O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182
1,1
/
-«Oldinga» va «orqaga» ulanishdagi tabiiy mexanik tavsiflar. 
2-rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulangan fazaviy rotorli motorning 
mexanik tavsiflari. 
Ikkinchi holatda mexanik tormoz olingandan so‘ng yuqoriga harakat uchun 
ulangan motor tushirilayotgan yuk og‘irlik kuchi ta’sirida teskari yo‘nalishda 2 
nuqtaga tegishli bo‘lgan tezlik bilan aylanadi. Yukni og‘irlik kuchini yengish 
uchun teskari ulanish rejimi faqatgina faza rotorli motorlarda qo‘llaniladi. Bunda 
rotor zanjiriga qarshilik ulanadi. Bunga 3.20 - rasmdagi 1-«oldinga» va «orqaga» 
ulanganda tabiiy va 2-mexanik harakteristikalar to‘g‘ri keladi. 2- rotor zanjiriga 
qo‘shimcha qarshilik ulangan holatdagi fazarotorli motorning mexanik 
harakteristikalari. 
Energetik jihatdan teskari ulanish rejimi juda ham noqulaydir. Bu rejimda 
qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar uchun tok kuchi yurituvchi tok kuchidan 10 
barobargacha ortib ketishi mumkin. Rotor zanjiridagi isroflar motor qisqa tutashuvi 


93 
isrofidan va tormozlanish paytida valga beriladigan quvvat isroflaridan tashkil 
topadi: 
P
tes.ul 
= M
t * 
0
 + M
t * 
 
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar uchun teskari ulanish rejimini bir 
necha sekundgina qo‘llash mumkin. Faza rotorli motorlardan foydalanilganda esa 
teskari ulanish rejimini qo‘llaganda rotor zanjiriga albatta qo‘shimcha qarshilik 
ulanish shart. Bu holatda ham isroflar katta bo‘ladi, biroq ularni qo‘shimcha 
qarshiliklar yordamida muvofiqlashtiriladi. 
3.2.8. Ko‘p tezlikli asinxron motorlarning mexanik harakteristikalari 
Modomiki, (3.3)ga asosan stator elektrmagnit maydonining aylanish tezligi 
motor qutb juftliklari P
n
soniga bog‘liq bo‘lar ekan, qisqa tutashgan rotorli 
asinxron motorlarning shunday modifikatsiyalari borki, ularda qutb juftliklari 
sonini 2,3,4 taga ko‘paytirib, bir nechta tezlikli motor hosil qilish imkonini beradi. 
Qutb juftliklari sonini oshirish konstruktiv jixatdan ikki xil usul bilan amalga 
oshirish mumkin. Birinchi usulda motor ariqchalariga ikki yoki uchta o‘zaro 
bog‘liq bo‘lmagan va turli
P
n
soniga ega bo‘lgan chulg‘amlar o‘rnatish mumkin. 
Bunda motor o‘lchamlari ancha kattalashadi, lekin qutb juftliklari sonini 
hohlagancha ko‘paytirish mumkin. 
Ikkinchi usulda ikki xil qutb juftliklarini hosil qilish uchun bir xil 
chulg‘amning o‘zidan foydalaniladi. Turli 
P
n
sonini hosil qilish uchun esa 
chulg‘am sektsiyalarini qayta ulash bilan amalga oshiriladi. 
Ko‘proq tarqalgan usullar yulduz-qo‘shyulduz va uchburchak-qo‘shyulduz 
usullari hisoblanadi.
Yulduz-qo‘shyulduz
sxemasini ko‘rib chiqamiz. (3.21 - 
rasmga qarang). Bu sxemada xar bir faza chulg‘ami 2ta sektsiyadan tashkil topadi. 
Ular parallel yoki ketma-ket ulanish mumkin. Paralel ulanishda kuchlanish 
chulg‘amining o‘rta nuqtalariga keltiriladi, chulg‘am boshlanishi esa o‘zaro 
tutashtiriladi. Ikkita parallel ulangan chulg‘amlar tizimi hosil bo‘ladi, ular 


94 
qo‘shyulduz (
) sxemasi bo‘yicha ulangan. Bunday ulanish qutb sonining 
kam bo‘lishiga mos keladi. 3.21 b - rasmdagi mexanik xarakteristika shu sxemaga 
mos keladi. 
Chulg‘am sektsiyalari ketma-ket ulanganda qutb juftliklari soni 2 marta 
oshadi, shuning uchun bu holatda motor tezligi 2 marta kamayadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin