O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Raqobat tushunchasi. Raqobat ustunligi va uni ifodalaydigan muhim ko`rsatkichlar



Yüklə 85,95 Kb.
səhifə5/7
tarix14.12.2023
ölçüsü85,95 Kb.
#177307
1   2   3   4   5   6   7

2. Raqobat tushunchasi. Raqobat ustunligi va uni ifodalaydigan muhim ko`rsatkichlar.


Raqobat – iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’i nazar, raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas. «Raqobat» tushunchasini aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug’at va ma’lumotnomalarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazыk biznesa» nomli lug’atda: «Raqobat (lotincha concurrere – to’qnashuv; inglizcha competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Keng ma’noda qaralganda, barcha sohalarda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida kishilar o'z manfaatlarini qondirish uchun kurashadilar, ya’ni o'zaro raqobat kilishga intiladilar. Har bir iqtisoddagi kabi bozor sharoitida ham kishilarning xohish irodasi, malakasiga va tafakkuriga bog'liq bo'lmagan o'ziga xos ob’ektiv qonuniyatlar mavjud.
Raqobat eng avvalo iqtisodiy hodisa xisoblanadi va uning asosini xo'jalik sub’ektlari orasidagi iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Raqobat o'zini xo'jalik sub’ektlari orasida oddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabat sifatida namoyon etadi. Raqobat orqali iqtisodiyotda tabaqalashuv yuzaga keladi, ya’ni raqobatda yutib chiqqanlar iqtisodiy jihatdan baquvvat bo'lib ketsalar, yutqazganlar esa iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qoladilar va ko'pincha yirik korxonalar tarkibiga qushilib ketadilar yoki umuman yuk bo'lib ketadilar. Raqobatning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjud. Raqobatning ijobiy tomonlari u resurslarni samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, raqobatda iste’molchilar talabi asosiy urin tutganligi sababli resurslarning iste’molchilar talabi yuqori bo'lgan ishlab chiqarish tarmoqlariga yo'nalishiga xizmat qiladi. Raqobat tadbirkorlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undaganligi sababli ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki boladi. Bundan tashqari, raqobatning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bunda eng asosiy e’tibor tadbirkorlarning shaxsiy mustaqilligiga karatiladi. Faqat raqobatgina iqtisodiy faoliyatni ma’muriy boshqarishsiz ham muvofiqlashtirishi mumkin va bu tadbirkorlar manfaatlarini tolaroq qondirishga imkoniyat yaratib beradi. Raqobatning salbiy tomonlari sifatida Shuni aytish mumkinki, raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki ozi uni buzib quyishi mumkin. Chunki talab va taklifning o zgarishiga qarab narxlarning tuxtovsiz ozgarib turishi bozordagi sub’ektlarning mavqelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon bermaydi. Shuningdek, raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda oz mavqeini saqlab qolish maqsadida shunday metodlardan foydalanishga majbur etadiki, bu oz navbatida tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, oz raqibini obro'sizlantirishga, iste’molchilarni chalg'itishga olib kelishi mumkin.
Bozor tizimida raqobatni mukammal (sof raqobat) va nomukammal turlarga ajratish mumkin. Mukammal (yoki sof) raqobat shunday raqobatki, bunda bozordagi sotuvchilar va xaridorlarning soni juda kup miqdorda bo'lib, ular bozordagi narxga ta’sir eta olmaydi va monopol mavqeidan foydalanib, bozordagi ishtirokchilarni uz izmiga yurita olmaydi. Shuningdek bu sharoitda kurash doirasi juda keng bo lib, mavjud tarmoqqa kirish va undan chiqish hamda ushbu tarmoq to'g'risida axborot olish erkinligi kafolatlangan bo'ladi. Erkin raqobatli bozorda sotuvchilar va haridorlar ko’pchilik bo’lib, ulardan hech biri monopol mavqeiga ega bo’lmaydi, bozorda zo’ravonlik qilib o’z izmini yurgiza olmaydi. Nomukammal raqobat cheklangan raqobat, tabiatan monopol raqobatdir. Bunda ko’pchilik bo’lmagan, lekin tovarlarning katta qismini taklif etuvchi yoki sotib oluvchi firmalar raqobatlashadi. Nomukammal raqobatning oligopolistik raqobat degan turi ham borki, unda g’oyat ozchilik, lekin yirik firmalar qatnashadi.
Raqobat kurash vositalari va usullari jihatidan halol raqobat va g’irrom raqobatga bo’linadi. Halol raqobat qonuniy, yo’l berilgan va hamma tan olgan, insoniy usullar bilan o’zaro bellashuvdir. G’irrom raqobat man etilgan vositalar yordamida va g’ayriinsoniy usullar bilan olib boriladigan kur ashdir. G’irrom raqobat yovvoyi bozor iqtisodiyotining, halol raqobat madaniy (sivilizaqiyalashgan) bozor iqtisodiyotining belgisi hisoblanadi. G’irrom raqobat yuz berganda josuslik, qo’poruvchilik, reket, tuhmat, tovar belgisini o’g’irlash va hatto qotillik kabi usullar qo’llanadi, raqibni turli yo’llar bilan obro’sizlantirish choralari ko’riladi. Halol raqobatda madaniy usullar qo’llaniladi. Bu usullardan narx vositasida raqobatlashuv, tovar sifatini oshirish orqali kurashish, servis (xizmat ko’rsat ish) orqali bellashuv keng tarqalgan. Bu usullardan alohida-alohida emas, balki birgalikda foydalanishda ham qo’llaniladi! Narx bilan raqobatlashuvda narx arzon yoki qimmat belgilanadi. Ammo narxni oshirish yoki tushirishning chegarasi bor. Narx xarajatlardan pasayib ketsa, zarar ko’riladi. Shu boisdan narxni arzonlashtirish uchun xarajatlar pasaytiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat alohida faollikka ega bo’ladi. Har bir haridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati) ni faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlashi mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir.
Tovar raqobatbardoshligini o’rganish murakkab va o’z ichiga qo’yidagibosqichlarni oladi:

  • tovarni sotish uchun bozorni o’rganish;

  • raqiblar haqida ma’ lumotlar yig’ ish;

  • iste’molchilar talablarini o’rganish;

  • raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;

  • ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqishhaqidagi qaror.

Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoqo’z raqobat qobiliyatini yo’qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi. Raqobat so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga er ishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi haridorni tovarni harid qilishga jalb qilishdan iborat. Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti qo’yidagi ko’rinishga ega bo’lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K= R /S max---------►
bu yerda:
R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni haridqilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari);
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
• bozorni tahlil qilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib olish;
• bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni belgilash;
• o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik hususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan qo’yidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo’yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarishorqalibo’ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan xar xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish. Narxlar orqaliraqobatlashish eng keng tarqalgan. Xozirgi davrda raqobat o’ziga xos kiyofa kasb etmoqda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo’ladigan mamlakatlarda yo’lga qo’yishni talab qiladi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo’lib, unga ko’plab omillar ta’sir etadi. Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga qo’yidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati; 40
2. Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3. Bozordagi talab hajmini o’rganish;
4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
5. Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga kuchish harakatlari;
6. Bozordan chikib ketish tusiqlari va ularning darajasi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
10. Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’l ishi, raqobat darajasi bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik hususiyatlari bilan xam belgilanadi.
Raqobatbardoshlikni barpo etish va rivojlantirishning M. Porter konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy modeli mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo’lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi to’rtta xususiyatidan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko’maklashishi ham yoki unga to’sqinlik qilishi ham mumkin. Mamlakat raqobat ustunliklariga erishishi uchun barcha ushbu determinantlar o’zaro hamkorlik qilishi lozim. Faqatgina o’zaro hamkorlik qiluvchi va birbirini kuchaytiruvchi determinantlarning butun tizimi bo’yicha ustunlik milliy iqtisodiyotda milliy ishlab chiqaruvchilarning muvaffaqiyati uchun zamin hisoblangan va undan xorijiy raqobatchilar nusxa ko’chirishi yoki uni yo’q qilishi qiyin bo’lgan (yoxud hatto mumkin bo’lmagan) muhitni shakllantiradi. Mamlakat faqat ishlab chiqarish omillarini shakllantirish uchun foydali bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlarida muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Biroq ishlab chiqarishning ortiqcha hajmli omilining mavjud bo’lishi innovatsiya uchun qo’lga kiritilgan raqobat jihatdan ustunlikni shakllantirish uchun asos bo’lishi mumkin, chunki resurslarning yetishmasligi ular qiymatining yuqori bo’lishiga olib keladi. Aynan ushbu holat ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish maqsadida texnika yangiliklari va innovatsiyalarni joriy etish uchun asos bo’lishi mumkin, buning natijasida kompaniyalar, tarmoqlar va umuman milliy iqtisodiyotning yuqori darajadagi raqobatbardoshligiga erishiladi. Milliy iqtisodiyotning "Barqaror strategiya, tuzilma va raqobatchilik" sifatida belgilangan raqobat jihatdan ustunligini shakllantirishning eng muhim omilini ko’rib chiqamiz. Demak, mamlakatda kompaniyani tashkil etish va boshqarish tendensiyalariga ta’sir ko’rsatuvchi ma’lum sharoitlarning mavjudligi ham ichki raqobatning xususiyatini belgilab beradi. Ta’kidlash joizki, raqobat jihatdan ustunliklarni shakllantirish uchun mehnatga va xodimlarning kasbiy ko’nikmalarini oshirishga shaxsiy qiziqtirish ham muhim rol o’ynaydi.
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi - tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni “bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo’lganharidorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymathosilqiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik oqibatidir”. Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko’rinishida ko’rsatish mumkin: narx - sifat - servis - marketing muhiti.
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog’liqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va marketing ko’rsatkichlari yordami bilan tuliq tavsiflan ishi mumkin. Raqobat kurashi strategiyalarining turlari har bir firma insonlar singari betakror hisoblanadi uning bozordagi harakatlari o’ziga xos strategik g’oyalar bilan xarakterlanadi. Shuningdek strategiyani tanlash ham alohida qonunlarga asoslanadi. Raqobat kurashi strategiyalarning 4 ta asosiy turlari mavjud:

    • valentlar

    • komutantlar

    • patientlar

    • eksprlentlar

Valientlar katta standartlashgan mahsulot va xizmat ishlab chiqarish sohasida amal qiladilar. Valentlarning ustunligi ularning katta hajmda ilmiy tadqiqotlar rivojlangan sotish kanallari va katta reklama kompaniyalaridan foydalanish imkoniyatiga egaligidandir. Valientlar o’zining katta kuchiga tayanib bozordagi raqiblardan ustun kelishga harakat qiladilar. Ular haridorlarni arzon hamda o’rta sifatga ega mahsulotlari bilan jalb qiladilar.
Patientlar strategiyasi tor maxsuslashtirilgan firmalar uchun xos bo’lib u alohida betakror mahsulotni kam qamrovdagi haridorlar uchun ishlab chiqadilar. Bunday korxonalar standartlashgan bir xil tovarlarni xush ko’rmaydigan haridorlar uchun ish olib borishadi.
Komutantlar strategiyasiga mahalliy mashtabdagi doimiy biznes olib boruvchi korxonalar misol bo’la oladi. Bunday korxonalarning haridorlari o’zgaruvchan va qisqa muddatli bo’lishadi.
Eksprirentlar strategiyasi bozorni eski sigmentlarini namoyon etish va yangilarni kashf etish bilan bog’liq kurashdir. Eksprirentlarning asosiy kuchi ularning yangiliklarni kiritish bilan izohlanadi.
Raqobat ustunligi - kapital va aktivlar mukammal tuzilishi, muomala xarajatlarining past darajasi, boshqarishni yaxshi tashkil etish hisobiga bozorning boshqa ishtirokchilaridan ustunlik. Ya’ni mijozlarga raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq qiymat taklif etish orqali ustunlikka erishish.
Raqobatda nisbiy ustunlik. Sanoat korxonasi faoliyatini tahlil qilish ikki yo'nalishda olib boriladi:
1. Korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi omillarni taxlil qilish;
2. Raqobat kurashida korxonaning kuchli va ojiz tomonlarini aniqlash;
Tikuvchilik korxonasi ish faoliyatiga ta’sir qiluvchi muxim tashki omillari keng o'rganilgan. Bozorni jalb etuvchanligini aniqlash maqsadida, tikuvchilik korxonalari faoliyati emas uning faoliyat olib borish muhiti Mak-Kinzi usuli yordamida urganilib, korxonalarni baholash mezonlari tanlandi, ularning bozorga ta’sir etish salmogi aniqlandi. Bozorning jalb etuvchanligi 65,5 ballga teng deb topildi 100 balli tizimdan, iste’mol bozoridagi korxonalar raqobatbardoshligi 10 ta aniqlab olingan mezonlar bo’yichaaniqlab olindi. Shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitida yengil sanoat korxonalari mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish muammosini urganish ilmiy metodologik dolzarbligini aks ettirgani kabi amaliy jihatda ham namoyon bo’lishi lozim. Bozor jalb etuvchanligi yaratilgan matritsa barcha tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun bir xilda bozor jalb etuvchanligi sharoitda har bir korxona raqobat kurashida egallagan mavqeini ko’rsatadi. Doira hajmi mavjud iste’mol bozoridagi korxonaning ulushini ifodalaydi. So'ng mahsulot assortimentini tahlil qilish orqali tovar xayotiy siklini aniqlash amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlardan shuni bilsa bo’ladiki «O’zbekengilsanoat» DAKda keyingi to'rt yilda tikuvchilik mahsulotlari assortimentida keskin ozgarishlar ro’y bergan. Palto, yarim paltolar ishlab chiqarishda 2003 yilda 1999 yilga nisbatan ikki arovarga oshgan bulsa boshqa barcha assortimentlar bo’yicha esa, shim kurtkalardan tashqari kamayish roy bergan. Raqobatbardoshlikni baholash ko’rsatkichlari 2-jadval T/r Tovarlar assortimenti «Tong» OAJ Kichik korxona tartibida bo’lgan XJ
1.Erkaklar paltosi model-SHF-1107- 97 0,233 0,316
2.Ayollar paltosi model-SHF-699-02 0,256 0,36
3.Erkaklar kurtkasi model-SHF-665- 02 0,222 0,376
4.Erkaklar kostyumi model-SHF-574- 02 0,28 0,364
