2-savol bayoni: Ko`makchi va uning ma'nosi, turlari.
Ot, olmosh va otlashgan so`zlar, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularning boshqa so`zlarga munosabatini bildirgan yordamchi so`zlar ko`makchi deb ataladi:Masalan: Xadicha xola Bahorobod qishlog`ida kichik o`g`li Obidjon bilan turar edi. Sen uchun kitob olib keldim.
Ko‘makchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Sof ko‘makchilar lug‘aviy ma'nolarini butunlay yo‘qotib, vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchalariga yaqin turadigan so‘zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig‘. Bunday ko‘makchilar urg‘u olmaydi, urg‘u ko‘makchidan oldingi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi (22; 61).
Dostları ilə paylaş: |