O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Xalqaro iqtisodiy integratsiya



Yüklə 85,95 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü85,95 Kb.
#177307
1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o’zaro ta’siri orqali, ular o’rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.
Xalqaro Iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi.

  • Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda inte-gratsiyalashuv yuz beradi.

  • Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subʼyektlari imtiyetlarga ega boʻladilar.

  • Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari birbiri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal dara-jaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957-yildan Yevropada shakllangan.

  • Toʻrtinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta it-tifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saklangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan boʻldi. XXI asr boshlaridagi institutegratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan Iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
- erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo’lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim misol bo’la oladi;
- bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;
- to’lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir;
- umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib, uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to’lovlari va import me’yor (kvota) lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi;
- iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob’ektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi:
- xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi;
- milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.
Integratsiya jarayonlarini rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri – milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining oshishidir. Ochiq iqtisodiyotning o’ziga xos belgisi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;

  • tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo’lidagi to’siqlarning kamaytirilishi yoki to’liq bartaraf etilishi;

  • milliy valyuta konvertatsiyasining ta’mnlanganligi.

Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-sharoitlarning mavjudligi ta’sir ko’rsatadi:
- integratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan bir xil darajada bo’lishi hamda bir turdagi xo’jalik tizimlariga ega bo’lishi;
- ularning hududiy jihatdan yaqinligi, yagona mintaqada joylashganligi va umumiy chegaraga egaligi;
- ularning tarixan tarkib topgan va yetarli darajada mustahkam iqtisodiy aloqalarga egaligi;
- iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal etishda birgalikdagi harakatning samaradorligi va h.k.

Yüklə 85,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin