90
I
μ
= I
ekv
+ I'
2
Magnitlanish toki I
ekv
o‘zgarmas bo‘lgandagi rotor tokiga bog‘liq bo‘ladi.
Sirpanish ortishi bilan magnitlanish toki rotor reaktiv toki ta’sirida kamayib boradi.
Mexanik xarakteristikalarni taxminiy hisoblash (motor to‘yinishini inobatga
olmay) soddalashtirilgan formulasi motor rejimidagi Kloss formulasiga o‘xshash
bo‘ladi:
M =
bu yerda:
=
,
S
=
Shuni alohida ko‘rsatish kerakki, dinamik tormozlanish
rejimidagi kritik
sirpanish motor rejimidagi kritik sirpanishdan ancha kam bo‘ladi, chunki X
μ
>>X
k
.
Motor motor rejimidagi maksimal momentga teng bo‘lgan maksimal tormozlanish
momentini hosil qilish uchun I
ekW
tok I
0
magnitlanish tokidan 2–4 barobar ko‘p
bo‘lishi kerak. O‘zgarmas tokli iste’mol manbasi kuchlanishi
nominal qiymatdan
ancha kam bo‘ladi va taxminan quyidagiga teng bo‘ladi:
U
d.t
= (2,5 - 4) I
ekv
r
1
Dinamik tormozlanish rejimida ishlaydigan asinxron motor energetik
jihatdan generator sifatida ishlaydi. U rotor zanjirining
qarshiligi bilan yuklanadi
va motoriga kelayotgan barcha mexanik quvvat tormozlanish paytida elektrik
quvvatga aylanadi va rotor zanjiri qarshiliklarini qizdirishga sarflanadi.
Dinamik tormozlanish rejimidagi asinxron mashinani qo‘zg‘atish
nafaqat
stator chulg‘amiga o‘zgarmas tok berish bilan, balki o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish rejimini
qo‘llab, stator zanjiriga kondensatorlar ulash yo‘li bilan ham amalga oshirilishi
mumkin (3.19 - rasm). Bunday usul asinxron
motorlarning kondensatorli
tormozlanishi deyiladi. Energetik mohiyati jihatidan tormozlanshining bunday
usuli dinamik tormozlanishga o‘xshashdir. Chunki,
valdan kelayotgan energiya
elektr energiyasiga aylanadi va motor rotoridagi isroflar ko‘rinishida taqsimlanadi.