. Engelsning «Аnti-Dyuring» va «Tabiat dialektikasi» asarlarida taʼriflab berilgan boʼlib, ijtimoiy hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. U borliq tushunchasini materiya bilan aynanlashtirgan, ruhni butunlay inkor qilgan, materializm va ateizmni mutlaqlashtirgan.
Bu taʼlimotning K. Kautskiy, V. Plexanov boshliq moʼʼtadil tarofdorlari keyinchalik sotsial-demokratiyaga koʼproq moyil boʼlishdi. Rossiyada V. Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy kurash va proletariat diktaturasini mutlaqlashtirish yoʼlidan bordilar. Bu oʼz navbatida, ingʼlobiy sakrash yoʼlini tanlashga olib keldi va Rossiyani terror yoʼliga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar tagʼdirida gʼoyat salbiy oʼrin tutishi maʼlum boʼldi. Gʼarbda Marksning hozirgi davrdagi tarofdorlari «neomarksizm» oqimini tashkil etadilar. Koʼpgina neomarksistlar sinfiy kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqlobiy emas, tadrijiy sakrash yoʼlidan borish ustuvor boʼlishi lozimligini eʼtirof eta boshladilar. Аmmo ularning asl qarashlarini jamiyat, millat emas, sinf va ular oʼrtasidagi kurash taraqqiyoti belgilaydi, degan oʼsha taʼlimotga bogʼliqligicha qolmoqda.
Аlohida taʼkidlash lozimki, yagʼingacha sobiq Ittifoq va uning Ittifoqchilari hududida mutlaq hukmron boʼlgan mafkuraning tagʼdirini oʼrganish, uning tarixidan xolisona xulosa chiqarish, bu taʼlimotning qanday ayanchli natijalarga olib kelganini bilib qoʼyish ham foydadan xoli emas. Bu borada lom-mim demaslik foyda bermaydi. Zero, taʼlimotlar tarixi — insonlar, ularning taqdiri, yuksalishi yoki tanazzuli tarixidir. Bu yuksalish yoki tanazzul koʼp hollarda muayyan gʼoyalar, mafkuralar taʼsirida roʼy beradi. Gohida minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan baʼzi gʼoyalar yoki mafkuralar oxir-ogʼibat ana shu millionlarning zavoliga sabab boʼlishi ham mumkin. Biz qisqa tahlil qilgan marksizm va keyinrogʼ u paydo boʼlgan hududda shakllangan natsional sotsializm (fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy xaqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning ostida esa biror taʼlimot qadriyatlarini mutlaqlashtirish, albatta, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib keladi, bu oʼz navbatida jaholat va gʼabohatga eltuvchi yoʼldir, degan umuminsoniy tamoyil yotadi.
XX asrga kelib jamiyat tarixiy taraqqiyotiga oid taʼlimotlarni umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «tsivilizatsiyalarning xilma-xilligi» kontseptsiyalari shakllandi. Ularga koʼra, jamiyat tarixi — oʼziga xos madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. Shu maʼnoda u organik tabiatdagi hayot shakllarining rang-barangligigaqiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi boʼlsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uygʼunligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning oʼz oʼrni bor.
Bu gʼoyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880-1936) va ingliz tarixchisi А. Toynbi (1889-1975) taʼlimotlarida har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. Shpengler oʼzining «Evropaning soʼnishi» nomli asarida tarixni bir—biridan mustasno boʼlgan madaniyatlar majmuidan iborat, deb hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni koʼrsatadi. Bular: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab madaniyatlari, mayya va rus-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar oʼziga xos diniy asosga ega boʼlib, ularning har biriqatʼiyy biologik maromga (ritmga) boʼysunadi. Va quyidagi asosiy davrlarni bosib oʼtadi: tugʼilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va soʼnish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi mavjud, deb koʼrsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («tsivilizatsiya»).
O. Shpengler yevropotsentrizmga, yaʼni barcha madaniyatlarni yevropalashtirish gʼoyasiga qarshi chigʼdi. Har bir madaniyatning oʼziga xosligi, bir-biridanmustasno holda rivojlanish gʼoyasini mutlaqlashtirdi. Ular oʼrtasidagi oʼzaro aloqadorlik ham mavjudligiga kam eʼtibor gʼaratdi.
Yana bir olim А. Toynbi esa oʼzining 12 jildlik «Tarixni oʼrganish» asarida madaniyatlarning lokal rivojlanish gʼoyasini davom ettirdi. Biroq uning taʼlimoti Shpengler kontseptsiyasidan oʼzining ikki jihati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda oʼz hayotini erkin belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqiyot zaruriyat va erkinlikning oʼzaro birligidan iborat ekanligini nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy modeli dunyoviy dinlar (buddizm, xristianlik, islom) ning barcha xalqlarni yakinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil gʼoyasi bilan boyitilgan.
Toynbi Gʼarb xristian sivilizatsiyasining tanazzulga qarab borayotganligini koʼrsatib, uning oldini olish yoʼlini maʼnaviy birlikda, jahon xalqlarining yagona dinni qabul qilishlarida, deb hisoblaydi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion kontseptsiyasi koʼpchilik faylasuflar tomonidan tan olinmogʼda. Xususan, industrial va postindustrial jamiyat gʼoyalari, ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga koʼra, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni — sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, XX asrga kelib rang-barang falsafiy taʼlimotlar shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda koʼrib chiqish imkoniyati boʼlmasa-da, yuqorida bayon etilgan maʼlumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan bogʼliq murakkab fan ekanligi toʼgʼrisida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu sohadagi bilimlarimiz, oʼz navbatida bizning milliygʼoya va mafkuramizni shakllantirishga, maʼnaviyatimizning boyib, mustahkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi .


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin