Chiqish kelishigi. Chiqish kelishigi ish-harakatning chiqish nuqtasini, shuningdek, ob'ekt, manba, payt, sabab, qiyoslash ma'nolarini ifoda qiladi. Bu kelishik -dan affiksi orqali shakllanadi: Endi uxlagan ekanman, birov divandan uloqtirib yuborganday bo`ldi. (U.Xoshimov.).
Chiqish kelishigi affiksi shevalarda, yozma yodgorliklar, klassik adabiyotda, folklor asarlarda –din, -tin, -tan, -tan shaklida uchraydi:
Chiqish kelishigida so`z mustaqil so`zga tobe holatda bo`ladi: Maqsadi aniq kishi yo`ldan adashmaydi. (L.Bat.).
Chiqish kelishigi formasidagi ot gapda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Chiqish kelishigi formasida kelib, kimdan? nimadan? so`roqlariga javob bo`ladi. Bunda butunning qismi ifoda qilinadi: Xofizlar Navoiy gazallaridan o`qishdi. (S.Axmad.).
Chiqish kelishigi qaratqich kelishigi vazifasida kelib, kimdan? nimadan? so`roqlariga javob bo`lib to`dadan birini ifoda qiladi: Kechqurun Sidiqjonni ko`rgani bolaligidagi o`rtoqlaridan biri keldi. (A.Q.).
2). Qaerdan? so`rog`iga javob bo`lib ish-harakatning manbai, gapda o`rin holi bo`lib keladi: Ko`p o`tmay ichkari xonadan professor chiqdi. (O`.Umarbekov.).
3). Kimdan?, nimadan? so`roqlariga javob bo`lib, ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi va gapda sabab holi bo`lib keladi: Biz bir ota-bir onadan ikki o`g`il edik.
4). Nimadan? yoki nima sababdan? so`roqlariga javob bo`lib, ish-haraktning bajarilish sababini anglatadi va gapda sabab holi bo`lib keladi: Yodgor cholning soddaligidan xuzur qilib kuldi. (O`.Xoshimov.).
Chiqish kelishigidagi so`zlar kesim bo`lib kelganda, -mi yuklamali tuslovchi affikslar olib kelishi ham mumkin: Bolam qurilishdanmisizlar, deyman?
Dostları ilə paylaş: |