O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Egalik qo`shimchalarining ishlatilishida ikki holat kuzatiladi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə35/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Egalik qo`shimchalarining ishlatilishida ikki holat kuzatiladi:

Egalik qo`shimchasi o`zi qo`shilgan so`zning boshqa so`z bilan boglanilishida ishlatiladi. Bunda egalikni qabul qilgan so`z qaratqich kelishigidagi so`z bilan sintaktik aloqaga kirishadi. qaratqich kelishigi kishilik olmoshlariga qo`shiladi va bunda qaratqich bilan qaralmish shaxsda moslashadi. Mening maktabim. Bizning maktabimiz. Sening maktabing. Sizning maktabingiz. Uning maktabi. Ularning maktabi. Bu misollarda qaratqich bilan qaralmish shaxsda moslashgan bo`lib, ularning 1 va 11 shaxs ko`plik formalari ham ko`plik, ham birlik (sizlash) ma'nosida qo`llana oladi.

Biz, siz kishilik olmoshlari ham ko`plik, ham birlik ma'nosida qo`llangani uchun ko`plik ma'nosi ifodalanganda ba'zan -lar qo`shimchasini ham oladi: Bizlarning kitobimiz, sizlarning kitobingiz.

Egalik qo`shimchasini olgan so`z ba'zan chiqish kelishigidagi so`zlar bilan bog‘lanishi ham mumkin. Bunda qaralmish miqdor yoki belgi anglatadigan so`zlardan bo`lib, qaratqich esa ko`plik formadagi so`z yoki bittadan ortiq miqdorni ifodalovchi sifatlovchi bo`lishi mumkin: Talabalardan biri, o`quvchilarning barchasi kabi.

Egalik qo`shimchasi o`zi qo`shilgan o`zak doirasida ishlatiladi va bunda ikki holat kuzatiladi: a) egalik affiksi vazifasida kelib, grammatik mohiyatini – ma'nosini saqlaydi: bu vazifada kelganda egalik qo`shimchasi ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so`zlarga qo`shilaveradi: o`zim, uyalishing, o`qishing kabi va

b) egalik qo`shimchasi o`zining grammatik ma'nosini yo`qotib, o`zi qo`shilgan so`zning o`zagi bilan birgalikda leksemlashib, boshqa so`z turkumiga –ravishga utadi: ertasi, kundzi, kechasi; modal so`zga o`tadi: chamasi, yaxshisi, chog`i, mazmuni kabi.Egalik qo`shimchasi oddiy gap bo`lgi vazifasidagi so`zlarga qo`shiladi. Ayni chogda, bir butun xolda qo`llanadigan konstruktsyalarga ham qo`shilib kelishi mumkin: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, nohiya ijroiya qo`mitasi, Sirdaryo muallimlik oligohi va boshqalar.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin