3-savol bayoni: Asl ko‘makchilar, vazifadosh ko‘makchilar.
Hozirgi o`zbek tilida: bilan, uchun, sari, kabi, sayin, qadar, singari ma'nosini tamoman yo`qotgan, shuningdek tomon, orqali, sababli, qarab, qaramay, so`ng, tashqari, nari, beri, chog`li kabi ko`makchi vazifasida qo`llanuvchi so`zlar ko`makchilar sanaladi. Shunga ko`ra ko`makchilar ikkiga:1)sof ko`makchilar; 2)funktsional ko`makchilarga bo`linadi.
Sof ko`makchilar. Sof ko`makchilar lug`aviy ma'nosini yo`qotgan bo`lib,boshqa so`zlar bilan birikib kelgandagina turli munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqarish xususiyatiga ko`ra sof ko`makchilar ikki guruhga bo`linadi:1)bir xil kelishikdagi so`z bilan keluvchi sof ko`makchilar,2)turli kelishiklar bilan qo`llanuvchi sof ko`makchilar.
Sayin, o`zra, orqali va boshqa ayrim sof ko`makchilar bosh kelishikdagi otlar bilan qo`llanadi: kun sayin,borgan sayin kabi.Bunda ular harakatning takrorlanishi davom etishi kabi ma'nolarni ifodalaydi.M-n:Ro`zgori ham kun sayin but bulyapti (O)
Orqali ko`makchisi vosita ma'nosini anglatadi: Xat pochta orqali olindi.Tufayli ko`makchisi sabab ma'nosini anglatadi: Sen tufayli ulug martabali bo`ldi. Yanglig, kabi ko`makchilari chogishtirish, o`xshatish kabi ma'nolarni bildiradi: Irodaning kilich kabi utkirdir dami.(O)
Sari o`rin, payt va yunalish kabi ma'nolarni ifodalaydi. Ulgaygan sari, yakinlashgan sari kabilar. Turli kelishikdagi otlar bilan keluvchi sof ko`makchilar bosh, qaratqich, jo`nalish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadi. Bunday ko`makchilarga kabi, singari, bilan, uchun, kadar ko`makchilar misoldir.
Kabi, singari ko`makchilari chogishtirish,o`xshatish ma'nolarini anglatadi.Bahor toshqini kabi extiroslar bilan keldi. (S.An.)Uning o`zi so`zi singari sof edi.
Bilan ko`makchisi vosita, sabab, maqsad, payt kabi ma'nolarni anglatadi.Uning birlan, birla, -ila, -la kabi shakllari she'riyatda qo`llanadi. Gap bilan va'da berma, ish bilan ber. Tilak bilan kelgan, tong bilan uyg`ongan kabi.
Uchun ko`makchisi sabab, maqsad, atalganlik kabi ma'nolarni anglatadi: Bu boyliklar sen uchun, qizim. Ataylab ko`rish uchun keldi kabi.
Qadar ko`makchisi chogishtirish,masofa, vaqt va o`ringa munosabat ma'nolarini anglatadi: Aziza o`rtoqlarini kechga qadar kutdi.
Vazifadosh ko`makchilar. Funktsional ko`makchilar turli so`z turkumlaridan bo`lib, ular gapda o`rni bilan ko`makchi vazifasida qo`llanadi. Turkumiga va ma'no xususiyatiga ko`ra funktsional ko`makchilar quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ot ko`makchilar: tomon, old, yon, orqa, xususida, urnida, ichida kabilar.
2.Sifat ko`makchilar: boshqa, qarshi, tashqari kabilar.
3.Fe'l ko`makchilar: ko`ra, qarab, qaraganda, bo`ylab, boshlab, tortib kabilar.
3.Ravish ko`makchilar: burun, avval, ilgari, bori, so`ng, keyin kabilar.
Dostları ilə paylaş: |