O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə100/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

1) boshkelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:

Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko‘makchisi birgalik, vosita, tez bosg‘lanish, payt, ish-harakat ob'ekti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.

Uchun(qisqa shakli: -chun) ko‘makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O‘qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.

D i q q a t !-la, -chun shakllari o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo‘llarim-la, Vatan-chun.

Uchun, bilan, kabi, singari ko‘makchilari qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan ham jubqo‘llanishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari.

Ko‘makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o‘xshaydi. Ayrim hollarda ko‘makchi kelishik qo‘shimchasi o‘rnida yoki kelishik qo‘shimchasi ko‘makchi o‘rnida almashib kelishi mumkin. Ko‘makchilar tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari o‘rnida almashib kelishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib berdi -Borganini gapirib berdi. Biroq hamma vaqt ham ko‘makchi o‘rnida kelishik qo‘shimchasi ishlatilaver­maydi: Do‘stiga yordamlashdi gapida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida ko‘makchini qo‘llab bo‘lmaydi.

Ko`makchilar vazifasiga ko`ra kelishiklarga o`xshaydi. Ba'zan ko`makchilar kelishiklar bilan bir xil vazifada kelib, biri ikkinchisining o`rnida ishlatiladi. Masalan: Kul bilan ko`tardim. Kulda ko`tardim. (vosita ma'nosi) Jahonda dong`imiz paxta orqali.(G.G.) Jahonda dong`imiz paxtadan(vosita yoki sabab ma'nosi). Maktab uchun mebel olindi. Maktabga mebel olindi (atalganlik ma'nosi).

Lekin ko`makchi bilan kelishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda ham ko`rish mumkin: Paxta uchun ko`rash – paxtaga ko`rash birikuvlarida uchun ko`makchisini jo`nalish kelishigi qo`shimchasi – ga bilan almashtirib bo`lmaydi .

Ko`makchi qaysi so`zdan keyin kelsa, u o`sha so`z bilan birgalikda bir so`roqqa javob bo`ladi va bitta sintaktik vazifada, bitta gap bo`lagi bo`lib keladi. M-n: Gap elektrostantsiya haqida (nima haqida?)bordi.(Sh.R)Gulnor Mastura bilan (kim bilan?) dars tayyorlayapti.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin