O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə28/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Nazorat savollari

1. Ot va uning tarifini ayting

2.Otning ma'nosiga ko`ra tasnif mezonlarini ajratib va aytib bera oladi.

3. Otlarning atoqli va turdosh otga bo`linishini tushuntiring .

4. Otning birlik va ko`plik son shakllarining ta'rifini ayting.

5. Otlarning shaxs (kishi) va narsa otlariga bo`linishini tushuntiring.

6. Otlarning sanaladigan va sanalmaydigan turlari haqida tushuncha bering.

Otning funktsional formalari.

Ot so`z turkumi son, egali va kelishik kabi kategorial formalardan tashqari bir qator (nokategorial) funktsional formalarga ham ega. Hozirgi o`zbek tilida, otga xos funktsional formaning yasalishiga ko`ra uch tipi bor: Sintetik forma. Analitik forma. Juft va takroriy forma. Otlarning sintetik funktsional formasi o`z ma'no va vazifalariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: Kichraytish formasi. Erkalash formasi. Xurmat formasi. qarashlilik formasi . Chegara formasi. O`rin belgisi formasi. O`xshatish formasi

Kichraytish formasi. Otlarnin kichraytish formasi –cha, -choq, (chak) affiksari formasida yasaladi. -cha affiksi. Bu affiks orqali yasaluvchi forma asosan kichraytish formasini ifodalaydi: yulduzcha, ayvoncha, o`g`ilcha va xokozolar. Yo`q, unday emas, nohaqlik bo`lgan, -dedi yigitcha qizishib. –cha affiksi shaxs bildiruvchi otlardan erkalash formasi yasaganda, kichraytish bilan birga xurmatlash, erkalash yoki kamsitish ma'nolari ifodalanishi mumkin. Lekin bu ma'nolar kichraytish ma'nosiga qo`shimcha tarzda so`zning leksik ma'nosi va boshqa faktorlar ta'sirida kelib chiqadigan ottenkalar bo`ladi. –cha affiksi bilan yasalgan kichraytish formasi yangi leksik ma'no kasb etishi, yangi so`zga aylanishi mumkin. Natijada kichraytish ma'nosi yo`qolib ketadi. Qizilcha – lavlagi va kasallik nomi. –cha affiksi yoshi va jussasi kichik bo`lgan shaxslarning ismiga qo`shib aytiladi. Karimcha, Bolbekcha kabi.

Erkalash formasi. Otning bu funktsional formasi –jon, -xon, -oy affikslari yordamida yasaladi. –jon affiksi shaxs bildiruvchi turdrosh otlarga yoki shaxslarning nomini bildiruvchi otlarga qo`shilib erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat ifodalovchi forma yasaydi: Erkalash ma'nosi –jon bilan yasalgan formaning asosiy modal ma'nosi bo`lib, erkalash ma'nosining bo`rttirilishida egalik affikslarining roli muhimdir: Buvijon, allani kim chiqargan! Qachon! – Chugurlab so`rashdi nevaralar. –jon affiksi shaxs bildiruvsi turdosh otlarga qo`shilib erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat ifodalovchi forma yasaydi: Nasimjon, oyijon, ukajon kabi. Shuningdek, turdosh va atoqli jonsiz predmetlar nomlariga qo`shilib ham erkalash, suyish ma'nosini ifodalaydi:

Dadajonim och quchoq,

Paxta teray etaklab,

Keltiray dur tergani,

Quyoshjonim etaklab.

-xon, -oy affikslari ham kishi ismini bildiruvchi otlarga qo`shilib erkalash, hurmatlash ma'nosini bildiradi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin