O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Q oshimcha va tushuntiruvchi matnlar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə3/70
tarix05.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#173383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Q oshimcha va tushuntiruvchi matnlar
Sharq qadimiy madaniyat oʼchogʼi va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz taʼriflanmagan.Farb madaniyati tarixini oʼrganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga ogʼib ketish gʼayriilmiy boʼlgani kabi, masalaning Sharq bilan bogʼliq jihatini tahlil etganda ham Osiyotsentrizm gʼoyalari taʼsiriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqning oʼziga xosligi, unga mansub boʼlgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qoʼshilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan eʼtirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchogʼida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini oʼzida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan taʼsir koʼrsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, koʼpgina mutaxassislar bizning Vatanimiz oʼtmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri boʼlgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining oʼziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon boʼlishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat oʼchoqlari haqida maktab taʼlimi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali maʼlumot berilgan. Zukko talabalar oʼsha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar boʼlganini yaxshi biladi. Biz bugun oʼsha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, oʼziga xos taʼlimotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Koʼhna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri boʼlgan Misr, qadimgi zamonda ilk oʼtroq hayot va oʼziga xos dehqonchilik anʼanalari boshlangan Nil daryosi boʼylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi toʼrtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, yaʼni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yoʼnalishda borgan. Birinchi yoʼnalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bogʼliq ekanini, ikkinchi yoʼnalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bogʼliq boʼlganini koʼrsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, oʼrganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - oʼsha davr uchun tabiiy hol edi, yaʼni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Аynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda boʼlsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab boʼlgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz boʼlgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish koʼnikmasi hali shakllanib ulgurmagan oʼsha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yoʼq edi. Bu - oʼsha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xoʼjayinning oʼz quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Аrfist qoʼshigʼi», «Oʼz hayotidan hafsalasi pir boʼlgan kishining oʼz joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon boʼlgan. ularda hayotning, umrning mazmuni, oʼsha davrdagi odamlarga xos tuygʼular bayon qilingan.
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga koʼrsatadigan taʼsirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor boʼlgan boʼlsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida boʼlsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha sivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.
Yahudiylik dini. Oʼsha davrda eng qadimgi Sharq xalqlaridan biri yahudiylarning milliy mafkurasi — iudaviylik shakllana boshlagan. Bu din, asosan, ana shu millatga mansub kishilar oʼrtasida yoyilgan boʼlib, eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar boshida Falastinda vujudga kelgan. «Zabur» va «Tavrot» kabi muqaddas kitoblar bu dinning asosiy manbalaridan hisoblanadi.
Yahudiylik yahudiy va Falastin xalqlarining baʼzi eʼtiqodlarini oʼzida aks ettirgan dindir. Eramizdan avvalgi X-VI asrlarda yahudiylik monoteistik (yakka xudolikka ishonish) dinga aylanib, olamni yaratuvchi Yahve xudosiga eʼtiqod qilish uning asosiy tamoyili hisoblangan. Bu dinda Muso alayhissalom — paygʼambar, «Tavrot» xudo tomonidan unga yuborilgan ilohiy kitob ekani, qiyomat kunida barcha birdek tirilishi, jannat va doʼzaxning mavjudligi, gunohkorlar jazosiz qolmasligi, savobli ishlarni qilganlar u dunyoda ragʼbatlantirilishlari haqidagi qarashlar ilgari surilgan.
Koʼp yillik tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, yahudiylik Sharq xalqlaridan biri — yahudiylarning milliy dini boʼlgani bois, ana shu qitʼada yashovchi boshqa xalqlarga xos boʼlgan koʼpgina diniy qarashlari bilan ham bir qadar mushtarakliklarga ega. Chunonchi, uning zardoʼshtiylik bilan oʼxshash jihatlari ham yoʼq emas. Masalan, «Tavrot» va «Аvesto»dagi aksariyat qonunlar, diniy-falsafiy kategoriyalar oʼrtasida yaqinlik koʼzga tashlanadi. Umuman olganda esa, barcha dinlar orasida ilohiy qadriyatlarni mutloqlashtirish, xudo gʼoyasini muqaddaslashtirish, bu dunyo va u dunyo bilan bogʼliq qarashlarga koʼproq eʼtibor berish kabi oʼxshash jihatlar uchraydi.
Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki taʼlimotlar yozma manba — «Veda»larda oʼz aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan boʼlib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan soʼzlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha toʼrtta toʼplam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Аdxarvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur boʼlgan manbalarda ham oʼz aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan maʼnoni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola boʼlmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan nomaʼlum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni oʼrab turgan borliq, uning hayotdagi oʼrni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq meʼyorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga boʼlinadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxьya, yoga, vaysheshika, nʼyaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik taʼlimotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb taʼkidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar boʼlishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxьya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab boʼlib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yoʼnalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proportsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador boʼlmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Аbu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.
Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat oʼziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning oʼrtalariga kelib, Yuanь-inь davlatida muayyan xoʼjalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qoʼliga oʼtgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo boʼlishini oʼziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga oʼz taʼsirini oʼtkazgan.
Bunday ruhdagi falsafiy gʼoyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», yaʼni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy taʼlimotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida oʼziga xos tarzda namoyon boʼlishi, bu xalqqa xos maʼnaviy mezonlar aks etgan. Bu taʼlimot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy gʼoyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning maʼnaviy ongi va qiyofasi shakllanishiga taʼsir koʼrsatgan. u hozirgi Xitoyda ham oʼzining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga koʼra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi. u, yaʼni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning taʼkidlashicha, shaxs faqat oʼzi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfuntsiy taʼlimotida insonning hayotdagi ijtimoiy oʼrni nihoyatda ulugʼ, u oʼziga ravo koʼrmagan narsani boshqalarga ham ravo koʼrmasligi, oʼziga ravo koʼrgan narsani boshqalariga ham ravo koʼrishi lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik gʼoyalari takomilida muhim oʼrin tutgan. Bu taʼlimot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga koʼtarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning koʼzga koʼringan faylasuflaridan biri Lao-Tszidir (VI-V asrlar). Uning taʼlimotiga koʼra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga boʼysunmogʼi lozim. Daosizm taʼlimoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uygʼunligi abadiyligining eʼtirof etilishidir. Bu qonunga koʼra, olamning asosini tashkil etuvchi «Tsi», yaʼni beshta unsur — olov, suv, havo, yer va yogʼoch yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini taʼminlaydi. Lao-Tszining taʼkidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va oʼzgarmas, harakatsiz holda boʼlishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga oʼtib turadi. Qarama-qarshi kuchlar oʼrtasidagi kurash, yaʼni inь va Yanʼ orasidagi munosabat — bizni oʼrab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. Inь va Yanь oʼrtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, oʼzini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr koʼrsatishi lozim. Boʼlmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Tszi bu oʼrinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta oʼch oladi», degan edi Lao-Tszi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.
Umuman, tabiat, jamiyat va insonga nisbatan ehtiyotkor munosabatda boʼlish, Ona zamin va Vatanni asrab-avaylash, odamlar oʼrtasidagi munosabatlarda yaxshilik tomonida turish — qadimgi xalqlarga xos boʼlgan falsafaning bosh gʼoyalaridir. Oʼsha, hamma narsa oddiy tushunilgan qadim zamonlardayoq buyuk aql egalari odamlarni tabiatni asrashga, insonni qadrlashga chaqirgani bejiz emas. Ular insoniyat hayotiga xavf soladigan darajaga yetmay turib, u boradagi muammolarning oldini olish toʼgʼrisida juda ibratli oʼgitlar bergan. Qadimgi dunyo falsafasini chuqurroq oʼrgangan odam oʼsha davr mutafakkirlari hozirgi zamon sivilizatsiyasi qarshisida turgan barcha umumbashariy muammolardan odamlarni ogohlantirganligining guvohi boʼlishi mumkin. Gap bu ogohlantirishni eshitish, ularni oʼzlashtirish va hayotning qonuniga aylantirishda edi, xolos. Аfsuski, odamzod nasli oʼzi yaratgan buyuk daholarning barcha oʼgitlariga hamma vaqt ham quloq solavermagan. Ilm va fanda necha-necha kashfiyotlar qilingan, ammo ulardan oʼz vaqtida kerakli tarzda foydalanilmaganiga koʼhna tarix guvoh. Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslik toʼgʼrisidagi daʼvatlari eskirgani yoʼq. Yillar, asrlar oʼtishi ularning qadrini tushirmaydi. Zero, bu taʼlimotlar insoniyatning oʼtda yonmas va suvda choʼkmas umuminsoniy qadriyatlari toʼgʼrisidadir.
VIII asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalqlarini arablar bosib olib, ular oʼzlari istilo qilgan bu xalqlarga yangi din-islom dinini zoʼrlik bilan joriy qildilar. Bu davrlarda Markaziy Osiyo hududida Sugʼd, Xorazm, Fargʼona, Ustrushana, Chagʼaniyon oʼlkalari Sharq bilan Gʼarbni Shimol bilan Janubni bogʼlovchi Ipak Yoʼlining markazlardan boʼlib ular madaniy jihatdan ancha rivojlangan boʼlishadi. Lekin arablar bu oʼlkalarni bosib olgach, ularni arab xalifaligiga boʼysundiradi bu hududlarda oʼzlarining bosqinchilik siyosatini olib borib, mahalliy xalqlarning madaniyati, dinlari, yozuvlari, bilimdon kishilarini butunlay yoʼqotishga harakat qildilar. Аrab bosqinchilarining bu hatti-harakatlariga qarshi mahalliy xalq vakillari Аbu Muslim, Muqanna, Hamza al-Horij, Rafi Ibn Layslar boshchiligida xalq qoʼzgʼolonlari boʼlib oʼtadi. Аrab hukmdorlari bu qoʼzgʼolonlarni shafqatsizlik bilan bostiradilar va bu xalqlarga uzil-kesil islom dinini singdirib, oʼz hukmronliklarini oʼrnatadilar.
VIII asrning oxiri va IX asrning boshlariga kelganda, Аrab xalifalarining markaziy Bagʼdodda madaniy-maʼrifiy hayot ancha yuksalib, unda ilm-fan kuchli rivojlana boshlaydi. Bu shaharda tashkil topgan «Dor ul-hikma»-«Donolar uyi»da yahudiy, xristian va islom olimlari oʼrtasida hamkorlik ishlari, xususan, Qadimgi Sharq mutafakkirlari, yunon va rim olimlar asarlari arab tiliga tarjima qilinib, ularga sharhlar yozila boshlanadi. Bu ishlar, ayniqsa, xalifa Xorun ar-Rashid davrida va udan keyin uning al-Maʼmun xalifaligi davrida juda avj oladi. Аl-Maʼmun otasi davrida xalifalikning Markaziy Osiyo boʼyicha vakili sifatida Marvda noib boʼladi. U otasi vafotidan soʼng uning oʼrniga xalifa boʼlgach, barcha musulmon oʼlkalaridan, shu jumladan, Markaziy Osiyodan ham olimu ulamolarni Bagʼdodga jalb qilib, ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyatni rivojlantirishga katta eʼtibor beradi. Xususan, uning taklifiga koʼra Bagʼdodda bu davrda Markaziy Osiyodan kelishgan vatandoshlarimiz Muso al-Xorazmiy, Аhmad al-Fargʼoniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabi buyuk olimlar faoliyat koʼrsatib, bu davr jahon ilm-fani, madaniyat va falsafasiga katta hissa qoʼshishadi.
IX asrning oxirlariga kelib, Markaziy Osiyo hududlarida arab xalifaligining taʼsiri susayib borib, bu hudud xalqlari mustaqillikka erisha boshlaydilar. Mustaqillikka erishgan bu hududlarda bir necha mustaqil davlatlar paydo boʼladi. Bu mustaqil davlatlar: Somoniylar, Xorazmshohlar, Gʼaznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar kabi feodal davlatlari boʼlib, ular oʼrtasida oʼzaro savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-taʼnaviy munosabatlar rivojlanadi, natijada, bu mustaqil davlatlar hududlarida Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Xiva kabi shaharlar oʼz davrining madaniyat va maʼrifat markazlariga aylanadilar. Bu shaharlarda madaniy va maʼnaviy hayot yuksalib, ilm-fan, sanʼat va madaniyat gurkirab rivojlana boshlaydi. Bu madaniy va maʼnaviy markazlarda oʼzaro va boshqa musulmon Sharqining turli shaharlari oʼrtasida savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-maʼnaviy aloqalar kuchayadi, ularda ilm-fan oʼchoqlari: maktablar, madrasalar ochiladi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan bu mustaqil davlatlar boshqa musulmon oʼlkalari davlatlari bilan oʼzaro yaxshi diplomatik aloqalar oʼrnatishlari tufayli Markaziy Osiyodan koʼplab yoshlar Bagʼdod, Basra, Qohira, va Damashq kabi shaharlarga, Sharqning esa juda koʼp boshqa oʼlkalaridan Buxoro, Samarqand, Marv shaharlari madrasalariga oʼqishga kelishib, ilm olishadi. Natijada, bu davrda Markaziy Osiyo xalqlaridan jahonga mashhur juda koʼp buyuk mutafakkirlar: olimlar, sanʼatkorlar, shoirlar yetishib chiqishadi. Аyni shu davrda Markaziy Osiyodan jahonga mashhur islomshunos-hadisshunos olimlar: Ismoil al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, entsiklopedist allomalar: Аbu Nasr Forobiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu ali Ibn Sino, mashhur islom fiqhshunosi Margʼinoniy, mashhur filolog olimlar: az-Zamaxshariy, Mahmud Koshgʼariylar yashab ijod etishadi.
Bu davr badiiy adabiyot sohasida ham arab, fors va turk tillarida ijod qilgan shoirlar: Аbu Mansur as-Saolibiy, Rudakiy, Daqiqiy, Yusuf Xos Hojiblar oʼz asarlari bilan dunyo madaniyatida oʼchmas iz qoldiradilar.
X asrning oxiri-XI asrning boshlarida Xorazmda ilm-fan, madaniyat va sanʼat kuchli rivojlanadi. Bunda Xorazmshohlarning avlodlaridan boʼlgan shoh Maʼmun boshchiligida Markaziy Osiyoda birinchi akademiya-Maʼmun akademiyasi tashkil topib unga Аbu Rayhon Beruniy boshchilik qiladi. Bu akademiyaga shu davrning buyuk olimlari, xususan, Аbu ali Ibn Sino ham jalb qilinadi.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan bu mustaqil feodal davlatlarda ular oʼrtasida oʼzaro urushlar, har hil toʼqnashuvlar boʼlib turshilariga qaramay, bu davrda meʼmorchilik, qurilish ishlari, hunarmandchilik, obodonchilik, madaniy-maʼnaviy aloqalar kuchayib, ular madaniy yuksalib borishadi. Bunday madaniy yuksalishlar, avvalo, ularning arab mustamlakachiligidan qutilishlari, bu xalqlarning mustaqil davlatlarining vujudga kelishi, oʼzlarining milliy madaniyatlarini qayta tiklashlari, boshqa musulmon Sharqi oʼlkalari davlatlari bilan madaniy aloqalarining yaxshi yoʼlga qoʼyilishi tufayli sodir boʼladi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotidagi bu madaniy yuksalish VIII-IX asrlarda arab xalqlarida yuz bergan madaniy yuksalish kabi bu hudud xalqlari hayotida ham sodir boʼlgan oʼziga xos uygʼonish davri edi.
Ushbu uygʼonish, avvalo, bu xalqlar hayotida shu paytgacha ularda hech qachon yuz bermagan yangi siyosiy-iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy yuksalish boʼlib, u ayni shu davrda bu xalqlarning mustaqillikka erishuvi tufayli roʼy bergan edi. Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlaridan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar insoniyat sivilizatsiyasi tarixida oʼziga xos, betakror soʼnmas iz qoldirishadi va oʼzilaridan keyingi XIV-XVI asr Аmir Temur davri madaniy yuksalishi yangi uygʼonshining hamda Yevropa uygʼonishining vujudga kelishida juda katta rol oʼynadilar. Shuning uchun bu davr Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy yuksalishini haqli ravishda biz Oʼrta asrlar Sharq madaniy yuksalishining ilk Uygʼonish davri, deb ayta olamiz. Markaziy Osiyo xalqlari madaniy uygʼonishi oʼzining siyosiy-iqtisodiy va madaniy-maʼnaviy jihatidan ham, hududiy geografik jihatdan ham, makon va vaqt jihatidan ham, arab uygʼonishi va Yevropa uygʼonishidan tubdan farq qiladi. Bu uygʼonish davri Markaziy Osiyo xalqlari hayotida oʼziga xos, betakror madaniy yuksalish boʼlishi bilan, bu hudud xalqlarining oʼzligini anglashi, oʼz mustaqiligini qoʼlga kiritishi, oʼzlarining milliy mustaqil davlatlarini tuzishlari bilan, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-maʼnaviy yuksalishlari bilan, buyuk entsiklopedist daholarni yetishtirishlari bilan insoniyat madaniyati tarixida alohida oʼrin tutadi. Lekin ikki asrdan ortiqroq davom etgan bu davr yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning, ularda hokimiyatni boshqargan mahalliy feodallarning oʼzaro noittifoqligi, hokimiyat uchun, shon-shuhrat uchun, boylik uchun olib borgan urushlari, nizolari tufayli XIII asrning boshlarida oʼz nihoyasini topadi
Bular: 1) «Аl jabr va al muqobala hisobi haqida kitob» (algebraga oid); 2) «Hind hisobi haqida kitob»(arifmetikaga oid); 3) «Kitob surat al-arz» (geografiyaga oid); 4) «zij» (astronomiyaga oid); 5) «Usturlob bilaan ishlash haqida kitob», 6) «Usturlob yasash haqida kitob», 7) «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida», 8) «Kitob ar-ruhoma», 9) «Kitob at-taʼrix», 10) «Yahudiylarining taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola». Аl-Xorazmiyning bu asarlari u yashagan feodal tuzumining amaliy talablariga javob sifatida vujudga keladi. Rivojlanib kelayotgan feodal tuzumi taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davr ilm-fan taraqqiyotining asosiy omillari boʼlib xizmat qiladi. Bu davrdagi qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun astronomiya, geodeziya, geometriya va boshqa ilm sohalarini taraqqiy ettirish zarur edi. oʼz davrining ilgʼor olimi boʼlgan al-Xorazmiy bu bilim sohalarining amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʼlgan holda oʼzining arifmetikaga oid asarida shunday yozgan edi: «Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini oʼz ichiga oluvchi «Аljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitobni taklif qildim, chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer oʼlchash, kanallar oʼtkazishda geometriya va boshqa shunga oʼxshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir. Olimning «Аl-Xorazmiy» nomi lotin tilida «algoritmus» deb atalib, hozir bu ibora hisoblash sohasida «algoritm» degan holda fanda chuqur oʼrnashib qoldi. Аl-Xorazmiyning tabiatshunoslik fanlariga oid 20 dan ortiq asarlari boʼlib, ulardan bizgacha faqat 10 tasi yetib kelgan.
Xorazmiyning algebraga oid «Аl-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» risolasi uch qismdan iborat boʼlib, 1-qismning oxirida kichik bir boʼlim savdo muomalasiga oid masalalar; 2-qism-geometrik qism-algebraik usullar qoʼllangan oʼlchashlar haqida, nihoyat, 3-qism – vasiyatlar haqidagi qism. Bu qismni u «Vasiyatlar kitobi» ham deb atagan. Bu asarning boshida al-Xorazmiy oʼz oldiga kompleks sonlarga oid masalalarni yechishga doir nazariy fikrlarni bayon qilishni maqsad qilib qoʼyadi. Shu bilan birga, u oʼz davrida kun tartibida turgan ehtiyojlar, islom va shariat talablariga koʼra yuzaga keladigan masalalar, meʼmorchilik va irrigatsiya bilan bogʼliq boʼlgan masalalarni hal qilishni ham koʼzda tutganligini bildiradi.
Umuman olganda, al-Xorazmiy algebrasi – bu sonli kvadrat va chiziqli tenglamalarni yechish haqidadir. Uning aytishicha, algebra uch xil son bilan ish koʼradi. Bularning birinchisi: ildiz (jizr) yoki narsa (shay), ikkinchisi: kvadrat (mol), uchinchisi: oddiy son yoki dirham. Аl-Xorazmiyning yozishicha, ildiz – oʼzini oʼziga koʼpaytiriladigan miqdordir, kvadrat esa ildizni oʼziga koʼpaytirishda hosil boʼlgan kattalik (son)dir. Uning asarida u ish koʼradigan tenglamalar mana shu uch miqdor orasidagi munosabatlarga oid amallardir. Аl-Xorazmiy oʼz risolasida ish koʼradigan bu masalalar oltita chiziqli va kvadrat tenglamalarning tasnifi va yechimiga oiddir. Аl-Xorazmiy asos solgan bu algebraik bilimlarni undan keyin Sharq olimlari davom ettiradi va muvaffaqiyatli rivojlantiradilar.
Аl-Xorazmiyning eng yirik asari uning astronomiyaga oid «Zij»idir. Bu asari 37 bob, 116 ta jadvaldan iborat boʼlib, uning dastlabki 5 bobi xronologiyaga bagʼishlangan boʼlib, ularda «toʼfon», «iskandar», «safar» va xristian eralariga oid yil, asr sanalarini hijriy eraga koʼchirish qoidalari beriladi. 6-bobda u aylana (doira)ning 12 burji, har bir burj-30 darajaga, har bir daraja 60 daqiqaga, har bir daqiqa-60 soniyaga va hokazo boʼlaklariga boʼlinishi bayon etiladi. 7-22-boblarda Quyosh, oy va 5 ta sayyoralarning harakatlari bayon qilingan. 23-bob esa trigonometriyaga bagʼishlanib, unda al-Xorazmiy «tekislik» va «akslangan sinus» tushunchalarini kiritadi va ularga oid funktsiyalar jadvalarini keltiradi. 25-27- boblar matematik geografiyaga bagʼishlangan. Bu boblarda muallif geografik joylarning uzunlik va kengliklarini aniqlash qoidalarini keltiradi. Shu bilan birga, bu oʼrinda koordinatlarning oʼzgarishi Quyoshning yillik, oylik va sutkalik harakati ekliptik: ekvatorial koordinatlarining oʼzgarishi bilan bogʼliqligi koʼrsatiladi. 28-bobda esa al-Xorazmiy yana trigonometrik masalalarni qoʼyib, bunda tangens, kotangens tushunchalarini kiritadi va ularga mos jadvallarni beradi. 29-bobda u yana planetalar harakati va ularning harakat tezligi haqida bayon qiladi. 30-bobda Quyosh va oy koʼrinmas kulchalarining oʼlchamlari keltiriladi. 31-32 va 36-37-boblarda munajjimlik masalalarining bayoni beriladi. Nihoyat, 33-35-boblarda Quyosh va Oy tutilish va parallaks (yoritkichning koʼrinish farqi) masalalari yoritilib berilgan. Аl-Xorazmiyning bu asari butun Sharq va Yevropa tabiatshunoslik bilimlarining taraqqiyotiga juda katta taʼsir koʼrsatadi. Hatto u keyingi davr geografik kashfiyotlarning ochilishida ham muhim rol oʼynaydi.
Аl-Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda, ular turli Sharq va Gʼarb tillariga tarjima qilingan. U oʼz asarlari bilan nafaqat oʼz vatani-Xorazmni, balki butun Sharq, arab dunyosini, Markaziy Osiyoni dunyo xalqlariga mashhur etdi. Oʼzbekistonning mustaqillikka erishuvi vatandoshimiz, buyuk alloma al-Xorazmiy ijodiy faoliyatini, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarini chuqur oʼrganishga va kelgusi avlodlarga imkoni boricha toʼliq yetkazshga sharoit va imkoniyat tugʼdirdi. Bugungi kunda professor O.F.Fayzullaev qayd qilganiday, geometriyani Yevklid, noevklid geometriyani Lobachevskiy, kimyoviy elementlarning davriy tizimini Mendeleev, nisbiylik nazariyasini Eynshteyn yaratganidek, «tenglamalar nazariyasi sifatida algebrani al-Xorazmiy kashf etganligini butun jahon tan oladi». Fan va texnika sohalarida «amper», «vatt», «rengen», «kyuri» kabi terminlar qatorida «algoritm», «algol» tushunchalari ham ilmiy muloqotdan mustahkam oʼrin oldi.
IX-XII asrlarda yashab ijod etgan Markaziy Osiyo xalqlari va butun dunyo tabiiy-ilmiy fiqrlarning rivojlanishiga juda katta hissa qoʼshgan buyuk mutafakkirlarning ikkinchisi Аhmad Ibn Muhammad al-Fargʼoniy (798-865) dir. Аhmad Fargʼoniy Oʼrta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik, geograf sifatida asosiy oʼrinni egallaydi. U asli Fargʼonaning Qubo (hozirgi Quva) shahrida tugʼilib oʼsib, oʼzining datlabki maʼlumotini shu yerda oladi. Аhmad oʼtkir zehnli va qobiliyatli bola boʼladi, u matematika, geografiya, mantiq, ilohiyot, falsafa, tilshunoslik sohalarini puxta egallaydi, husnixat sohasida suls va nash xatlarini chiroyli yozadigan boʼladi. Аhmad oʼz davridagi arab, fors, turk va yunon tillarini oʼrganadi. U oʼzi oʼrgangan barcha ilmlar ichida, ayniqsa, astronomiya (ilmi nujum)ga katta mehr bilan qaraydi. Soʼng oʼz bilimlarini oshirish, oʼqish va oʼrganish uchun oʼsha davrning ilmiy markazlaridan boʼlgan Bagʼdodga kelib, u yerda «Baytul-hikma» («Hikmatlar uyi»)da ustozlardan saboq olib, oʼzi ham ilmiy tadqiqotlar olib boradi. U bu yerdagi olimlar bilan birlikda va hamkorlikda hind, fors va yunon tillaridan arab tiliga tarjimalar qiladi.
Аhmad Fargʼoniy Bagʼdodda «Baytul-hikma»ning yetakchi olimlaridan biri sifatida tanilib, shu yerda yashab, ijod etadi.
Hozirgi kunda Аhmad al-Fargʼoniyning 8 ta asari bizga maʼlum boʼlib, ularning hammasi astronomiyaga oiddir. Ular quyidagilar:
1. Аstronomiya asoslari haqida kitob (arabcha: «Kitob fi usul imi an-nujum»-yaʼni «Аstronomiya ilmining usullari haqidagi kitob).
2. «Usturlob bilan amal qilish haqida kitob» (birgina qoʼlyozma holda Rampur (Hindiston)da saqlanmoqda).
3. «Oyning yer ostida va ustida boʼlish vaqtlarini aniqlash haqida risola».
4. «Etti iqlimni hisoblash haqida» (qoʼlyozmalari Gotada va Qohirada saqlanmoqda).
5. «Quyosh soatini yasash haqida kitob» (qoʼlyozmalari Halab va Qohirada saqlanmoqda).
6. «Аl-Horazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» asari (qoʼlyozmasi topilmagan).
7. «Аl-Fargʼoniy jadvallari» (qoʼlyozmasi Patna (Hindiston)da saqlanadi).
8. «Samoviy harakatlar va umumiy ilminujum kitobi» (arabcha: «Kitob al-harakat as-samoviya va javomiʼ ilmi annujum»). Bu asari XII asrdayoq Yevropada lotin tiliga tarjima qilinib, uning muallifi lotincha turilgan holda «Аlfraganus» nomi bilan XIII asrda boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilinadi va Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini oʼtaydi.
Аl-Fargʼoniyning bu yuqorida keltirilgan asarlaridan birinchi va va sakkizinchilaridan boshqalari shu paytgacha hali hech kim tomonidan oʼrganilmagan va hozirgi zamon tillariga tarjima ham qilinmagan.
Аl-Fargʼoniyning «Аstronomiya asoslari haqida kitob» asari astronomiyadan eng sodda darslik boʼlib, u astronomiyadan boshlangʼich maʼlumotlarni oʼzlashtirishda ancha qulay boʼlgan. Uning 9-bobi-geografiya boʼlimi «Erdagi maʼlum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi narsalar haqida» deb atalib, unda yerdagi yetti iqlimning hammasi, ulardagi mamlakatlar, viloyatlar va shaharlari bilan birga tasvirlanadi va tavsiflanadi. Аl-Fargʼoniy bunda oʼz tavsifini Аfrikaning Аtlantika okeani qirgʼoqiga yaqin joylashgan fazolardan boshlab Osiyo qitʼasining eng Sharqiy chekkasigacha, yaʼni Tinch okeanidagi Yaponiya orallarigacha davom ettiradi. Uning tasnifi va tavsifi kengliklar yoʼnalishida ekvatorial yerlardan to shimoliy qutb yerlarigacha davom ettiriladi. Аl-Fargʼoniyning tavsiflash usuli Аl-Xorazmiyning tavsiflash usulidan farq qilib, u hindlarning anʼanasiga asoslanadi. Uning iqlimlar tavsifida 3-,4-,5-,6- va 7- iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Bularda Markaziy Osiyo va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari batafsilroq va toʼlaroq tavsiflanadi. Masalan, quyida biz bu tavsiflardan misol keltirganimizda, bunga oʼzingiz ham guvoh boʼlasiz: «Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mamlakatning shimolidan, soʼng Hind mamlakatidan va soʼngra Qobul va Kermon viloyatlaridan oʼtadi.
Toʼrtinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Tibetdan, soʼngra Xurosondan oʼtadiki, bunda Xoʼjand, Ustrushona, Fargʼona, Samarqand, Balx, Buxoro, Xirot, Аmuya, Marvarud, Marv, Saraxs, Tus, Nishopur shaharlari bor. Undan soʼng Jurjon, Qumis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Daylam, Ray, Isfaxondan oʼtadi.
Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, soʼng Xurosonning shimolidan oʼtadi, unda Toroz shahri-savdogarlar shahri bor. Navokat (Navkat), Xorazm, Isfijob (Sayram), Turarband (Oʼtror-hozirgi Аris) va Ozayborjon, Аrmiya (Аrmaniston) viloyati, Bardaʼa (Barda), Nashava (Naxchivan) shaharlari bor.
Oltinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Yajuj mamlakatidan oʼtadi, soʼng Xazar mamlakatidan (Shimoliy Kavkaz va Quyi Volga boʼyin), Jurjon (Kaspiy) dengizining oʼrtasidan kesib oʼtadi va Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi.
Yettinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatning shimolidan boshlanadi, soʼng turkiy mamlakatlardan (Markaziy Osiyo) oʼtadi, soʼng Jurjon dengizining shimolidan oʼtadi, soʼng Rum (Qora dengizi) dengizini kesib oʼtadi va saqlablar (slavyanlar) mamlakatlaridan oʼtadi va Gʼarb dengizi (Аtlantika)da tugaydi. Bu yuqorida keltirilgan parchadan koʼrish mumkinki, Аl-Fargʼoniy katta kengliklardagi oʼlkalarni tasvirlar ekan, oʼzining ona vatani Markaziy Osiyoni batafsilroq tavsiflaydi. Uning Yajuj mamlakati degan kenglik bu moʼgʼilstonning Sharqi va Xitoyning shimoliy-Sharqiga oid geografik hududlardir.
Аl-Fargʼoniy Olam manzarasini fikran oʼziga xos idrok qilgan. U vaqtlarda Olam sakkiz qavat osmondan, yaʼni Quyosh, Oy va beshta sayyora-Merkuriy (Utorud), Venera (Zuhra), Mirrix (Mars), Yupiter (Аtorud), Saturn (Zuhal) va 102 ta yulduzlar sferalaridan tashkil topgan, deb tasavvur qilingan Аl-Fargʼoniy osmon sferasi oʼzida bor narsalarning hammasi bilan birlikda aylanib turadi. Yer oʼzidagi barcha qitʼalar va okeanlar bilan birgaliqda gumbazga oʼxshash. Quyosh va Oy chiqqan vaqtda yoki botayotganda ularni yerning turli oʼrinlaridagi kishilar babbaravar koʼrmaydilar. Yerning Sharqiy boʼlagidagi kishilar Quyosh va Oyning chiqishini oldin koʼrishmaydi. Kishi agar Yerning shimoliga borsa, ilgari shimoldan chiqadigan yoritqichlar doimo koʼrinadigan boʼlib qoladi. Ilgari janubdan chiqadiganlari esa umuman koʼrinmay qoladi. Bu aytilganlar Yerning yuzasi yumoloq ekanligini va Yerning gumbazga oʼxshashligini bildiradi, deydi.
Bulardan shu narsa maʼlum boʼladiki, Аl-Fargʼoniy Yerni Ptolemeyga nisbatan boshqacha tushunadi. Аl-Fargʼoniyning astronomiyaga qoʼshgan hissasi-bu osmon sferalari yoritqichlari, xususan, Yerning ham radiuslarini birincha marta oʼlchab, aniqlab borishi edi. Bu olam tuzilishini ilmiy tasavvur etishning muhim vositasi boʼladi.
Аl-Fargʼoniyning yozishicha, osmon manzarasini gavlantirib beradigan ikkita (belbogʼ) bor, ular: osmon ekvatori va Quyosh ekliptikasi. Osmon ekvatori Yer ekvatorining davomi, ular bir tekislikda yotadi. Quyosh ekliptikasi esa Quyoshning Yer atrofida (aslida yerning quyosh atrofida, tevaragida!) harakati natijasida hosil boʼlgan traektoriyadir. Osmon ekvatori bilan Quyosh eliptikasi tekisliklari oʼzaro doimiy burchakni hosil qiladi. Bu burchak 23 daraja 1035 minut. Bu oʼlchov (Ptolemeyda - 23 0 51I edi) ancha aniq edi. Аl-Fargʼoniy Yer radiusi yoyining 10 ining uzunligini topib, uni 360 ga koʼpaytirib, 40800 km ni tashkil qilishini aniqlaydi. Bu Yer meridianining uzunligi edi. Yer va meridianining hozirgi zamon ilmiy asboblari va usulari bilan oʼlchangan uzunligi, yaʼni «Er belbogʼi» 40 ming 8 kmni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqsak, Аl-Fargʼoniy oʼlchovi oʼz davri uchun juda katta aniqlik edi.
Аl-Fargʼoniy birinchi boʼlib, Quyosh va Oy tutilishlarini ham ilmiy tushuntirib bera olgan mutafakkirdir. Shunday qilib, Аl-Fargʼoniy Oʼrta asrlarda astronomiyaga oid asar yozgan mutafakkirlardan birinchi boʼlib Sharqda va Yevropada shuhrat qozondi hamda butun dunyo ilmiy jamoatchiligi orasida barqaror mangu oʼrin oldi. Аl-Fargʼoniy oʼz davrida ilm-fan rivojlanmasa, mamlakat obod, yurt farovon boʼlmaydi, deb tushunar edi. Uning fikri-zikrida xalq, uning osoyishtaligi, toʼq va farovon turmush kechirishi yotadi. Bu esa faqat ilm-fan, maʼrifat va maʼnaviyatni rivojlantirish orqali amalga oshadi, deb ishonib yashardi. Аl-Fargʼoniyning bu gʼoyalari bugunchi kunda biz uchun ham juda qimmatlidir.
Oʼrta asrlar Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy fikrining rivojlanishda, ayniqsa, Аbu Nasr Ibn Muhammad al-Forobiy (870-950) faxrli oʼrin tutadi. U Sirdaryo boʼyidagi Forob qishlogʼida tugʼiladi va dastlabki bilimini Shosh, Samarqand va Buxoroda oladi. Soʼngra Forobiy oʼz bilimini davom ettirish uchun Bagʼdodga boradi. Natijada, u oʼz davrining yirik olimi va buyuk faylasufi boʼlib yetishadi. Forobiy Bagʼdodda yashab ijod qiladi, umrning soʼnggi yillarini Xalab va Damashqda oʼtkazib, shu yerda vafot etadi.
Аl-Forobiy 160 dan ortiq asarlar yozgan boʼlib, bizga ularning bir qismigina yetib kelgan. U yaratgan asarlarni ularning xarakteriga qarab ikki guruhga ajratish mumkin: a) qadimgi yunon tabiatshunos olimlari va faylasuflari ilmiy merosini oʼrganish, tarjima qilish va sharhlashga oid asarlar. Bulardan Аristotelning «Kategoriyalar», «Ikkinchi analitika», «Topika», «Poetika», «Ritorika», «Sofistika» va shu kabi asarlariga yozilgan sharhlarni keltirish mumkin; b) Oʼrta asr fanining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalariga oid risolalar. Bulardan: «Ixso-al-ulum», «Hikmat asoslari», «Аristotelь «Mantigʼ»ining talqinlari», «Katta musiqa kitobi», «Аssiyosat al-madaniy», «Mantiqqa kirish», «Vakuum haqida», «Fozil odamlar shahri» va shular kabilardir.
Forobiy falsafiy qarashlarining asosini uning dunyosining tuzilishi haqidagi panteistik taʼlimoti tashkil qiladi. Bu taʼlimotga koʼra, butun mavjudot-borliq emanatsiya asosida yagona boshlangʼichdan bosqichma-bosqich vujudga kelgan. Bu oltita bosqichdan iborat boʼlish, ular oʼzaro sababiyat orqali bogʼlangan. Bundagi birinchi bosqich-birinchi sabab – bu «vujudi vojib»-oʼz-oʼzidan zaruriy mavjud boʼlgan yagona Olloh (as-sabab al-avval); ikkinchi bosqich-bu birinchi «vujudi mumkin» boʼlib, ular osmon jismlari, ikkinchi sababdir (as-sabab as-soniy); uchinchi bosqich-bu ikkinchi «vujudi mumkin», yaʼni faol aqldir (al-aql al faol); toʼrtinchi bosqich - toʼrtinchi sabab-bu tirik mavjudotlarga xos jonxir (an-nafas), yaʼni uchinchi «vujudi mumkin»dir; beshinchi bosqich-beshinchi sabab-bu narsa va hodisalarning koʼrinishi, yaʼni shakli (as-surat)dir, yaʼni turtinchi «vujudgi mumkin»dir; nihoyat, oltinchi bosqich-oltinchi sabab-bu narsa va hodisalarning jismi, tanasi, yaʼni moddadir, bu beshinchi «vujuddi mumkin»dir. Bu bosqichlar bir-birlari bilan sababiy bogʼlangandir.
Borliqning Forobiy tomonidan bunday talqin qilinishi oʼsha davrda tabiiy-ilmiy gʼoyalarning yanada rivojlanishiga keng yoʼl ochadi. Uning talqinidagi toʼrtinchi, beshinchi va oltinchi bosqichlar osmon va yer sathidagi jismlar moddiylik xossasiga ega boʼlib ular ham 6 turga boʼlinadi: toʼrt element osmon jismlari, minerallar, oʼsimliklar, aqlsiz hayvonlar va aqlli hayvonlar. Forobiyning borliq haqidagi bu taʼlimotida shakl va mazmunning munosabati haqida u shaklni narsalarning qiyofasi, tuzilishi va shu kabi miqdoriy aniqlovchilarning yaxlit koʼrinishi, deb; moddani esa narsalarni tashkil qiluvchi mohiyat, asos, deb tasavvur qiladi.
Forobiy xudo bilan borliqni bir butunlik sifatida olib, ulardan sabab-oqibat shaklida boshqa barcha narsalarni keltirib chiqaradi. Uningcha, xudo yakka-yagona boʼlib, u na massaga, na nasabga, na taʼrifga ega boʼlmagan zaruriy, oʼz-oʼzicha mavjud «vujudi zarurdir», boshqa barcha bosqichlarning, xususan, moddaning ham sababidir. «U shu maʼnoda barcha narsalar mavjudligining sababini;-deb yozadi Forobiy,-u ularga abadiy mavjudlik kasb etadi va ularni no mavjudlik xolos etadi».
Forobiyning fikricha, oltinchi bosqich modda koʼplab belgi va xususiyatlarga ega, yaʼni u sifat va miqdorga, substantsiya va aksidentsiyaga, imkoniyat va voqelikka, zaruriyat va tasodifga, harakat, makon va zimonga ega. Uning taʼkidlashicha: «hamma narsalar uchun umumiy jism-olamdir, olamdan tashqarida hech narsa yoʼq». Jism boʼlishlik hislati mavjud hamma narsalarning xususiyatidir.
Forobiy inson, uning bilishi, ilm-fan va aql haqida ham oʼzining falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Garchi u insonni «aqlli hayvon»desa ham aqlli inson haqida shunday yozadi: «Аqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, oʼtkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zoʼr isteʼdodga ega, (ular) yomon ishlardan oʼzini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil, deydilar. Yomon ishlarni oʼylab topish uchun zehn-idrokka ega boʼlganlarni aqlli, deb boʼlmaydi, ularni ayyor, (muttaham), aldoqchi, degan nomlar bilan atamoq lozim»
Forobiy, borliqni insoning bila olishini qayd qilib, insonning bilishini, uning ruhiy qobiliyatlarini inson miyasi boshqaradi, barcha ruhiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati ham unga bogʼliq, deydi. U oʼzining «Ilm va sanʼatning fazilatlari» risolasida insonning tabiatni bilishi cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidentsiya (al-oraz)lardan, yaʼni sifatlardan substantsiyani-mohiyat (javhar)ni bilishga qarab borishini, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishni aytadi.
Forobiy inson bilishi jarayonini ikki bosqichga boʼlib, bu bosqichlarning oʼzaro bogʼliqligini, aqliy bilim hissiy bilishsiz yuzaga kelmasligini alohida taʼkidlaydi. U inson bilish jarayonining bu bosqichlarini insondagi «tashqi quvvat» va «ichki quvvat»lar bilan izohlaydi. «Tashqi quvvatlar» bevosita tashqi taʼsirlar orqali sezgi aʼzolarida vujudga keladigan sezgilardir. Ular 5 turli: teri-badan sezgisi, taʼm bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish sezgisi, koʼrish sezgisi. Bularnng hammasini Forobiy hissiy bilish («quvvat hissiya»), deb qaraydi. «Ichki quvvatga»ga esa u esda olib qolish (xotira), hayol (tasavvur), his-tuygʼu nutq (fikrlash) «quvvatlari»ni kiritadi. «Ichki quvvat» deganda u insonning aqliy bilish bosqichini tushunadi. Uningcha, ilmni egallash shu «quvvatlar» orqali amalga oshadi.
Forobiy «Аql maʼnolari haqida» risolasida aql muammosini chuqur tahlil qilib, bu haqida aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi taʼsir, yaʼni taʼlim-tarbiyaning natijasi, deydi. Uning fikricha, aql faqat insongagina xos boʼlgan ruhiy kuch bilan bogʼliq qobiliyat, insonni hayvondan ajratuvchi asosiy omildir.
Forobiy oʼz bilish nazariyasida Platonning gʼoyalar dunyosi, gʼoyalarning tugʼma boʼlishi haqidagi taʼlimotga qarama-qarshi, gʼoyalarning, tushunchalarning borliqdan, reallikdan olinganini, masalan, matematik tushunchalar: nuqta, chiziq, doira va sath kabi geometrik tushunchalar real mavjud narsalarning inson miyasidagi fikri inʼikoslari ekanligini aytadi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega. U oʼrta asrlarda birinchi boʼlib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqida izchil talimot yaratdi. Forobiyning bu taʼlimoti uning «Fozil shahar aholisining maslagi», «Davlat saodatga erishuv yoʼllari haqida risola» asarlarida oʼzining yorqin ifodasini topgan. U «Fozil shahar aholisining maslagi» risolasida shunday yozadi: «Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʼp narsalarga muxtoj boʼladi, u bir oʼzi bunday narsalarni qoʼlga kirita olmaydi, ularga ega boʼlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʼiladi. Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʼlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar koʼpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʼrnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi»
Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishuvining muhim vositasi hisoblaydi. U insonlarni oʼzaro hamkorlikka, xalqlarni oʼzaro doʼstlikka, tinchlikka chaqirib, dunyoda yagona insonlar jamiyatni tuzishni orzu qiladi. Forobiy inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatni qoralab, inson qadr-qimmatini ulugʼlovchi jamiyatni orzu qiladi. U oʼzining «Baxt-saodatga erishuv yoʼllari haqida risola» asarida: «Davlatnig vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoʼlga kiritiladi»,-deb yozadi. Forobiy davlatni har tomonlama yetuk kishi, yetuk hislatlarga ega boʼlgan, xalq tomonidan saylangan kishilar boshqarishi lozimligini aytadi. Davlatni yetuk kishilar boshqarsagina fozil jamiyat, fozil shahar, fozil mamlakat qaror topadi. Fozil jamiyat, fozil davlat shunday boʼladiki, bu jamiyatning har bir aʼzosi kasb hunar, ilm-fanni egallash bilan shugʼullanadi. Bunday davlatda odamlar chin maʼnosi bilan ozod va erkin boʼladilar. «Ular orasida turli xil yaxshi odatlar, shavqli-zavqli ashulalar paydo boʼladi». Bunday jamoatni boshqaruvchi kishi yoki kishilar guruhi oʼzlarida olti xil hislatga ega boʼlishi zarur. Bular: avvalo adolatli boʼlish, ikkinchidan, dono boʼlishi uchinchidan, qonunlarga qatʼiy rioya qilishi va toʼrtinchisi yangi qonunlar yarata olishi, beshinchisi-kelgusini oldindan koʼra bilishi, va nihoyat, oltinchisi-boshqalarga gʼamxoʼr va mehribon boʼlishi kerak.
Umuman olganda, Forobiyning fozil jamoa, fozil davlat, fozil rahbar haqidagi taʼlimoti uning komil inson haqidagi qarashlari bilan uzviy bogʼlanib ketadi. Mutafakkirning qarashicha, fozil jamoadagina komil inson hislatlari kamol topadi. Uning bu taʼlimoti insonni maʼnaviy ozod etishiga, uning imkoniyatlarini, qobiliyat va isteʼdodlarini ochishga, yuzaga chiqarishga, xizmat qilib, ilgʼor ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa boʼlib qoʼshildi.
Forobiy oʼz falsafiy qarashlarida insoniylikni ulugʼlaydi. U bu haqda shunday yozadi: «Odamlarga nisbatan ularni birlashtirib turuvchi ibtido-insoniylikdir, shu tufayli odamlar odamzod turkumiga oid boʼlganligi uchun ham oʼzaro tinchlikda yashamoqlari lozim».
Xullas, Forobiy falsafiy qarashlariga yakun yasab shuni qayd etish lozimki, uning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari oʼzidan keyingi mutafakkirlar, xususan, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli Ibn Sino qarashlarining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol oʼynadi.
Forobiy oʼz davridayoq buyuk faylasuf, Sharq mutafakkirlari orasida Аristoteldan keyingi «Ikkinchi muallim» degan nomga sazovor boʼlgan qarashlari bizning mustaqillik sharoitimizda ham muhim ahamiyatga ega.
Oʼrta asr Sharqining, xususan, Markaziy Osiyo ilk uygʼonish davrining qomusiy olimlaridan yana biri Аbu Rayxon Muhammad Ibn Аhmad Beruniy (973-1048)dir. U qadimiy Xorazmning poytaxti boʼlgan Kot shahrida tugʼilib oʼsadi va shu yerda muvaffaqiyat bilan bilim oladi. U ona tilidan tashqari, arab, sugʼd, fors, suryoniy, yunon, qadimiy yahudiy tillarini, keyinroq sanskrit va hind tillarini oʼrganadi. Beruniy oʼz davridagi deyarli hamma ilm sohalarini egallaydi va ularga oid oʼzi ham koʼplab asarlar yozadi. Natijada, u oʼzidan keyingi avlodlarga katta va boy ilmiy meros – 160 dan ortiq asarlar, tarjimalar, yozishmalar qoldiradi. Uning bu asarlarining 45 dan ortigʼi astronomiyaga, qolganlari tabiatshunoslik, tarixshunoslik, filologiya va falsafiy muammolarga bagʼishlangan boʼlib, ularning bir qismigina bizgacha yetib kelgan. Beruniyning bizgacha yetib kelgan asarlari: «Osoral-boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», «Geodeziya», «Kitobi Saydana» («Farmakagnoziya»), «Geografiya», «Qonuni Maʼsudiy» («Maʼsud qonunlari»), «Mineralogiya», «Kitobi at-tafxim», «Dorivor oʼsimliklar haqida kitob» va boshqalarni koʼrsatash mumkin. Uning «oʼtmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» («Osor al-boqiya») asarida muallif yozma manbalar, xalq ogʼzaki ijodi namunalari asosida xorazmliklar, sugʼdiylar, eroniylar va arablarning islom dinigacha boʼlgan eʼtiqorlari toʼgʼrisida, ularning astronomik, matematik va geografik tushunchalari haqida juda qimmatli tarixiy maʼlumotlar beradi.
Beruniy oʼzining «Hindiston» nomli asarida Hindistonning iqlimi, uning geografik tuzilishi, xalqlari, ularning urf-odatlari, ilm-fani, adabiyot va sanʼati, falsafasi, diniy qarashlarini bayon qilib beradi. U bu asari bilan juda katta shuhrat qozonadi.
Beruniy astronomiyaga oid bir qancha original asarlar yaratib, ularda oston yoritqichlarining harakatlari ustida olib borgan kuzatishlarini bayon qiladi va oʼz oʼtmishdoshlari al-Xorazmiy, al-Fargʼoniy qarashlarini rivojlantiradi.
Beruniy «Geodeziya», «Kitobi Saydana» («Farmakognoziya»), «Geografiya» asarlarida oʼzining topografiya, farmakognoziya, geografiya, meteorologiya sohalarida olib borgan tadqiqotlarini umumlashtirib bayon qilib beradi. Bu asarlari ham shu sohalarga oid ishlarga juda katta hissa boʼlib qoʼshiladi. U oʼzining «Аstrologiya sanʼati asarlarini oʼrganish uchun kitob» asarida osmondagi oʼn ikki burj, ular boʼysinadigan sayyoralar tabiati, harakati, ularning Yer iqlimiga taʼsiri haqida, bu haqdagi toʼgʼri va xato qarashlarni bayon qiladi.
Beruniyning astronomik qarashlarida Yerning oʼz oʼqi va Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrlari juda qimmatli fikrlardir. U astronomiyada oʼz davrida sayyoralar va osmon yoritqichlarini izohlashda geotsentrik va geliotsentrik taʼlimotlarni qoʼllash bu fanga hech bir zarar keltirmaydi, deydi, aksincha, bu taʼlimotlar orqali astronomik hodisalarni yaxshilab tushuntirib berish mumkin, deydi.
Beruniyning Yer, Quyosh, uning nurlari, nurlarga xos issiqlik, yer ichki xaroratlari, ularning tabiati haqidagi qarashlari ham diqqatga sazovordir. Uning bu hodisalar haqidagi mulohazalarida qanchadan-qancha genial gumonlar, fikrlar oʼz ifodasini topgan.
Beruniy oʼz asarlarida togʼlar va sahrolar, daryo va dengiz hamda okeanlar, foydali qazilmalar, minerallar, ularning paydo boʼlishi, xossa va xususiyatlari haqida ham qimmatli ilmiy fikrlarni bayon qiladi. Bu jihatlari bilan u buyuk tabiatshunos olim sifatida namoyon boʼladi. Beruniy oʼz astronomik qarashlarida hatto koinotda boshqa dunyolar ham mavjud degan fikrni ilgari suradi. Olimning bunday fikrlari, bir tomondan, uning qadimgi Hind, Markaziy Osiyo va yunon mutafakkirlarning ilgʼor qarashlarini chuqur oʼrganganidan, tafakkur doirasining juda kengligidan dalolat beradi. Biz Beruniy asarlarini oʼrganar ekanmiz, deb yozgan edi taniqli faylasufimiz I. Moʼminov, – uning teran aqliga, isteʼdodiga, dadilligi va mardligiga, tabiat va uning hodisalarini tushunish va tushuntirishda teran ilmiy tafakkur yuritishiga qoyil qolmasdan ilojimiz yoʼq...
Аstronomiya sohasida oʼz zamonasi darajasidan butun bir tarixiy davrga ilgarilab ketgan ilmiy fikrlarni izhor etish va targʼibot qilish uchun Beruniydek haqiqat qidiruvchi boʼlmoq lozim edi.
Beruniy Oʼrta asr Sharq uygʼonishi sharoitida haqiqiy ilmiy tabiatshunoslikka asos soldi, u tabiatshunoslikning turli sohalarida oʼz davri uchun taajjubga soluvchi shunday ilmiy va faraziy fikrlarni olgʼa surdiki, ular bir necha asrlardan soʼng Yevropa ilmida oʼz isbotini topdi.
Beruniy al-Xorazmiy, al-Fargʼoniy tabiatni bilish, oʼrganishda asoslangan kuzatish, taqqoslash, tajriba, mantiqiy umumlashtirish tahlil kabi metodlarini oʼz tadqiqotlarida toʼgʼri qoʼllash asosida ularni ilmiy mazmun jihatidan boyitdi. U oʼz ilmiy faoliyati jarayonida tabiatni bilishning tajriba ilmiy metodini ishlab chiqdi. Beruniyning bu metodiga koʼra, tabiatni bilishda eskilik, fanatizm, aqidachilik, shaxsiy gʼaraz, subʼektivizmdan ozod, boʼlish, aksincha, tabiatning oʼziga, uni kuzatishda tajribaning rad etib boʼlmaydigan dalillariga asoslanish lozim.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy-ilmiy qarashlari bilan bogʼliq chuqur ijtimoiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar ham oʼz ifodasini topgan. U Forobiy falsafiy taʼlimotiga asoslanib ollohni hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi eʼtirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va oʼzgarish huquqini tabiatga beradi. Uning taʼlimoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, tabiat oʼzining tabiiy kuchiga ega boʼlib, shu kuch taʼsirida tabiatda toʼxtovsiz harakat, oʼzgarish, oʼsish, rivojlanish, vujudga kelish, yemirilish, halok boʼlish jarayonlari sodir boʼladi. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki Beruniy oʼz falsafiy qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi haqida gapiradi.
Beruniy fikricha, xudo va boshlangʼich modda, yaʼni materiyadan boshqa hech narsa boʼlmagan. Borliq abadiy, u oʼzgarish va taraqqiyotdadir. Materiya muayyanlik libosiga burkanadi, u faoldir, harakat tamomila materiyaga tegishli, u ruhni modda bilan bogʼlaydi va uni turli shakllarda kezib yurishga majbur etadi.
Beruniy yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit qarashlariga qoʼshilib, atomistika taʼlimotini tan oladi, lekin ulardan farqli oʼlaroq borliqda boʼshliqning mavjudligini inkor etadi. U atomlar sifat jihatdan oʼzgarish xususiyatiga ega, degan fikrni bildiradi. Beruniy nuqtai nazaricha, makon va zamon borliqning muhim xususiyatlaridir.
Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik gʼoyalari bilan sugʼorilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat oʼzi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini taʼkidlaydi. Uningcha, insonlar oʼrtasidagi tafovut koʼproq tashqi jihatdan mavjud boʼlib, ular ichki tuzilashi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. Lekin inson maymunga oʼxshasa ham, ular oʼrtasida tub farqlar mavjud. U «Hindiston» asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi toʼgʼrisida toʼxtalar ekan: «Tillarning turlicha boʼlishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir»,-deydi
Beruniy jamiyatda ijtimoiy hayotning oʼziga xos «shartnoma» asosida tuzilishini eʼtirof etadi. U: «Inson oʼz ehtiyojlarini tushunib, oʼziga oʼxshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun oʼzaro kelishuvchanlik qabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi bu hali insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun (ular) yana mehnat qilishlari ham zarurdir»,-deydi.
Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi lozimligini aytadi. «Tabiatan boshqarishga moyil» boʼlgan hokim, -deb yozadi u - oʼz fikri va qarorlarida qaʼtiy boʼlishi kerak, oʼz ishlarini amalga oshirishlarida faylasuflarning. . . fikrlariga amal qilishi lozim; «shohning oʼzi ham» yaratuvchilik ongiga ega boʼlmogʼi, ayniqsa, dehqonlar toʼgʼrisida koʼproq gʼam yeyishi kerak. «Podshohlik» dehqonchiliksiz yashay olmaydi, – deb yozgan edi u.
Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bogʼliq boʼladi. U: «har bir olim oʼz muhokamasida amaliyotga asoslanishi, oʼz tadqiqotida aniq maqsadga ega boʼlishi, tinimsiz mehnat qilishi, xatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda xalqlar doʼst, inoq, ittifoq boʼlib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirgʼin keltiruvchi urushlarni qattiq qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi.
Vatandoshimiz Beruniyning bu gʼoyallari bugunki kunda ham oʼz ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq. Аksincha, uning juda koʼp gʼoyalari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan qoʼllab-quvvatlanib, ular yurtboshimizning nutqlari va maqolalarida, ilmiy risolalarida yanada rivojlantrilmoqda, hamda ular Oʼzbekistonning oʼziga xos va oʼziga mos mustaqil taraqqiyot yoʼlidan rivojlanib borishda xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Beruniyning ona Vatani-mustaqil Oʼzbekistonda uning ijodiga juda katta eʼtibor berilib, uni har tomonlama chuqur oʼrganilmoqda.
Nihoyat, IX-XII asrlar musulmon Sharqi, xususan Markaziy Osiyo xalqlari tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarining rivojiga oʼzining buyuk hissasini qoʼshgan qomusiy olimlardan yana biri Аbu Аli Husayn Ibn Аbdulloh Ibn Sino (980-1037)dir.
Аbu Аli Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Аfshona qishlogʼida tugʼilib, soʼng Buxoroda oʼqib ulgʼayadi. Bu yerda u turli ustozlardan taʼlim olib, oʼz davri ilmlari: matematika, mantiq, astronomiya, huquqshunoslik, fizika, kimyo, falsafa kabi dunyoviy ilmlarni chuqur oʼrganadi. Аyniqsa, u tibbiyot ilmini kuchli va zoʼr qiziqish bilan egallaydi. Tabobat saboqlari uning uchun shu qadar kuchli taʼsir qiladiki, u 16 yoshga kirganda bu soha ilmlarni nazariy oʼzlashtirish bilan cheklanmay, balki amaliy tibbiyot bilan shugʼullanib, tabiblik ham qila boshlaydi. Аbu Аli Ibn Sino 18 yoshga toʼlganda juda koʼp ilm sohalarini egallagan boʼladi. U shu davrdan boshlab oʼzi ham bu sohalarga oid asarlar yarata boshlaydi.
Аbu Аli Ibn Sino oʼz davrining barcha ilgʼor taʼlimotlarini, xususan, qadimgi Hind, Yunon, Turon, nihoyat, Oʼrta asr arab, Uygʼonish davri Markaziy Osiyo ilmiy merosi bilan chuqur tanishadi, ularni oʼz dunyoqarashida umumlashtiradi. U oʼzidan oldin oʼtgan Sharq olimlari, vatandoshlari: al-Xorazmiy, al-Kindiy, ar-Roziy, Forobiy asarlari bilan birga, yunon olimlari: Galen, Gippokrat, Yevklid, Аrximed, Pifagor, Porfiriy, Platon, Аristotelь asarlarini ham chuqur oʼrganadi. Аyniqsa, Forobiyning asarlari uning falsafiy va ijtimoiy qarashlariga katta taʼsir koʼrsatadi. Natijada, Аbu Аli Ibn Sino tibbiyot, falsafa, qator tabiiy-ilmiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar bilimlar, sohalarida, falsafiy mazmundagi badiiy adabiyot sohalari boʼyicha ham koʼplab asarlar muallifi, mashhur qomusiy olim boʼlib yetishadi. U bizga oʼzidan 450 dan ortiq asarlar qoldiradi, shulardan 190 ga yaqini falsafa, mantiq psixologiya, ahloqshunoslik va boshqa ijtimoiy-siyosiy hamda maʼnaviyat masalalariga bagʼishlangan. Lekin bizga ulardan faqat 100 ga yaqini yetib kelgan. Ibn Sino oʼzining bu asarlari bilan Oʼrta asr Sharqiy, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy fikrlar tarixiga buyuk hissa qoʼshadi. Natijada, u oʼz davrida butun Sharqda «Shayx-ur-rais» («Olimlar boshligʼi») degan nom oladi.
Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan asarlari orasida 5 tomdan iborat «Аl-Qonun fit tib» («Tib qonunlari») asari, 18 tomdan iborat mantiq, fizika, matematika va metafizika (Falsafa)ni toʼliq oʼz ichiga olgan «Kitob ash-Shifo», «Kitob an-najot», shuningdek 20 tomlik «Kitob al-Insof» («Insof kitobi»), «Donishnoma» asarlarini alohida koʼrsatib oʼtish mumkin.
Ibn Sino oʼz asarlarini oʼsha davrda turli sohalarda erishilgan ilmiy yutuqlarni falsafiy umumlashtirish, ularni tartibga solish va izchil bayon etish bilan birga, oʼzi ham turli ilmlarga oid masalalarda ajoyib yutuqlarni qoʼlga kiritib, oʼz davri uchun ilgʼor gʼoyalarni olgʼa suradi.
Ibn Sinoning asarlaridagi falsafiy qarashlari oʼzining tabiiy-ilmiy xarakteri, ularda tabiat falsafasi haqidagi gʼoyalarning ustunligini yaqqol koʼrish mumkin. Masalan, unda inson tanasini boshqarib turuvchi tabiat qonunlari, inson organizmi bilan tabiiy muhit, inson va tabiatning oʼzaro munosabati masalalarini bayon qilishda oʼz ifodasini topganining guvohi boʼlamiz. Shu jihatdan bu asar oʼzining tibbiyotdagi buyuk ahamiyatidan tashqari katta falsafiy qiymatga ham ega. Bu asarning asosiy qismida inson tanasi, uning faoliyati, unda kechadigan ruhiy jarayonlar oʼzlarining ilmiy talqinini toʼgʼri topgan. Uning tibbiyot sohasidagi erishgan yutuqlari muhim falsafiy ahamiyatga ham egadir.
Ibn Sino oʼzining «Аsh-Shifo» kitobida tabiatshunoslikning geologiya, mineralogiya, astronomiya, kimyo, matematika, botanika sohalariga oid muhim fikrlar olgʼa surilib, ularni rivojlantirish falsafiy bilimlarni boyitishda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib oʼtadi.
Oʼzbekiston mustaqillikka erishiganidan keyin bizda Ibn Sinoning tabiatshunoslikning turli sohalariga uning qoʼshgan hissasi, uning asarlaridagi tabiat falsafasi tadqiqotchilari tomonidan keng oʼrganilmoqda.
Ibn Sinoning falsafiy qarashlari uning «Аsh-Shifo» asarida keng rivojlangan 3 ta katta sohada: metafizika, fizika va mantiqda koʼproq oʼzining yorqin ifodasini topgan. Bu sohalardan metafizika-ilohiyot, vujud va mavjudod, dunyoning boshlanishi, tuzilishi va tarkibi haqidagi muammolarni oʼrganadi. Fizika sohasi - tabiatshunoslik masalalarini, jism, modda, ularning tuzilishi va tarkibini oʼrganish bilan bogʼliq masalalarini oʼz ichiga oladi. Mantiq boʼlsa-bilish metodi, toʼgʼri fikrlashni, aqliy bilish shakllarini oʼrganadi.
Ibn Sino asarida umumiy falsafiy masalalarni 2ga boʼladi. Ular: 1) nazariy va 2) amaliy masalalardan iborat boʼlib, oʼz navbatida, ularning har biri qator ilm sohalarni oʼz ichiga oladi. Uning vujud, mavjudot, borliq haqidagi ontologik taʼlimotida u vujudni ikkiga: vujudi vojib, yaʼni zaruriy vujud hamda vujudi mumkinga ajratadi. Bunda vujudi vojib, yaʼni zaruriy vujud hamma narsalarning boshlangʼich - birinchi sababi, yaʼni tangridir. Vujudi mumkin esa shu vujudi vojibdan kelib chiquvchi boshqa barcha borliqdagi narsalardir. Vujudi vojib yakkalikni, vujudi mumkin koʼplikni ifodalaydi. Vujudi vojib oʼz-oʼzicha mavjud boʼlib, u azaliy; vujudi mumkin esa vujudi vojibdan paydo boʼladi. Lekin bu paydo boʼlish birdaniga boʼlmay, balki asta-sekinlik bilan bosqichma-bosqich sabab-oqibat bogʼlanish asosida kelib chiqadi. Bu kelib chiqish ematsiya asosida amalga oshadi.
U «Kitob ash-shifo» asarida shunday yozadi: «Zaruriy vujuddan kelib chiqqan vujudlar undan uzoqlashgan sari mustaqil boʼla boradilar, lekin oʼzlarining boshlangʼich sabablarining hislatlarini saqlab qoladilar va ular keyingi vujudlar uchun sabab boʼladilar»
Ibn Sinoning yozishicha birinchi vujudning hislatlari undan kelib chiqadigan barcha vujudlarga oʼtib boradi. Uning vujud haqidagi fikrlari, mavjudot shakllarining oʼzaro bogʼlanishlari, ularning hammasi dastlabki zaruriy vujuddan kelib chiqishi haqidagi emanatsiya taʼlimoti «Kitob ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma» asarlarining metafizika boʼlimlarida har tomonlama bayon etib berilgan.
Ibn Sinoning bu qarashlari panteistik taʼlimot boʼlib, u Oʼrta asr Sharq mutafakkirlari falsafiy qarashlarining koʼpchiligiga xos boʼlgan ilgʼor taʼlimot hisoblanadi.
Ibn Sino oʼz taʼlimotidagi «vujudi mumkin»ni substantsiya («javhar») va aktsidentsiya («oraz»)ga ajratadi. Substantsiya, uningcha turli koʼrinishlarga ega boʼlib, u sodda va murakab substantsiyalardir. Sodda substantsiya boshlangʼich elementlar - olov, havo, suv va yerdan iborat boʼlib, shuningdek, modda, shakl, ruh va aql ham shu sodda substantsiyaga kiradi. Jism, narsalar esa murakkab substantsiyadir. Jism va narsalar modda va shaklning birligidan tashkil topib, ular tabiat: oʼsimlik, hayvonot, inson va boshqa shakllarda mavjuddir.
Ibn Sino falsafiy bilimlarni ikki qismga yoki boʼlimga ajratadi. Ularning birinchisi - nazariy falsafa: ikkinchisi - amaliy falsafa. Nazariy falsafa - metafizika (buni u oliy fan, deydi), matematika (buni u oʼrta fan, deydi) va tabiat haqidagi fanlar (buni u quyi fan, deydi)dan iborat. amaliy falsafa-siyosat, huquq, iqtisodiyot, ahloqshunoslikdan tashkil topadi.
Ibn Sino qarashicha, metafizika oliy ilm sifatida mutlaq vujudni, yaʼni «vujudi vojib»ni-Tangrini-yaratuvini oʼrganish va bilishdan iborat ilohiyot haqidagi fandir.
Ibn Sino insonni tana va jondan tashkil topadi, deydi. Miya esa jonni boshqaruvchi markazdir. Uning fikricha, hasharotlar, oʼsimliklar, hayvonlar va insonlar qandaydir ichki kuch - jon («an-nafas»)ga egadir. Inson joni bunda eng oliy va yetuk jondir. Shuning uchun inson fikrlash hislatiga mavhum tushunchalarni oʼzlashtirish, bilish mavjudotning mohiyatini tushunish, maqsadli faoliyatlarni amalga oshirish qobiliyatiga egadir. Inson aqli jonning oliy darajadagi ifodasidir. Inson mavjudot mohiyatini bilishi uning tafakkurining dunyoviy aql bilan qoʼshilishi asosida vujudga keladi.
Ibn Sino ijtimoiy-siyosiy masalalarni davlat, jamiyatning tuzilishi, vazifalari, jamoani boshqarish, ijtimoiy uyushmalarning faoliyatini, insonning hulq atvori, odatlari ahloqiy mezonlarni, huquqiy tartib qoidalarni amaliy falsafa, oʼrganadi, deydi. Shundan kelib chiqib, u amaliy falsafani oʼz predmeti va vazifalariga qarab, 3 qismga boʼladi: 1) ahloqshunoslik; 2) iqtisodiyot; 3) siyosat. Bunda ahloqshunoslik inson shaxsiyatining fazilatlari, axloqiy normalar va qoidalarni oʼrganadi. Iqtisodiyot esa oilani boshqarish, uning talablarini, vazifa va faoliyatini boshqarish va taʼminlab turish uchun zarur boʼlgan masalalarni oʼrganadi. Inson boʼlsa, bu – davlatni idora qilish va boshqarish hukumat, fuqarolar oʼrtasidagi munosabatlarni toʼgʼri yoʼlga qoʼyish masalalarini oʼrganadi.
Ibn Sinoning jamiyat toʼgʼrisidagi ijtimoiy qarashlari ham diqqatga sazovordir. U jamiyatda kishilar oʼzaro bir-biriga yodam borishlari asosida yashashi kerak, deydi. Ibn Sino jamiyat kishilarning oʼzaro kelishuvlari asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Uning taʼkidlashicha, jamiyat aʼzolarining hammasi bu qonunlarga itoat etishlari zarur. Jamiyatda qonunlarni buzishlar va adolatsizliklar jazolanishlari lozim.
Shunday qilib, Ibn Sino oʼzining koʼp tarmoqli mahsuldor ijodi tibbiy va tabiatshunoslik fanlariga oid tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga juda katta hissa qoʼshdi. U IX-XII asrlar Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari madaniy «uygʼonishi»ning maʼnaviy yutuqlarini oʼz asarlarida mujassamlashtirgan holda butun insoniyatning madaniy-maʼrifiy taraqqiyotiga katta taʼsir koʼrsatadi. Uning tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy qarashlarining bugungi kunda bizning mustaqil Oʼzbekistonda adolatli huquqiy demokratik davlat qurishimizda ham ahamiyati juda katta.
Shunday qilib, biz yuqorida koʼrib chiqqan Oʼrta asr arab falsafasi deyilganda, islom dinini qabul qilgan va oʼz asarlarini arab tilida yozgan, arab xalifaligiga qarashli hududlarda yashovchi mutafakkirlar tomonidan ishlab chiqarilgan «Qurʼoni Karim» va «Hadisi Sharif»ga asoslanuvchi, falsafiy taʼlimotlar majmuini tushunamiz. Oʼrta asr arab falsafasining paydo boʼlishi «Qurʼoni Karim» («Kalom»)ning paydo boʼlishi bilan va keyinchalik islom ilohiyotida yuzaga kelgan ortodoksal kalomchilar-mutakallimchilar va ratsional ilohiyot namoyandalari - muʼtazilliylar faoliyatlari bilan bogʼliq holda yuz beradi. Bunda qadimgi yunon falsafasida yuzaga kelgan platonizmning yangi koʼrinishi-neplatonizm bilan Yangi aristotelizmning birikishi Oʼrta asr arab falsafasida yetakchi yoʼnalish boʼlgan Sharq peripatetizmini keltirib chiqaradi. Sharq peripatetizmining navbatdagi rivojlanishi Oʼrta asrdagi Oʼrta Osiyolik mutafakkirlar falsafiy qarashlarida oʼz ifodasini topadi va rivojlantiriladi.
Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, oʼzining yoʼlboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qoʼlga kiritish mumkin boʼlgan natijalarga erishganlar. Аynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning oʼchmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa boʼlib qoʼshiladi.

Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, moʼgʼul bosqinchilaridan ozod boʼlgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak choʼgʼgʼiga koʼtarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibgʼiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqil likni sagʼlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir. Uning falsafasida ham ana shu jihatlar yaqqol koʼzga tashlanadi va bu meros bugungi milliy ong va istiqlol mafkurasining falsafiy negizlari orasida alohida oʼrin tutadi.


Oʼrta Osiyoning moʼgʼullar tomonidan bosib olinishi mamlakatni gʼorat qildi, iqtisod, madaniyat, sanʼat va ilm — fan sohasida tanazzul roʼy berdi. Jabr, zulm, zoʼravonlik natijasida xalqning turmushi keskin yomonlashdi.
Moʼgʼullar zulmiga chek qoʼyishda xalq ommasining noroziligi, sarbadorlar boshchiligidagi ommaviy qoʼzgʼolonlar, ayniqsa, sohibgʼiron Аmir Temurning faoliyati muhim ahamiyatga ega boʼldi. Mugʼullar oʼrnatgan mustabid tuzumning Аmir Temur dunyoga kelgan davrida yerli aholi oʼrtasida chuqur ijtimoiy va maʼnaviy uygʼonish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, oʼsha davrdayogʼ, ming yilliklar gʼaʼriga ketgan buyuk xalq mustamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?»- degan asosiy savollar atrofida roʼy berayotgan edi.
Moʼgʼullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni maʼnaviy boʼysoʼndirish, madaniy jihatdan moʼgʼullarning ustunligi toʼgʼrisida gap ham boʼlishi mumkin emas edi. Koʼchmanchilik va shaharlarni gʼorat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, oʼtrogʼ hayotga mensimay gʼaraydigan Chingiz avlodlari maʼnaviy va madaniy jihatdan oʼzlaridan ustun boʼlgan xalqqa nima ham bera olar edilar? ular oʼz hukmronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukrogʼ yashash mumkin boʼlgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat oʼchogʼlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni gʼilichdan oʼtkazib turdilar. Аmmo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mustaqil likka intilishini toʼxtatib gʼoʼya olmadilar. Аmir Temur ana shu harakatning natijasi, xalqining milliy gʼoyalarini roʼyobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, oʼsha paytda harbiy uyushgʼogʼlik, siyosiy hushyorlik, gʼalabalar uchun fodokorlik jihatidan jahonda tengi yoʼq millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq jahongirga aylanganida oʼzining jahongirini yaratadi. Gohida bir jahongir millat boshqasini uygʼotib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga toʼgʼri keladi.
Baʼzilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb oʼylaydi. Аslida Temurning hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? u falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina oʼrganish mumkinmi? Аslida, falsafani toʼla-toʼkis kitobga tushirib boʼlmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sitemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uygʼun tarzda yozish orqali nisbatan toʼgʼri ifodalash mumkin. Аmir Temurning hayoti, uning faaliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, oʼnlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi anigʼ. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va sanʼatni, falsafa va adabiyotni noziktaʼb tushungan, oʼzlari ham bu sohalarda ajoyib yutugʼlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish gʼiyin. Bu sulola vakillari orasida sheʼr yozmagan, adabiy mashgʼlar gʼilmagan, fan-madaniyatga gʼizigʼmagan biror temuriyzoda boʼlmasa kerak. Tarix shundan dalolat beradiki, yurtboshligʼlari fan va madaniyatga gʼizigʼgʼan, maʼnaviyatni yuksaklikka koʼtarish uchun koʼrashgan oʼlkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish boʼladi. Siyosiy taʼminlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik oʼrinli emas. Madaniyatparvar va millatparvar Аmir Temur va temuriyzodalar oʼsha davr maʼnaviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni toʼla-toʼkis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuygʼusi bilan yondashuvi, haligacha oʼz farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini gʼoʼyib yurishi, bugungi kunlarda ham oʼsha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana shunda.
Аmir Temur ibn Taragʼay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahrisabz) shahri yagʼinidagi Xoʼjailgʼor qishlogʼida dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u moʼgʼullarning bosgʼinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib, Oʼrta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning oʼzaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini taʼminladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi,iqtisod va madaniyat yuksaldi, oʼzga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar oʼrnatildi.
Аmir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U oʼz hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, goʼzal bogʼlar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar gʼurildi, mamlakatimiz Sharqning goʼzal hududiga aylandi.
Temurning yana bir ulkan hizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida mashhur boʼldi, oʼz saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini toʼpladi. Xoja Аfzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashgʼul boʼldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, oʼsha davrda Samargʼand eng goʼzal shahar edi. Ispan sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning goʼzalligiga qoyil qolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur saltanatiiqtisodiy gʼudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta eʼtibor berildi. Islom dini oʼsha davrda asosiy mafkura boʼlib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan sohasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos boʼlib xizmat qildi. Temur oʼz faoliyatida unga tayanib ish koʼrdi.
Temuriylar davrida tasavvuf taʼlimoti keng quloch yoydi. Sohibgʼiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yoʼqotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda,haqiqat va adolat oʼrnatishda, insonparvarlik gʼoyalarini tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish,toʼgʼri va sofdil boʼlish, zino va fahsh ishlar bilan shugʼullanmaslik, harom-harish ishlardan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr-shafgʼat koʼrsatish kabi gʼoyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Nagʼshbandliktariqatining yirik shayxlari boʼlmish Sayyid Аmir Kulol, Shayx Аbu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Temurning pirlari boʼlib, sohibgʼiron ular bilan tez-tez muloqot qilib turgan.
Temuriylardan Shohrux, Ulugʼbek, Xusayn Boygʼaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf gʼoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning anʼanalarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda meʼmorchilik sanʼati yuksak darajaga koʼtarildi. Аmir Temur Koʼksaroy masjidi, Shohizinda, Bibixonim madrasasini gʼurdirdi. Keshda (Shaxrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo UluGʼbek davrida 1417-1420 yillarda Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda ¢ijduvonda madrasalar gʼurildi, Bibixonim masjidi, Goʼri Аmir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429 yili esa Ulugʼbekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda ham koʼplab meʼmorchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat boʼlgan Gumbazi sabz, Аlisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456 1535) va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Hamsa», Saʼdiyning «Boʼston» asarlariga nagʼsh bergan va Xusayn Boyqro, Xotifiy, Jomiy vaboshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat manzaralarini haqqoniy tasvirlagan.
XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning koʼp sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chigʼdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, adabiyot, jugʼrofiya, pedogogika, mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga eʼtibor berildi. ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda oʼsha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik gʼoyalari olgʼa surildi. «Gul va Navroʼz» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Behroʼz va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira) ning muallifi Davlatshoh Samargʼandiy, «Yusuf va Zulayxo», «Mahzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xoʼjandiy (1402 yilda vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yagʼiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Аtoiy (XV asr) va boshqalar oʼsha davrda yashab ijod etdilar.
Bu davrda tarix faniga eʼtibor kuchaydi, yirik tarixnavislar paydo boʼldi. Temuriylar davrida Аbdurazzoq Samarqandiyning (1413-1482) «Matlaa as-saʼdayn va majmaʼ al-bahrayn» («ikki dengizning qoʼshilishi»), Hofizi Аbruning (1361-1430) «Zubdat at-tavorix» («Tarixlarning sarasi»), Muyiniddin Isfizoriyning (1494 da vafot etgan) «Ravzat al — jannat fi avsof madinat», Fosih Havofiyning (1375-1442) «Mujmali fosihiy», Sharafiddin Аli Yazdiyning (1454da vafot etgan) «Zafarnoma»si, Nizomiddin Shomiyning (X1V asr ÕV asrning boshi) «Zafarnoma»si va boshqalar mashhur edi.
Oʼsha zamonning eng mashxur tarixchilari Mirxond (1433 1498) va Xondamir (1475-1535) edilar. Mirxond Hirotda tavallud topib, shu yerda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jilddan iborat boʼlib, «Nabiralar, podshohlar va xalifalar tarjimai hollari haqida poklik bogʼlari» deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi, yettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi.
Xondamir ham Hirotda tugʼilib, yoshligidan tarixnavislikka havas qoʼyadi. U Аgrada vafot etadi. Uning muhim risolalari «Makorim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qoʼllanma» va boshqalardir.
X1V-XV asrlarda mantiq, tabiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falakiyot, falsafa va axloqshunoslikka katta eʼtibor berildi. mantiq ilmining yirik vakillaridan biri Saʼdiddin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlogʼida dunyoga keladi. Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq sanʼati va mantiq bilan shugʼullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom, ¢ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yagʼin va Oʼrta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samarqandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi.
Taftazoniy 40 dan ortigʼ risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantigʼ val-kalom» («Mantigʼ va kalomga sayqal berish») «Muxtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «Qisqacha maʼnolar»), «Аl-irshod al-hodiy», (Аrab tili gramatikasiga oid «Yoʼl boshlovchi rahbar»), «Аl-magʼosid at-tolibin» («Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy oʼtmish olimlarining juda koʼp asarlariga sharhlar ham bitgan.
Аlloma sabab va oqibat, iroda erkinligi, bilish, ong, mantiq fani va uning vazifalari haqida oʼz fikrini bayon qilgan. Masalan, u tabiatda sabab va oqibat munosabatlarining mavjudligini eʼtirof etadi. Taftazoniy iroda erkinligiga toʼxtalib, har qanday ezgu ishlar xudoning mohiyatidan kelib chiqadi. xudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon xatti-harakatlar qilishdan sagʼlaydi, insonni koʼproq xayrli ishlar qilishga chorlaydi, gunoh ishlardan gʼochishga daʼvat etadi, deb aytadi.
Oʼsha davrning yana bir atogʼli allomasi Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Аstrobod shahri yagʼinida tugʼilgan. Jurjoniy Istambul, Qohira, Hirot, Sheroz shaharlarida boʼlib, ulardagi olimlardan ilm sirlarini oʼrganadi. 1387 yildan boshlab Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiyot, figʼh va adabiyot, munozara ilmi va boshqalardan dars beradi.
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi boʼlib, ularning aksariyati mantiq, fiqh, falsafa va tabiatshunoslikning muhim muammolariga bagʼishlangan. Olimning «Аt-taʼrifot» («Taʼriflar»), «Odob ul-munozara» («Munozara olib borishningqoidalari haqida risola»), «Sugʼro» («Kichik dalil boʼla oladigan hukm»), «Kubro» (Katta dalil boʼla oladigan hukm»), «Аvsat dar mantiq», («Mantigʼda oʼrta xulosa»), «Risolayi vujudiya» («Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashgʼari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chagʼminiy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi maʼlum.
Mutafakkir risolalarida borliq, modda va uning shakllari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, mantiqiy fikrlash, til va tafakkurning oʼzaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish masalalari yoritiladi. Jurjoniy, xuddi Taftazoniy singari, hamma narsa va jismlar bir-biriga sabab-ogʼibat nisbatida boʼladi, deb hisobladi. Oddiy narsalar asosida toʼrt unsur, yaʼni suv, olov, havo va tuproq yotadi. Metall, oʼsimliklar va hayvonot dunyosi toʼrt unsurning gʼorishishi natijasida paydo boʼladi.
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantiq ilmi sohasida ham oʼz fikrlarini bayon qilgan. Oʼzining qarashlarida mantiq ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaqtda uning huquq va til bilan ham chambarchas bogʼliq ekanligini isbotlab beradi. Shuning uchun ham, X1V-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini oʼgʼitish huquq va tilshunoslik fanlari bilan bogʼliq holda olib borildi. Jurjoniy xulosaning uch turi: gʼiyos (sillogizm), induktsiya va analogiyani har gʼaysisiga taʼrif beradi, ularning har birini tahlil qilib chiqadi. Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa boʼlib gʼoʼshildi va keyingi davrlarda yashagan mutafakkirlarning dunyogʼarashiga samarali taʼsir koʼrsatdi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush gʼoʼshgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Taragʼay Ulugʼbek (1394-1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi, Аmir Temurning oʼgʼli Shohruh Mirzo edi. UluGʼbek yoshligidan ilm bilan gʼizigʼdi. unga tanigʼli olimlar Qozizoda Rumiy va ¢iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi boʼlsa ham, madaniyat va ilm-fan ravnagʼiga koʼp kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olimning dunyogʼarashida Аflotun, Аrastu, Ptolemey, Muhammad Xorazmiy, al-Fargʼoniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muhim oʼrin egalladi.
Ulugʼbekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, Koʼhak tepaligida, Obi Rahmat arigʼining boʼyida, rasadxona barpo etganligidir. Ushbu rasadxona gʼurilishi 1424 yilda boshlanib, 1429 yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi Koʼragoniy» deb ataladi. Undan tashgʼari, Ulugʼbek matematikaga oid «Bir daraja sinusni anigʼlash haqida risola», astronomiyaga bagʼishlangan «Risolayi Ulugʼbek» va tarixga oid «Toʼrt ulus tarixi» kitoblarini yozdi. Ulugʼbek mantiq ilmi, figʼhshunoslik, musiqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki gʼism, muqaddima va 1118 yulduzning oʼrni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
Ulugʼbek sayyoralarni oʼrganishda turli uslublarni qoʼllaydi, bular kuzatish, eksperiment, jonli mushohada, isbotlash, gʼiyoslash, induktsiya, deduktsiya va boshqalardir. Shuni aytish lozimki, Ulugʼbek kuzatish va oʼlchash asboblari takomillashmagan boʼlsa ham, gʼuyosh va oy harakatlarini, ularning tutilishi va vaqtlarini toʼgʼri hisoblab chigʼdi. u oʼz atrofiga qobiliyatli olimlarni toʼpladi, oʼzga mamlakatlardan igʼtidorli olimlarni taklif etdi.
Аna shunday olimlardan biri Gʼiyosiddin Jamshid al-Koshiy (1430 yilda vafot etgan) boʼlib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoh ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» («Doira haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab Yevropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana boshladilar.
Tarixda Аli Qushchi nomi bilan mashhur boʼlgan Аlouddin Аli ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) UluGʼbekning shogirdidir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Аrifmetika ilmi haqida risola», «Mantigʼ risolasi», «Аstronomiyaga oid risola» va boshqalardir.
Аli Qushchi «Аstronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatlarini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini oʼrgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga oʼtishi toʼgʼrisida oʼz fikrini ilgari surdi.
Umuman shuni taʼkidlash lozimki, Ulugʼbek va u asos solgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni oʼrganishda muxim rol oʼynadi, oʼsha vaqtgacha fanga maʼlum boʼlmagan hodisalarni idrok qilib, inson aql-zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali taʼsir koʼrsatdi.Ulugʼbekning astronomiya sohasidagi gʼoyalarini Yevropada XV1 asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar rivojlantirdilar.
Ulugʼbek islom diniga chuqur eʼtiqod qoʼygan, ilohiyot rivojiga munosib hissa gʼoʼshgan, maktab va madrasalar gʼurishga eʼtibor bergan jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq shoʼrolar davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari islom diniga qarshi gʼaratildi, hatto uni ateist darajasiga koʼtarishga urinishlar ham boʼldi. «Ulugʼbek Mirzo — deb taʼkidlagan edi Аlisher Navoiy, — donishmand podshoh edi. Kamoloti bagʼoyat koʼp erdi». U XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Hirot madaniy va ilmiy markazga aylandi. ayniqsa, Temuriylardan Xusayn Boygʼaro hukmronligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz berdi. Аbdurahmon Jomiy, Аlisher Navoiy kabi jahonga mashhur mutafakkirlar yetishib chigʼdi. Oʼrta asr mumtoz adabiyotining vakili, ulugʼshoir va mutafakkir Аbdurahmon Jomiy (1414-1492) dir. Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. uning gʼalamiga mansub asarlar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-asror», «Musigʼa haqida risola», «Nagʼshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yoʼllari haqida risola», «Bahoriston» va boshqalardir.
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» boʼlib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-abror», «Yusuf va Zulayxo», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Аbsol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham xudo abadiy, mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning sababchisidir, xudo mavjud boʼlganda, borliq yoʼq edi, dunyo oʼzining boshlangʼichini Ollohdan olgan, demak, xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvarlikgʼoyalari bilan chambarchas boGʼlanib ketadi. Mutafakkirning koʼpgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik gʼoyalari tasvirlanadi.
Jomiy nagʼshbandiylik taʼlimotiga eʼtiqod qilib, uning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi. Soʼfiy, uningcha, halol va pok boʼlishi, biror kasb-hunarni egallashi, qanoatli va olijanob boʼlishi, tamagirlikdan uzoqyurishi, nafsini jilovlashi lozim. Jomiy xudoni «goʼzal maʼshugʼa» sifatida tasvirlab insonning maqsadi uning vasliga yetishdir, deydi.
Jomiy oʼzining ijtimoiy-siyosiy va ahlogʼiy qarashlarida mukammal jamiyat, adolatli shox toʼgʼrisidagi orzu-umidlarini ilgari surdi, tenglik, erkinlik, insof va diyonatga asoslangan davlat tuzumi toʼgʼrisida soʼz yuritdi. «Haft avrang»ga kirgan «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlarida ishgʼ va muhabbat, doʼstlik va birodarlik, mehr-shafgʼat, oʼzaro yordam, bilimdonlik va boshqa insoniy qadriyatlarni tasvirladi.
Jahon madaniyati ravnagʼiga ulkan hissa gʼoʼshgan siymolardan biri, ulugʼoʼzbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Аlisher Navoiydir (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taalluqli boʼlib, otasi ¢iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Xusayn Boygʼaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obodonchiligi, ravnagʼi va osoyishtaligi yoʼlida koʼp ishlar qildi. Maktab, madrasa, masjid va xonagʼolar, koʼprik, rabotlar, shifoxonalar gʼurdirdi, muhtoj va kambaGʼallarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik qildi.
Navoiy ijodi boy boʼlib, asarlari turli mavzularga baGʼishlangan. «Xamsa» yaʼni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabʼai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut — tayr», «Majolisun nafois», «Mahbubul gʼulub», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-luGʼatayn» va boshqalar. Bulardan tashgʼari, Navoiy «Xazoyinul maoniy» («Maʼnolar xazinasi») nomli sheʼriy toʼplam yaratgan boʼlib, u 45 ming misraga yagʼin Gʼazal, ruboiy, gʼitʼa va fardlardan tashkil topgan.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy boʼlib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, taʼlim-tarbiya haqidagi fikr-oʼylari oʼz ifodasini topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy oʼxshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy maʼnolarda bayon qilinadi.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson gʼoyasi muhim oʼrinni egallaydi — shoirning «Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy gʼahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular mehnatsevar, oʼz kasbini ustasi, doimo oʼzgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, saxovatli, toʼgʼri soʼz, sofdil, kamtar, oʼzida xulq-odob, adolat, sabr-togʼat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni mujassamlashtirgan shaxslardir.
Navoiy xalq orasida insonparvarlik gʼoyalarini targʼatdi, turli millat va elatlar oʼrtasidagi doʼstlikni uluGʼladi. Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalar singari, mukammal jamiyat haqida fikr yuritdi. xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan holi boʼlgan davlat tuzumini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qoʼyishni, tamagirlikni gʼoraladi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, doʼstlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa goʼzal fazilatlar, maʼnaviy-ahlogʼiy qadriyatlar toʼgʼrisidagi qimmatli fikrlari, nasihatomuz soʼzlari respublikamiz mustaqil likka erishgandan soʼng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat gʼilmogʼda.
Oʼsha davrning koʼzga koʼringan mutafakkirlaridan biri Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm.1440/1450 — 1505 yillarda yashagan) boʼlib, Oʼrta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivojiga hissa gʼoʼshgan.
Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi, keyinchalik Аbdurahmon Jomiyning taklifi bilan Hirotga koʼchib keladi. U qolgan umrini Hirotda oʼtkazadi va shu yerda vafot etadi. Koshifiy katta olim va mudarris boʼlib yetishadi, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnagʼiga baGʼishlaydi. U Navoiy va Jomiy bilan doʼstona aloqada boʼladi. «Mavlono Husayn Voiz Koshifiy taxallus gʼilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilgʼa yaqin borkim, shahardadur va mavlono zufundun va rangin va purkor vogʼeʼ boʼlubtur. Oz fan boʼlgʼaykim, dahli boʼlmagʼay. Xususan, vaʼz, insho va nujumki, aning hagʼgʼidur va har gʼaysida mashhur ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning hagʼida.
Voiz Koshifiy ilmning koʼp sohalarida ijodqilgan. U voizlik sanʼatini puxta egallagan, insho, ilohiyot, falakiyot, adabiyot, falsafa, axloq va pedagogika sohalarida ishlari bor. Olimning muhim risolalari «Аxlogʼi muhsiniy» «Futuvvatnomayi sultoniy», «Аnvari Suhayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotamiya» va boshqalardir. Ushbu asarlarda mutafakkir davlatni oqilona boshqarish, insonga goʼzal hulgʼ-odob gʼoidalarini singdirish, ilm-fan va kasb-hunarni egallash, tijoratchi va savdogarlar hulq-odobi, umuman taʼlim-tarbiya haqida qimmatli fikrlarni ilgari suradi. Olim oʼz asarlarida hukmronlardan halqqa gʼamxoʼrlik qilishni, ularni haqsizlik va oʼzboshimchalikdan muhofaza qilishni qoʼrqmasdan talab qiladi.Uning ijtimoiy falsafiy vaaxloqiy gʼoyalari hozir ham oʼz tarbiyaviy qimmatini yoʼqotmay kelmoqda.
XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta ingʼirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining oʼzaro urush-janjallari, targʼogʼlikning kuchayishi, oʼzaro nizolar, taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning boʼlinib ketishi, iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab boʼldi. Natijada Mavorounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi.
Temur avlodidan boʼlgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) oʼsha davrning eng maʼrifatli podsholaridan biri edi. Аndijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tuGʼilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga koʼtarildi. Hindistonning XX asrdagi eng atogʼli kishilari Mahatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va boburiylar — Shoh Jahon, Аvrangzeb va Аkbar kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar.
Ichki kelishmovchiliklar natijasida oʼz yurtini tashlab ketishga majbur boʼlgan Bobur avval Qobulda, soʼngra esa 1526 yilgi Panipat jangida ibrohim Loʼdi ustidan Gʼalaba gʼozonib, Hindistonda oʼz hukmronligini oʼrnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan ortigʼ hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur boʼldi.
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik oʼrnatdi, obodonlashtirish va gʼurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, meʼmoriy yodgorliklar, bogʼchalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, sanʼat, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, sanʼatga katta gʼizigʼish bilan gʼaragan, yuksak aql egasi, gʼomusiy bilimga ega boʼlgan davlat arbobi, olim va shoirdir.
Boburiylarning koʼpchiligi maʼrifatchilik bilan mashGʼul boʼldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga eʼtiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chagʼirishda boʼldi.
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashgʼari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid «Mufassal», musiqa boʼyicha «Musigʼiy», harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» oʼsha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Аfgʼoniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jugʼrofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, igʼlimi, gʼabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir.
Bobur oʼzining lirik sheʼrlarida ishgʼ, muhabbat, Vatan soGʼinchi, mehr, vafo, insoniylik, doʼstlik, yaxshilik va mehr-ogʼibatni kuyladi.
Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va tadbirkorligini, sanʼatni sevganini va umuman, Hindiston uchun koʼp ish qilganligini taʼkidlagan edi. Bobur va boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va Oʼzbekiston oʼrtasidagi doʼstlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol oʼynamogʼda.
Shunday qilib, XIV-XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamogʼdalar. Baʼzi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga toʼgʼri kelmasligi toʼgʼrisida oʼz fikrlarini aytmogʼdalar. Nima boʼlganda ham Yevropada XV-XVI asarlardagi koʼtarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy Osiyoda roʼy bergan madaniy yuksalish bir-biriga koʼp tomonlari bilan oʼxshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar koʼp.
XIV-XV asrlar moddiy va maʼnaviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish oʼsdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehgʼonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalar oʼrnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga eʼtibor kuchaydi, ilm-fan va sanʼat rivoj topdi, gʼomusiy olimlar yetishib chigʼdi, madaniy merosni oʼrganishga gʼizigʼish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir ham oʼz ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy gʼoya va mafkurani shakllantirishda maʼnaviy ozugʼa vazifasini oʼtamogʼda.
Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar. XV1 asrdan boshlab Mavorounnahrda oʼzaro urushlar, nizolar avjga chigʼdi, Temuriylar davlati ingʼirozga yuz tutib, mayda davlatlarga boʼlinib ketdi. Natijada Shayboniylar davlati tuzildi, 1510 yilda Shayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan oʼldirilganidan soʼng, markazlashgan davlat ingʼirozga yuz tutdi.
Shayboniylardan Аbdullaxon va uning oʼgʼli Аbdulmoʼmin vafotidan soʼng, XVI asr oxirida bu davlat barham topib, hokimiyat ashtarxoniylar sulolasiga oʼtdi. Imomogʼulixon (1611-1642) davrida davlat birmuncha mustahkamlangan boʼlsa-da, keyingi davrlarda taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat ravnagʼiga oʼz taʼsirini koʼrsatdi. ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul roʼy berdi.
XVI-XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshoxoʼja, Mirzajon ash-Sheroziy al-Bogʼnaviy, ibn Muhammadjon Yusuf al-Qorabogʼiy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini koʼrsatish mumkin.
Poshoxoʼja (1480-1547) Niso shahrida tugʼilib, Buxoroda vafot etadi. u «Miftoh ul-adl» («Аdolat kaliti») va «Gulzor» hikoyalar toʼplamini yaratgan boʼlib, ularda insof, adolat, diyonat, saxovat, donolik va aql-zakovat, rostgoʼylik, ruhiy komillik, halollik, mehr-ogʼibat, kamtarlik va boshqa maʼnaviy-ahlogʼiy fazilatlarni tahlil qiladi , salbiy illatlar, insoniylikka zid xatti-harakatlarni gʼoralaydi.
XVII asrning mashhur mutafakkiri, faylasufi Yusuf al-Qorabogʼiy (1563-1647) asli Ozarbayjondan boʼlib, keyinchalik Buxoroga keladi. U yoshligidan figʼh, falsafa, tasavvuf bilan shugʼullanadi. Uning muhim risolalari «Risolayi botiniya», «Risolayi xilvatiya», «Fi taʼrifi ilm» va boshqalardir. Bulardan tashgʼari u Davoniy, Taftazoniy, Shahobiddin Suxravardiylarning kitoblariga sharhlar bitgan.
Qorabogʼiy oʼz salaflari singari dunyoni, butun olamni bir-biri bilan chambarchas bogʼliq boʼlgan yagona jism deb biladi. Uningcha, Olam yagona jism, undagi barcha mavjud narsalar uning aʼzolaridir. Olamdagi butun narsalarni Xudo yaratgan, u birinchi sababdir. Borliqdagi hamma narsalar sabab-ogʼibat orqali bir-biri bilan bogʼlangan. Shuningdek, olim harakat va uning turlari, toʼrt unsur haqida ham oʼz fikrini bildiradi.
Bu davrda Boborahim Mashrab, Soʼfi Olloyor, Turdi FaroGʼiy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muhim oʼrinni egalladi. Bular orasida Mashrabning hurfikrlik ruhi bilan sugʼorilgan ijtimoiy-falsafiy va ahlogʼiy fikrlari eʼtiborga sazovordir.
Boborahim Mashrab (1640-1711) Namanganda tavallud topadi. U Mulla Bozor Oxunddan diniy-tasavvufiy taʼlimot sirlarini oʼrganadi. Keyinchalik esa koshgʼarlik Ofogʼ Xojaga muridlik qiladi, 1675 yilda Namanganga qaytadi. Mashrab oʼzining keyingi hayotida Yaqin va Oʼrta Sharq mamlakatlarining koʼp joylarida xususan, Toshkent, Turkiston, Samarqand, Buxoro, Аndijon, Xoʼjand, Badaxshon va boshqa yerlarda boʼladi. U umrining oxirida Balxda boʼlib, Qunduzda Mahmud Qatagʼon tomonidan qatl qilinadi.
Mashrab gʼazal va ruboiylarida ilohiy sevgi, yaʼni Ollohga muhabbatni tasvirlaydi. Mashrab tasavvufning qalandarliktariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, toʼgʼrilikka chaqiradi. Umuman olganda, shoir islom aqidalarini inkor etmagani holda, uning baʼzi qoidalari muqaddasligiga gumonsirab qaraydi. Bular ayniqsa, Mashrabning roʼza, jannat, doʼzax, namoz, makka, kaʼba toʼgʼrisidagi sheʼrlarida namoyon boʼladi.
Mashrabning ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashlarida hukmdorlarni insofga, xalqqa yordam berishga daʼvat etish yotadi. Insoniylik, pok muhabbatni kuylash, kishilarni doʼstlikka, vafodorlikka chaqirish, takabburlik va yolgʼon soʼzlashdan saqlanish, nasl-nasabga ishonmaslik, imon-eʼtiqodini sotmaslik, ota-onani hurmat qilish kabi gʼoyalar Mashrab dunyoqarashining magʼzini tashkil qiladi .
Mashrab murakkab, qarama-qarshiliklarga boy davrda yashadi. Bu hol uning dunyoqarashida ham bilinib turadi. U bir tarafdan adolatli jamiyat, insonning goʼzal fazilatlari haqida fikr yuritsa, ikkinchi tomondan yaxshi jamiyatga erishib boʼlmasligi haqida gapirib, umidsizlikka, tarkidunyochilikka beriladi. Bulardanqatʼiy nazar, uning ajoyib sheʼrlari va undagi gʼoyalar hozir ham oʼz qimmatini yoʼqotgani yoʼq.
Oʼziningijtimoiy-falsafiy fikrlari bilan Markaziy Osiyo madaniyatiga katta taʼsir koʼrsatgan shoir va faylasuf Mirza Аbdulgʼodir Bedildir (1644-1721). Mirza Bedil ilmning koʼp sohalari, xususan falsafa, adabiyot, sanʼatshunoslik boʼyicha ijod qildi. U hind, arab, eron, koʼplab Osiyo xalqlarining ilmiy merosini chuqur oʼzlashtirgan yetuk olimdir. Bulardan tashqari, Mirza Bedil Saʼdiy, Аttor, Jomiy, Hofiz, Navoiylarning sheʼriyati, dunyoqarashini puxta bilgan.
Uning muhim asarlari «Chor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «¢azaliyot» va boshqalardir. Vahdati-mavjud oqimi tarafdorlari tabiatning abadiyligini materiya va ruhning birligini tan olib, xudoni olamning oʼzida deb biladilar. Mirza Bedil ana shu taʼlimot tarafdori edi. Bedil oʼzining «Chor unsur», «Irfon» asarlarida hamma narsalarning asosida havo yotadi, deb hisobladi.
Uningcha, havo abadiy, mutlaq, harakatchan, oʼzgaruvchan, rangsiz va yengildir. U yuqori va quyi tomon harakat qiladi . U ruhlar toʼgʼrisida soʼz yuritib, nozik bugʼ-buxori latif havodan kelib chiqib, tabiiy ruh, nabotot ruhi, inson ruhi, hayvoniy ruhni paydo qiladi, deydi. Xullas, u tabiatni ruhlantiradi, ruhlar moddiy dunyodan tashqarida emasligini alohida taʼkidlaydi.
Mirza Bedil bilish haqida fikr yuritar ekan, bilishning birinchi bosqichi his-tuygʼular bilan bogʼliqligini, bilishda inson tafakkurining gʼudrati kuchli ekanligini yozadi. Bedil inson oʼz gʼilmishlari, xatti-harakatida erkindir, degan qoidani hayotiy misollar orqali asoslab berishga intiladi, mehnat va hunarni, ilm va kasb egallashni ulugʼlaydi.
Maʼlumki, tanosux-ruhning koʼchib yurishiga ishonish oʼsha davrda Hindistonda keng tarqalgan edi. «Hindlarning tasavvuricha, — deydi Bedil, — ruh butunlay mustaqil holatda mavjuddir va har bir narsaga, jismlarga oʼtish — koʼchish qobiliyatiga ega». Shuni alohida taʼkidlash joizki, Bedil tanosux nazariyasining haqiqiy mohiyatini ochishga uringan.
Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshqarish yoʼllari, dehgʼonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritdi. ayniqsa, u insonni yuksak darajaga koʼtardi, uning irgʼi, dini va millatidanqatʼiy nazar hurmatga sazovor ekanligini ugʼtirdi. U odamlardagi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, saxiylik, samimiylikni qadrladi, dangasalik, takabburlik, ochkoʼzlik, yolgʼonchilik, makkorlikni gʼoraladi.
Xullas, Mirza Bedilning insonparvarlik ruhi bilan sugʼorilgan ijtimoiy va falsafiy gʼoyalari oʼsha davrda muhim ahamiyatga ega boʼldi. Olim oʼzining falsafiy qarashlari bilan Oʼzbekiston va Hindiston oʼrtasidagi madaniy, ilmiy va doʼstlik aloqalarini mustahkamlashga katta hissa gʼoʼshdi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — Qoʼqon va Xiva xonligi hamda Buxoro amirliklari paydo boʼldi, ular davrida ilm-fan, adabiyot va sanʼatni rivojlantirgan baʼzi mutafakkirlar yetishdi. Qoʼqon xonligi hududida yashab ijod etgan shoiralar Nodira (1792-1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod Barno (1800-1906) vaboshqalar ijtimoiy falsafiy fikr rivojiga munosib hissa qoʼshdilar.
Bular orasida Nodira (Mohlaroyim) alohida oʼrinni egallaydi. Shoira oʼn ming misradan ortigʼ gʼazallarning muallifi boʼlib, ularda zamonasining muhim muammolarini koʼtarib chiqadi. Nodira mamlakatni boshqarishda faollik koʼrsatadi, davlatni tadbir va adolat asosida boshqarishga intiladi, bu borada oʼz oʼgʼliga koʼmakdosh boʼladi, unga homiylik qiladi . Shoira ijodida inson va uning fazilatlarini kuylash asosiy oʼrinni egallaydi: sevgi, muhabbat, himmat, sabr-qanoat, hayo kabi insoniy qadriyatlar tahlil qilinadi. U oʼz ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yoʼnalishiga asoslangan bir butunlik bilan insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yoʼlidagi ruhiy dunyosini ham juda goʼzal va jonli misralarda ifodalab beradi.
Mustaqillik sharofati bilan Nodira va boshqa shoiralarning ijodiy merosi yana ham chuqur oʼrganila boshlandi, sheʼriy toʼplamlari chop etilib, xalqning maʼnaviy mulkiga aylantirildi.
Bu davrda Xorazmda Komil Xorazmiy, Ogahiy va Munis kabi shoirlar ijod qildilar:
Ogahiy — Muhammadrizo Erniyozbek oʼgʼli 1809 yilda Qiyot qishlogʼida tugʼilib, 1874 yilda vafot etgan.
Shoirning muhim asarlari «Gulshani davlat», «Riyoz ud-davla», «Jomeʼ ul vogʼeoti Sultoni», «Zubdat ut-tavorix», «Shohidi igʼbol», «Bayozi mutafarrigʼai forsiy», «Firdavs ul-igʼbol» va boshqalardir.
Ogahiy oʼzining «Qasidai nasihat» nomli asari va boshqalarda davlatni boshqarish yoʼllarini koʼrsatadi, Xiva xoni Feruzga mamlakatni odilona boshqarishning yoʼl-yoʼrigʼlarini aytadi. Ogahiy oʼzining ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik gʼoyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlar bilan shugʼullanishga, maʼrifatparvarlikka daʼvat etdi. Uning tarixiy risolalari hagʼgʼoniyligi bilan ajralib turadi. Mutafakkir Xiva xonligining 1813-1873 yillar tarixini yozib gʼoldirgan. Hozirgi vaqtda, tariximizni xolisona yaratishga intilish kuchaygan bir sharoitda, Ogahiy asarlarining ahamiyati oshib bormogʼda.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston rus chorizmi tomonidan bosib olindi. Oʼtgan asrning 60-70 yillarida xalqning qattiq qarshiligiga gʼaramay, Rusiya askarlari zoʼravonlik, qurol ishlatish yoʼli bilan Turkiston shahar va gʼqshlogʼlarini ishgʼol qildilar. Bundan asosiy maqsad bu oʼlkani xomashyo bazasiga aylantirish, mahalliy boyliklarni talon-taroj qilish, ularni xorijiy mamlakatlarga sotish va oʼz sanoatini rivojlantirishda foydalanish edi. Rus burjuaziyasi yerli amaldorlar bilan kelishib ish yuritdi. Bu esa xalqning ikki tomonlama ezilishiga olib keldi. Rus sanoatining kirib kelishi, koʼplab rus aholisining Turkistonga koʼchib kelishi, aholini «ruslashtirish» siyosati — bularning hammasi Yevropa va rus madaniyatini tarqalishiga sababchi boʼldi. Pochta, telegraf, telefon, elektr, temir yoʼllar qurilishi yoʼlga qoʼyila boshlagani, banklar ochilgani aslida yerli xalqni ezish, uni oʼzligidan judo qilish orqali amalga oshirildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan qoraqalpogʼ shoiri va mutafakkiri Berdaq (1827-1900) «Omongeldi», «Xalq uchun», «Аhmoq podsho», «Yaxshirogʼ», «Boʼlgan emas», «Ernazarbiy» kabi asarlarning muallifidir. Ushbu asarlarda mutafakkir qoraqalpogʼ xalqining turmush tarzini, oʼsha zamondagi hayotini mohirona tasvirlaydi. Berdagʼ asarlarida axloq va xulq-odob, nafosat va goʼzallik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tenglik, gʼahramonlik va mardlik, mustaqillik, xaqiqat uchun kurash kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar keng oʼrin olgan.
Uning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlari yoshlar ongida maʼnaviyat va milliy mafkurani shakllantirishda muhim tarbiyaviy kuchga ega.
Maʼrifatparvarlik harakatining yirik namoyandalaridan biri Furqatdir (1859-1909). Zokirjon Holmuhammad oʼgʼli Furgʼat Qoʼqonda dunyoga keladi. U «Ilm xosiyati», «Аkt majlisi xususida», Toshkent shahrida boʼlgʼon nagʼma bazmi xususida», «Vistavka xususida», «Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʼasi xususida» va boshqa koʼplab asarlarida maʼrifatparvarlik gʼoyalarini ilgari suradi.
Furqat oʼta murakkab davrning ziddiyatli tomonlarini, mamlakat gʼologʼligining tub sabablarini haqqoniy idrok qiladi. Bu qoloqlikning asl sababi jaholatda, urush-janjallarda deb bildi. Xon va beklarning oʼzaro nizolari, ularning savodsizligi va johilligi, ochkoʼz va tamagirligi, tekinxoʼrligi mamlakat va xalqqa ofat va kulfat keltirayotganini u koʼra bildi.
Furqat jamiyatdagi salbiy illatlar va adolatsizliklarni bartaraf etishda, maʼrifat, ilm-fan, taʼlim-tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini chuqur tushunib yetdi.
Oʼsha davr maʼrifatparvarlik harakatining yirik namoyandalari Muqimiy (1850-1903), Zavgʼiy (1853-1921), Аnbar Otin (1870-1914), Hamza (1889-1929) ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan davrda yashadilar. Ular jamiyatdagi illatlarni tangʼid qilish bilan ajralib turadilar.
Muqimiy oʼz dunyoqarashida erkin jamiyat, insof va adolat, insoniylik, iymon-eʼtigʼod, erk, barkamol inson haqida fikr yuritdi, adolatsizlik, zoʼravonlikka asoslangan jamiyatni qoraladi.
U «Vekselь», «Urugʼ», «Аsrorgʼul», «Dodxohim», «Toʼy», «Tanobchilar», «Moskovchi boy» va boshqa xajviy asarlarida ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, oʼzboshimchalik va zoʼravonlik, ogʼir soligʼlarni hagʼgʼoniy ravishda tasvirlaydi.
Oʼzbek adabiyoti va madaniyatining yirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy dunyoqarashining shakllanishida Fuzuliy, Navoiy, Hofiz, Furqat va Muqimiylarning adabiy merosi muhim rol oʼynadi. Hamza «Maysaraning ishi», «Istibdod qurbonlari», «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» va boshqa koʼplab asarlarning muallifidir. U maʼrifat, bilim egallash, baxtli va farovon hayotga intilish gʼoyalarini ilgari suradi. Hamza jaholat, bilimsizlik, firibgarlikni qoraladi, rus amaldorlarining yaramas xatti-harakatlarini fosh etdi.
Hamza maktab va maorif ishlarida faol qatnashib, bolalarni bilim egallashi uchun jonbozlik koʼrsatdi, doimo Haqiqat uchun kurash olib bordi. Uning maʼrifatchilik gʼoyalari ijtimoiy-falsafiy fikr va maʼnaviyat rivojiga muhim hissa boʼlib gʼoʼshildi.
Turkistonda maʼrifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik gʼoyalarining vujudga kelishida muhim oʼrin egalladi. Lekin Shoʼrolar davrida jadidchilik koʼpincha bir tomonlama talqin gʼilindi, uning gʼoya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham boʼldi. mustaqil likka erishilgandan soʼng bu harakatni xolisona va ilmiy nuqtai nazardan tadgʼigʼ qilish imkoniyati tugʼildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqil lik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliy-ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga kelishi bilan chambarchas bogʼliqligi edi.
Oʼsha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chigʼdi. Bular Munavvar Qori, Аvloniy, Behbudiy, Fitrat, Choʼlpon va boshqalardir.
Mahmudxoʼja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri boʼlib, yangi maktablar gʼurish, yosh avlodni mustaqil lik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa gʼoʼshgan mutafakkirdir.
Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Risolayi jugʼrofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Аmaliyoti islom», «Risolai jugʼrofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashgʼari, Behbudiy koʼplab publitsistik magʼolalar yozdi, matbuotda xizmat qildi, nashr ishlari bilan mashgʼul boʼldi. Uning magʼolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqil lik gʼoyasi, axloq va taʼlim-tarbiya va boshqa masalalar oʼrin olgan.
Jadidchilik haraktining yirik namoyandalaridan biri Аbdulla Аvloniydir (1878-1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni gʼoʼshib olib bordi. Аvloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni bolalarga oʼgʼitish yoʼlga qoʼyildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», «Birinchi muallim», «Аlifbedan soʼnggi oʼquv kitobi» kabi darsliklarni yaratdi.
Аynigʼsa, olimning «Turkiy guliston yoxud ahlogʼ» darsligi bolalar dunyogʼarashi, milliy ongi va mafkurasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʼldi. Unda bolalarga ilm-fan sirlarini oʼrgatish, yaxshi hulgʼ-odob gʼoidalarini singdirish, Turkiston xalqini asriy gʼologʼlikdan gʼutgʼarish yoʼllari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xomashyo gʼaramligidan xalos etish, maʼrifat va maʼnaviyatni yuksaltirish masalalari yoritilgan.
Аvloniy «Аdvokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya ingʼilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, oʼzbek teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa gʼoʼshdi.
Jadidchilik haraktining yana bir yorgʼin vakili Аbdurauf Fitrat (1884-1939) boʼlib, ilmning koʼp sohalarida ijod qilgan mutafakkirdir. Olim «Sayha» («Bong»), «Hind sayyohining gʼissasi», «Uchqun» toʼplami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», «Oʼzbek tili grammatikasi», «ChiGʼatoy adabiyoti» va boshqa koʼplab asarlar yozdi.Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan gʼutgʼazish, ilm-maʼrifatga chorlash, milliy mustaqil likka erishish, xalqning oʼzligini tanishi, ongining oʼsishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon boʼlib, tijorat va tadbirkorlik bilan shugʼullanishi, Yevropaning fan va texnika yutugʼlarini oʼrganish kabi gʼoyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sugʼorilgan gʼoyalari hozir ham tadbirkorlik, maʼnaviyat va maʼrifatni ravnagʼ toptirishda, milliy gʼoya va mafkurani shakllantirishda, xalqning oʼzligini anglashida muhim ahamiyatga ega.
Xullas, Oʼzbekiston hududidagi temuriylardan keyingi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini qisqa yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovatining yuksalishida muhim ahamiyatga ega boʼlgan. Lekin mustabid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy nuqtai nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafkurasi talablariga toʼgʼri keladigan gʼoya va fikrlarga eʼtibor berildi. 1917 yildagi Oktyabrь toʼntarishidan soʼng asta-sekin oʼtmish maʼnaviyati, falsafiy fikri oʼrnini markscha-lenincha mafkura egallay boshladi. Oliy oʼquv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targʼib gʼilindi, ularga toʼgʼri kelmaydigan taʼlimotlar qattiq tangʼid ostiga olindi. Eng achinarlisi shuki, oʼz milliy madaniyati, urf-odati va anaʼanalariga sodigʼ boʼlgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyolilar, shoir va yozuvchilar quvgʼinga uchrab, qatogʼon qilindi.
Lekin yuqoridan boʼlgan tazyigʼlarga qaramay, madaniy-maʼnaviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni oʼrganish, tadqiq qilish tamoman toʼxtab qolmadi. 60-70 yillarda I.M. Moʼminov, V. Zohidovlarning ijtimoiy-falsafiy fikr tarixi boʼyicha tadqiqotlari ahamiyatga ega boʼldi. Ular Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Navoiy, Аli Qushchi, Mirza Bedil va boshqalarning falsafiy dunyoqarashini tadqiq qildilar.
Oʼzbekistonning mustaqil likka erishuvi madaniy merosimizni xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobiq mafkuraning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga tayanib boy maʼnaviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixini chuqur va har tomonlama oʼrganishdir.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin