Nazorat savollari
Otning kategorial va nokategorial formalarini tushuntiring.
Otning funktsional sintaktik formalari turlarini aytib bering.
Otning funktsional analitik formalarini tushuntiring.
Otning juft va takroriy formalarini ayti bering.
7-mavzu: OTLARNING ALOQA –MUNOSABAT KATEGORIYALARI
Reja:
1.Otlarning kelishik kategoriyalari
2.Otlarning egalik kategoriyalari
Predmetning uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini anglatuvchi umumiy ma'nolar va ularni ifodalovchi qo`shimchalar paradigmasi egalik kategoriyasidir.
Ma'lumki, predmetning uch shaxsdan biriga qarashliligi ma'nosini muayyan shakllar, ya'ni qo`shimchalar yuzaga chiqaradi: xuddi ana shu qo`shimchalar egalik qo`shimchalari deb yuritiladi va ularning umumlashgan ma'nolari yig`indisini ifodalovchi qo`shimchalar tizimi - egalik qo`shimchalari paradigmasi ayni paytda egalik kategoriyasi deb ataladi.
Egalik qo`shimchalari tilimizda ikki ma'nolidir: ya'ni ham shaxs, ham son ma'nosini ifoda etadi. Masalan: maktabim-birlik, 1 shaxs; maktabimiz-ko`plik, 1 shaxs. Egalik kategoriyasining asosiy qo`shimchalari quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: |