Sferik ko’zgu va unda tasvir yasash. 1. Egrilik radiusi R=120 sm bo’lgan botiq sferik ko’zguning bosh optik o’qida ko’zgudan d = 240 sm masofada joylashgan nuqtaviy yorug’lik manbaining tasviri ko’zgudan qanday masofada hosil bo’ladi? Kerakli chizmani chizing.
2. Buyumning mavhum tasviri egrilik radiusi R=120 sm bo’lgan botiq sferik ko’zguning orqasida undan f=40 sm masofada hosil bo’lgan. Buyumdan ko’zgugacha bo’lgan masofani toping. Kerakli chizmani chizing.
3. Egrilik radiusi R=120 sm bo’lgan botiq sferik ko’zgudan d=30 sm masofada bo’lgan buyum tasvirining kattalashishini toping. Kerakli chizmani chizing.
4. Egrilik radiusi R=20 sm bo’lgan botiq sferik ko’zgudan d=12 sm masofada bo’yi h=5 sm bo’lgan buyum turibdi. Ko’zgudan tasvirgacha bo’lgan masofa va tasvirning bo’yini toping. Kerakli chizmani chizing.
5. Botiq sferik ko’zgudan d=30 sm masofada turgan buyumning tasviri ko’zgudan ko’zgudan f=60 sm masofada hosil bo’ladi. Ko’zguning egrilik radiusini, fokus masofasini va optik kuchini toping.
6. Botiq sferik ko’zguning bosh optik o’qida turgan buyumning xaqiqiy tasvirining kattalashishi K1=2 bo’lgan. Agar ko’zguni buyum tomon l=6 sm ga surilsa, tasvir xaqiqiyligicha qolib, kattalashish K2=5 bo’lgan. Ko’zguning fokus masofasini va optik kuchini toping.
7. Botiq sferik ko’zgu aylanma qirrasining radiusi r = 20 sm “chuqurligi”, yani kesish tekisligidan ko’zguning qutbigacha bo’lgan masofa h=40 sm bo’lsa, ko’zguning bosh fokus masofasini toping.
8. Fokus masofasi F=- 60 sm bo’lgan qavariq sferik ko’zguning qutbidan d=120 sm masofada joylashgan buyum tasvirining kattalashishini toping.
9. Bo’yi h=9 sm bo’lgan buyum egrilik radiusi R=80 sm bo’lgan qavariq sferik ko’zguning qutbidan d=40 sm masofada turibdi. Ko’zguda hosil bo’lgan tasvirining bo’yini toping. Kerakli chizmani chizing.
10. Qavariq sferik ko’zgudan d=20 sm masofada turgan buyumning tasviri ko’zguning qutbi bilan bosh fokusning qoq o’rtasida hosil bo’lsa, ko’zguning egrilik radiusini, fokus masofasini va optik kuchini toping. Kerakli chizmani chizing.
11. Egrilik radiusi R=1,2 m bo’lgan qavariq sferik ko’zguga tushayotgan yig’iluvchi nurlarining davomi ko’zguning orqasidagi bosh optik o’qda d=12 sm masofada kesishadi. Tushayotgan nurlar ko’zgudan qaytganda uning qutbidan qanday masofada uchrashadi?
12. Yig’iluvchi nurlar dastasi qavariq ko’zguga shunday tushadiki, ularning davomi ko’zgu orqasidagi o’qda ko’zgudan d=12 sm masofada kesishadi. Ular ko’zgudan qaytgach esa ko’zgu oldidagi o’qda undan f = 20 sm masofada kesishadi. Ko’zguning egrilik radiusini toping.