Nazorat soavollari
1. Egalik kategoriyasi va uning smenatik grammatik tabiati haqida tushuntiring.
2. Egalik qo`shimchalarining shaxs-son ma'nosini ifodalashini tushuntirib bering.
3. Egalik qo`shimchalarining joylashishi o`rnini aytib bering.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida otning boshqa so`zlar bilan sintaktik munosabatini ko`rsatuvchi ma'nolari va bu ma'nolarini ifodalovchi formalar sistemasi kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi olti grammatik ma'no yoki olti kelishikni birlashtiradi: bosh kelishik, qaratqich kelishik, tushum kelishigi, chiqish kelishigi, jo`nalish kelishigi, o`rin kelishigi.
Kelishiklar ifoda qiladigan munosabatlarning umumlashgan ma'nolari so`zlar paradigmasida emas, so`z birikmasida shakllanadi, ya'ni bunday ma'nolar sintagmatik xarakterda bo`ladi. Otlarning kelishik formalar bilan o`zgarishi turlanish, kelishik affiksining o`zi esa turlovchi deyiladi.
Kelishiklar
|
So`roqlar
|
Turlanish
|
Bosh kelishik
|
Kim?, nima?, kaer?
|
Go`zal,kitob,Samarqand
|
qaratqich kelishik
|
Kimning?, nimaning?, kaerning?
|
Go`zalning,kitobning,
Samarqandning
|
Tushum kelishik
|
Kimni?, nimani?, kaerni?
|
Go`zalni,kitobni,Samar-kandni
|
Jo`nalish kelishik
|
Kimga?, nimaga?, kaerga?
|
Go`zalga,kitobga, Samar-
qandga
|
O`rin-payt kelishik
|
Kimda?, nimada?, qaerda?
|
Go`zalda,kitobda,Samar-qandda
|
Chiqish kelishik
|
Kimdan?,nimadan?, qaerdan?
|
Go`zaldan, kitobdan,
Samarqanddan
|
Har bir kelishikning o`z formasi, ma'nosi va sintaktik vazifasi bor. Masalan, jo`nalish kelishigi ot, olmosh, son va otlashgan so`zlarga qo`shilib, ot bilan fe'l orasidagi sintaktik munosabatni ko`rsatadi. Uning asosiy ma'nosi harakatni yunalishi o`rnini bildirishdir. Bundan tashqari payt, atash, sabab, maqsad ma'nolarini ham ifoda qiladi.
Kelishik formasidagi so`zlar gapda boshqa so`zlar bilan quyidagicha munosabatda bo`ladi:
qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiradi: jurnalning varagi, odamning gavdasi.
Tushum, jo`nalish, o`rin, chiqish kelishiklari otni fe'l bilan aloqaga kiritadi: xatni o`qidi, klubga bordim, institutga kirdim, uydan keldim. Kelishik formasidagi otlar ot va fe'ldan boshqa turkumdagi so`zlar bilan ham munosabatga kirishadi: Otdan baland, itdan past.(Topishmoq)Uyat o`limdan qattiq. (Maqol).
Dostları ilə paylaş: |