O’zgaruvchan tok qonunlari. 1. Agar zanjirga ulangan ampermetr Ieff=2 A ni, voltmetr esa Ueff=220 V ni ko’rsatayotgan bo’lsa, zanjirdagi tok kuchining va kuchlanishning amplituda qiymatlarini toping.
2. Kondensatorning teshilish kuchlanishi Utesh=450 V. Kondensatorni kuchlanishi Ueff=380 V bo’lgan zanjirga ulash mumkinmi?
3. Induktivligi L=0,4 Gn bo’lgan g’altakni chastotasi v1=50 Gs va v2=400 kGs bo’lgan tok tarmoqlariga ulangan hollar uchun induktiv qarshiliklarini toping.
4. C=12 mkF sig’imli kondensatorni chastotasi v1=50 Gs, v2=5 kGs va v3=25 mGs bo’lgan tok tarmoqlariga ulangan hollar uchun sig’im qarshiliklarini toping.
5. Aktiv qarshiligi juda kichik bo’lgan g’altak v=50 Gs chastotali o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulangan. G’altak uchlariga ulangan voltmetr Ueff=120 V kuchlanishni, ampermetr esa Ieff=2,4 A ni ko’rsatsa, g’altakning induktivligini toping.
6. Effektiv kuchlanishi Ueff=120 V va chastotasi v=1 kGs bo’lgan o’zgaruvchan tokka ulanganda g’altakning induktiv qarshiligi XL=250 Om bo’lsa, undan o’tayotgan tok kuchining amplituda qiymatini uning induktivligini toping.
7. Standart (v=50 Gs) chastotali o’zgaruvchan tok zanjiridagi aktiv qarshiligi R=10 Om va induktivligi L=0,2 Gn bo’lgan g’altakning to’la qarshiligini toping.
8. Standart (v=50 Gs) chastotali va Ueff=220 V kuchlanishli o’zgaruvchan o’zgruvchan tok tarmog’iga ketma-ket qilib R=20 Om li qarshilik, L=60 mGn induktivlikli g’altak va C=80 mkF sig’imli kondensator ulangan. Zanjirdagi tokning effektiv kuchi Ieff qarshilik, g’altak va kondensatorlardagi kuchlanishlarni toping.
9. Standart (v=50 Gs) chastotali va Ueff=120 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok tarmog’iga qarshiligi R=10 Om va induktivligi L=0,2 Gn bo’lgan elektromagnit ulangan. Tok kuchining effektiv va amplitude qiymatlarini, shuningdek tokning aktiv Nakt va to’la S quvvatlarini toping.
10. Chastotasi v=400 Gs bo’lgan o’zgaruvchan tok tarmog’iga C=2 mkF sig’imli kondensator ulangan zanjirda kuchlanish rezonansi hosil bo’lishi uchun zanjirga ulanishi kerak bo’lgan g’altakning induktivligini toping.
11. Chastotasi v=500 Gs bo’lgan o’zgaruvchan tok tarmog’iga L=20 mGn induktivlikli g’altak ulangan zanjirda kuchlanish rezonansi hosil bo’lishi uchun zanjirga ulanishi kerak bo’lgan kondensatorning sig’imini toping.
12. O’zgaruvchan tok zanjiridagi ampermetr Ieff=6 A tokni, voltmetr Ueff=220 V kuchlanishni, vattmetr esa Nakt=600 Vt quvvatni ko’rsatadi. Quvvat koeffitsiyenti cosφ ni va tok kuchi bilan kuchlanish orasidagi fazaning siljishini toping.