Nazorat savollari:
1-topshiriq:Ko`makchilarni topib, ularni bog`lanib kelaetgan so`zlar bilan qanday so`roqqa javob bo`layotganligini va qanday gap bo`lagi vazifasida kelayotganligini aniqlang.
1.Mehnat, bilim va qunt bilan kular chin xavas.
2.Ko`rishmoq uchun u uzoqdan quchoq ochib keldi. (O.)
3.Daryoning u betiga ko`prik bilan o`tdik.
4.Beg`ubor osmonda tayyora qanotlari kumush kabi yaltirab ko`rindi.
5.Jamoa xo`jaligi a'zolari dala tomon yo`l oldilar.
6.Sug`oriladigan ekin maydonlari yil sayin ko`paytirilmoqda.
7.Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi.(Maqol)
2-topshiriq: Ko`makchilarning qanday sintaktik munosabat ifodalayotganini, ularning mustaqil so`zlardan farqini ayting.
1.Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
2.Ertaga albatta mening qoshimga keling.
3.Taqdirni qo`l bilan yaratur inson, g`oyibdan kelajak baxt bir afsona(G`.G`ulom)
4.Toshpo`latov uch kundan beri shu erda. Kecha kun bo`yi tepalik yonida g`isht kuyayotganlar bilan birga bo`ldi.(R.F)
5.Inson so`zlash qobiliyati tufayli xayvondan farq qiladi.
6.Jasorat iste'dod singari maqsad sari boradigan yo`lni osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |