O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Iqtisodiy integratsiya tushunchasi, uning shakllari va xususiyatlari. Vertikal integratsiya tushunchasi va uning strategiyasi



Yüklə 85,95 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü85,95 Kb.
#177307
1   2   3   4   5   6   7

1. Iqtisodiy integratsiya tushunchasi, uning shakllari va xususiyatlari. Vertikal integratsiya tushunchasi va uning strategiyasi.


Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻrnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya - ishlab chiqarish texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. Iqtisodiy integratsiya asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida Iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra Iqtisodiy integratsiya tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik ishlab chiqarish majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal Iqtisodiy integratsiya yuz beradi. Vertikal Iqtisodiy integratsiyaga agrosanoat majmui misol boʻladi, u qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo Iqtisodiy integratsiya yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro Iqtisodiy integratsiya eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi.

Yüklə 85,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin