O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə99/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

2. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar (vazifadosh ko‘makchilar (22; 63) gapda o‘rni bilan mustaqil so‘z, o‘rni bilan ko‘makchi bo‘lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko‘makchilarga ko‘chadi:

1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda;

2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa;

3) fe'ldan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;

4) ravishdan: avval, so‘ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan.

3. Ko‘makchi-bog‘lovchilar bog‘lovchi vazifasini ham bajaradigan ko‘makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o‘tsin deb(deya), u ko‘p mehnat qildi.

4. Ko‘makchi otlaro‘z lug‘aviy ma'nolarini saqlagan holda ko‘makchi o‘rnida kelib, harakat bilan predmet o‘rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so‘zlardir. Bu so‘zlar o‘rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo‘shimchalarini qabul qiladi: old, o‘rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so‘zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelgandagina ko‘makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig‘i ostida. Aks holda, ular o‘rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko‘makchi otlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

1) vertikal yo‘nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.

2)gorizontal yo‘nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;

3) aralash yo‘nalishni bildiruvchi: o‘rta, ora, bosh.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin