O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. TO – D reverssiz yuritmasining mexanik xarakteristikalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   182
5.13 - rasm. TO – D reverssiz yuritmasining mexanik xarakteristikalari


144 
Tiristorli elektr yuritmaning eng ko‘p qo‘llaniladigan kuch sxemalari 5.10 –- 
rasmda ko‘rsatilgan. 5.10 a va 5.10 b sxemalar reverssiz elektr yuritmalarga 
tegishli. Bu sxemalarda iste’mol kuchlanishining qutbi va yakor zanjiridagi tok 
yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin emas. 
Agar yuritma uzluksiz tok rejimida ishlayapti deb tasavvur qilsak (L
d
), 
mexanik xarakteristikalar bir – biriga parallel bo‘lgan og‘ma to‘g‘ri chiziqlar 
ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda to‘g‘irlangan kuchlanish kamayishi bilan ( α burchak 
oshishi bilan) ω
0
ham kamayadi. 
Bu holatda mexanik xarakteristikalar (5.5) asosida kelib chiqqan quyidagi 
formula bilan chiziladi: 

(5.21) 
Yakor zanjiri induktivligi L
d
chegaraviy qiymatlarida, momentning kichik 
qiymatlarida (yakor toki) – I
cheg
chegaraviy chizig‘idan chaproqda – mexanik 
xarakteristikalar chiziqliligini yo‘qotadi va yuqoriga qarab qiyshayadi. Bu uzuqli 
tok zonasiga o‘tish natijasi bo‘ladi. Uzluksiz tok chegarasini aniqlovchi chiziq 
(5.20) formula bilan aniqlanadi. 
Tokning uzuqli zonasini kamaytirish hoxishi bo‘lsa, motor yakori bilan 
ketma – ket ravishda silliqlovchi drossel ulanadi. Bu drosselning induktivligi 
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
L
d

(5.22) 
Bu yerda I
cheg
- ω = 0 bo‘lgandagi chegaraviy tokning qiymati. 
TO’ – D reverssiz yuritmasining mexanik xarakteristikalari ordinata o‘qini 
kesib o‘tmaydi, chunki reverssiz sxemalarda tok yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin 
emas. Natijada rekuperativ tormozlanish rejimi bo‘lmaydi. TO’ – D tizimi 


145 
reverssiz yuritmalarda motorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun motorni 
qo‘zg‘atuvchi chulg‘ami toki yo‘nalishini o‘zgartiradi. 
M – ω maydonning barcha to‘rtala kvadratlarida ishlaydigan elektr 
yuritmani hosil qilish uchun reversli tiristorli o‘zgartirgichidan foydalanish 
mumkin. Bu o‘zgartirgich yakor tokining ikki tomonlama o‘tishini ta’minlaydi. 
Reversli tiristorli o‘zgartirgichlar ikki guruh tiristorlariga ega, ular bir – biriga 
qarama – qarshi parallel ulanadi. Eng ko‘p ishlatiladigan reversli tiristorli elektr 
yuritma sxemasi 5.10 v - rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxemada ikkita tiristorli 
o‘zgartirgich bor: UZ(old) va UZ(orq). Ularning xar biri uch fazali ko‘prikli sxema 
bo‘yicha yig‘ilgan, va o‘zgartirilgan tok tarafidan bir – biriga qarama – qarshi 
qutblari bilan o‘zaro parallel ulangan. Ikkala guruhdagi tiristorlarga bir vaqtda 
ochuv impuls berish mumkin emas, bunda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. 
Shuning uchun berilgan sxemada UZ(old) va UZ(orq) tiristorlar guruhidan faqat 
bittasi ishlashi mumkin; ikkinchi guruh esa yopiq bo‘ladi (akslanuvchi impuls 
olinadi). Bunday reversli sxema tiristorlar guruhini aloxida boshqarish sxemasi 
deyiladi. 
Alohida boshqarishda faqat aytilgan paytda tok o‘tkazishi kerak bo‘lgan 
tiristorlar guruhi ulanadi. Bu guruhni tanlash yuritma motorining aylanish 
yo‘nalishini tanlashga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni «oldinga» yoki «orqaga», va yuritmani 
ish rejimiga; harakat rejimini, yoki rekuperativ tormozlanish rejimini. Shunga 
ko‘ra kerakli guruhni tanlashni jadval ko‘rinishida keltirish mumkin. (5.2 - jadval). 
5.2.- jadval. 
Xarakat 
yo‘nalishi 
Ish 
rejimi 
Harakat 
tormoz 
Oldinga 
UZ(old) 
UZ(orq) 
Orqaga 
UZ(orq) 
UZ(old) 
Boshqaruv tizimlarida tiristorlarning kerakli guruhini tanlash va ulash 
avtomatik tarzda mantiqiy ulash qurilmasi MUQ orqali amalga oshiriladi. MUQ 
avtomatik tuzilmaning tuzilish prinsipi 5.14 - rasmda ko‘rsatilgan. 


146 
Yuritma «oldinga» harakat rejimida ishlagandagi yakor toki yo‘nalishini 
musbat deb qabul qilamiz. ω
vaz.
Tezlikning musbat signali berilganda («oldinga» 
harakatga mos kelganda) va tezlik bo‘yicha hato signal bo‘lganda, MUQ ga tok 
rostlagichdan kelayotgan signal (+) ishoraga ega bo‘ladi. Bunga mos ravishda 
MUQ K(L) elektron kalitni yoqadi va UZ(old) tiristorlar guruhiga ochuvchi 
impulslar beriladi. α
old 
boshqarish burchagi avtomatik rostlash tizimi orqali 
tanlanadi va o‘rnatiladi. Bu burchak R
I
tok rostlagich chiqishidagi signalga 
moslashtiriladi. Har ikkala IFBT (old) va (orq) o‘zaro kelishgan holda ishlaydi, 
bunda burchaklar yig‘indisi π ga teng bo‘lishi kerak bo‘ladi. 
α
old 
+ α
orq
 = π 
(5.23) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin