O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə119/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:

Modal so`z va modallik, modal mano, modal so`zlar, fikrning tasdig‘ini bildiruvchi modal so`zlar, fikrni taxmin yo`li bilan ifodalovchi modal so`zlar, fikrning o`zaro munosabati va tartibini bildiruvchi modal so`zlar.



1-savol bayoni: Alohida olingan so‘zlar haqida.Modal so`zlar.

O`zbek tilida modal manolar turli yo`llar bilan ifodalanadi.

Ot, fel, ravish so`zlarning maxsus formalari, yuklama va ko`makchilar hamda modal so`zlar o`z manolari bilan modallik anglatib turadi.

O`zbek tilida modal mano ifodalash uchun xizmat qiladigan alohida so`zlar guruhi borki , ular modal so`zlar deb yuritiladi.

Modal so`zlar (lotincha modus-usul, o`lchov, miqdor demakdir.) So`zlovchining gapda ifodalangan fikrga munosabatini anglatib turadi. Modal so`zlar mustaqil so`zlar kabi predmet, belgi va harakat kabi manolarni atamaydi, gap bo`lagi bo`lib kelaolmaydi. Ular odatda butun gapga tegishli bo`ladi: Mehnat ham turmush tajribasi, hunari bo`lmagan odam ishdagi kishining uyini, tuyg`usini anglamaydi, degan gapga albatta ,shubhasiz, ehtimol, demak kabi so`zlar qo`shilganda ham bu gapning manosi o`zgarmaydi.

Modal so`zlar bir butun leksik birlik sifatida qaraladi, ular morfemalarga ajratilmaydi; shubxasiz, so`zsiz kabi. Modal so`zlarning morfologik belgisi ularning o`zgarmasligidadir. Modal so`zlar gapning biror bo`lagiga yoki butun gapga taluqli bo`lib, kirish so`z vazifasida keladi va bu uning sintaktik vazifasi sanaladi. Semantik belgisi aniq tasdik yoki taxmin kabi modal manolarni ifodalashdir. Modal so`zlar mustaqil so`zlarga nisbatan kamroq nominativlikni, yordamchi so`zlarga nisbatan ko`proq mustaqillikga egaligi bilan xarakterlanadi.

Demak, fikrning voqelikka munosabatini aniq tasdiq va taxmin yo`li bilan bildirib, morfologik jihatdan o`zgarmaydigan, kirish so`z vazifasida keladigan so`zlar modal so`zlardir. Modal so`zlar aslida mustaqil so`zlardan o`sib chiqqan: afti- dan, haqiqatdan so`zlari ot turkumidan, shubhasiz, so`zsiz, tabiiy so`zlari sifatdan va boshqalar.

Modal so`zlar manosiga ko`ra ikki guruhga: fikrning aniqligini, fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so`zlarga bo`linadi.

Fikrning aniqligini bildiruvchi modal so`zlar uning rostligini, chinligini ifoda etadi: albatta, tabiiy, haqiqatdan, shubhasiz kabilar.Fikrning noaniqligi gumon, tusmol, taxmin qilinadi. Bunday modal so`zlarga balki, ehtimol, chamasi kiradi.

Shuningdek, modal so`zlar afsuslanish (attang),fikrning o`zaro munosabati va tartibi (demak, xususan, xullas, masalan, jumadan, chunonchi, birinchidan, ikkinchidan kabilar) manolarini ifodalaydi.

Tilimizdagi mumkin, lozim, kerak, darkor, zarur, shart kabi so`zlar modal ma'nolar ifodalaydi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin