Otning funktsional analitik formalari.
Hozirgi o`zbek tilidagi otning analitik formasi ko`makchi so`z yordamida vujudga keladi. Funktsional formalarning ikkinchi turi analitik formadir.. Bular esa vosita, makon, vaqt, sabab, maqsad kabi ma'nolarni anglatadi. Analitik formani hosil qiluvchi ko`makchilar otning ma'lum bir kelishik formasiga birikadi. Qaychi bilan (qirqmoq), dugonasi uchun(bermoq), tushga yaqin (bormoq) kabilar bunga misol bo`ladi.
Otning funktsional juft va takroriy formalari.
Navbatdagi funktsional formalardan biri, juft va takroriy formalar sanaladi. Bu forma otning umumlashtirish ma'nolarini bildiradi. Otning takroriy formasi ko`plik ma'nosini ifodalay oladi, ma'noni kuchaytiradi. Shu topda u o`zini hamda do`sti Mirvali va uning serzavq-sershovqin jo`ralarini eslab ich-ichidan yonmoqda edi.
Dostları ilə paylaş: |