Optik asboblar. 1. Fokus masofalari F1=5 sm va F2=5 mm bo’lgan lupalarning normal ko’rish masofasi L0=25 sm ga akkomodosiyalangan (moslashgan) ko’z uchun kattalashtirishlari K1 va K2 ni toping hamda zaruriy chizmani chizing.
2. Absolyut sindirish ko’rsatkichi n = 1,5 bo’lgan shishadan yasalgan, egrilik radiuslari R=0,5 sm dan bo’lgan ikki yoqlama qavariq linza lupa sifatida ishlatilmoqda. Normal ko’rish masofasi L0=25 sm ga moslashgan akkomodatsiyalangan ko’z uchun lupaning kattalashtirishini toping.
3. O’lchami h=36 mm bo’lgan diapozitiv ekranga H=3 m o’lchamda proyeksiyalanadi. Ekrandan f=6 m masofada turgan proyeksion apparat obyektivining optic kuchini toping.
4. Proyeksion apparat obyektivining fokus masofasi F=15 sm. O’lchami h=12 sm bo’lgan diapozitivning ekranda H=60 sm o’lchamli tasvirini hosil qilish uchun diapozitivni obyektivdan qanday masofada o’rnatish kerak?
5. Epidoskopdan ekrangacha bo’lgan masofa f=3 m. Agar balandligi h=5 sm bo’lgan rasmning ekranda hosil bo’lgan tasvirining balandligi H=1,2 m bo’lsa, epidoskop obyektivining fokus masofasini toping.
6. Mikroskop obyektivining fokus masofasi F1=3 mm, tubusining uzunligi (obyektivning orqa fokusidan okulyarning old fokusigacha bo’lgan masofa) δ=15 sm bo’lib, mikroskopning kattalashtirishi K=2500. Mikroskop okulyarining fokus masofasini toping va mikroskopdagi nurning yo’lini chizing.
7. Obyektivi va okulyarining fokus masofalari mos ravishda F1=4 mm va F2=5 sm, obyektivdan okulyargacha bo’lgan masofa δ=21,4 sm bo’lgan mikroskopning kattalashtirishini toping.
8. Mikroskop okulyarining fokus masofasi F2=5 sm, obyektivi va okulyari orasidagi masofa esa l=20 sm. Agar mikroskopning kattalashtirishi K=500 bo’lsa, obyektivining fokus masofasini toping.
9. “Zenit” fotoapparatining bosh fokus masofasi F=50 mm, plyonkasidagi kadrning uzunligi H=36 mm bo’lsa, balandligi h=90 m bo’lgan binoning suratini qanday uzoqlikda turib olishi kerak? Fotoapparatdagi nurning yo’lini chizing.
10. d=5 km balandlikda uchib borayotgan samolyotdan obyektning rasmini H:h=1:20000 masshtabda olish uchun ishlatiladigan fotoapparat obyektivining bosh fokus masofasi qanday bo’lishi kerak?
11. Uzoqdan ko’ruvchi odam kitobni ko’zdan d1=80 sm dank am bo’lmagan masofada ko’zini zo’riqtirmay o’qiy oladi. Odam normal ko’rish masofasi L0=25 sm da kitobni o’qiy olish uchun taqishi zarur bo’lgan ko’zoynakning optic kuchini toping.
12. Ko’zining akkomodatsiya chegaralari d1=16 sm va d2=80 sm bo’lgan yaqini ko’ruvchi odam ko’zoynagi bilan uzoqdagi buyumlarni juda yazshi ko’ra oladi. U shu ko’zoynagi bilan kitobni ko’zini zo’riqtirmasdan o’qiy oladigan kitobgacha bo’lgan eng qisqa masofani toping.