Korxonaning u ishlab chiqarayotgan tovarlarning iste’mol bozoridagi raqobatbardoshligini baholash orqali «Tovar-bozor» marketing strategiyasi matritsasi tuziladi. «Tovar-bozor» matritsasi korxona ishlab chiqarish ko’lamiga bog’liq bollmagan xolda, uning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo’yicha strategiyasini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Ushbu matritsa savdo-sotiq hajmini saqlash yoki oshirish uchun turtta muqobil marketing strategiyasidan ya’ni (bozorga chiqish, bozorni rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish va diversifikatsiya) foydalanishni nazarda tutadi. «Tovar-bozor» matritsasini tahlil qilish ushbu matritsaning amaliyotga tadbiq etilishida bir kancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishini ko’rsatadi. Shuning uchun biz tikuvchilik mahsulotlari keng iste’mol mollari sanalganligi bois «tovar- bozor» matritsasini takomillashtirilgan variantini koramiz. «TONG» OAJ uchun «TOVAR-BOZOR» matritsasi bo’yicha imkoniyatlar. Tovar Bozor Eski Yangi Eski
l.Bozorda chuqurroq urnashish
2.MDX mamlakatlari Korxona uchun yangi tovar
3.Iste’ molchi ishonchini qozonish
4.Yangi bozor segmentini tanlash va masulotni joylashtirish Bozor uchun yangi tovar
5.Ushbu bozordan qochish
6.Hukmronlikka ega bo’lish.
Ushbu jadvaldan korinib turibdiki unda korxonaga nisbatan tovar yangiligining uchta: eskitovar, korxona uchun yangi tovar, bozor uchun yangi tovar gradiatsiyasi belgilangan. Matritsada diversifikatsiya strategiyasi alohida qaralmaydi, chunki ikkinchi va uchinchi qatorlardagi barcha strategiyalar diversifikatsiyani ifodalaydi. Korxonaning muayyan imkoniyatlari bo’yicha xojalik portfelini tahlilqilishorqali u yoki bu darajada samarador bo’lgan ishlab chiqarish ko lamini aniqlash hamda ularning xar biriga doir qanday ishlarni amalga oshirish va qaysi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, olingan ma’lumotlarni tahlilqilish natijalariga asoslanib, korxonaning bozor hajmini, uning o’sish sur’atini, moliyaviy axvolini raqobatga bardoshliligini assortiment siyosatini o’rganish natijalariga tayangan holda tikuvchilik korxonasi uchun marketing strategiyasi majmuini ko'rib chiqishda maxsus «iste’molchi talabi korxonasi imkoniyati» matritsasidan foydalanishni samarali deb xisoblaymiz. Mazkur matritsadan foydalangan holda, korxona iste’molchilari talabidan kelib chikib, uni qondirish borasida o z imkoniyati doirasida ishlab chiqarish faoliyatining strategik yunalishini belgilash mumkin. Ushbu matritsa tovar assortimentini takomilashtirish bo’yicha strategik maqsadlarni amalga oshirish chora tadbirlarini xam o’z ichiga oladi. Shunday qilib, bozor kon’yunkturasi va iste’mol bozoridagi haridorlar xatti harakatini atroflicha o’rganish, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshligini ojiz va kuchli tomonlarini o’rganish natijalariga asoslanib o’rganilayotgan tikuvchilik korxonasi rivojlanishi bo’yicha ishlab «chiqilgan iste’mol talabi korxona imkoniyati» takomillashtirilgan «tovar-bozor» matritsalari bozor o zgaruvchanligiga moslanuvchan tizim doirasida iste’molchilar talabiga mos tikuv buyumlari ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi. «Tovar-bozor» matritsalari yengil sanoat korxonalarida maketing xizmatini tashkil etishning «tovar-bozor» tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqishga asos bo’ladi. Marketing xizmatini tashkil etishning «funktsional-tovar» shaklidan «tovar-bozor» shakliga utilishi bozor kon’yunkturasini atroflicha tadqiq etish, iste’molchilar hattiharakatidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda ular talabini tularok qondirishni ta’minlaydigan keng assortimentdagi yuqori sifatli tikuv buyumlarini ishlab chiqarishga asos bo’ladi. Marketing xizmati bulimlari oldiga qo’yilgan vazifa va ularning bajarilishdagi tegishli vazifalar kulamini baholashmaqsadida, tadqiqot jarayonida ushbu urganilayotgan obyekt marketing xizmati uchun «funktsiya maqsad» matritsasi ham tuzildi. Yaratilgan usul va uslublar, matritsalardan yengil sanoat tarmog’ining barcha buginlarida keng miqyosda samarali foydalanish mumkin.



Yüklə 85,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin