Otning xurmat formasi. Otning xurmat formasi –lar affiksi yordamida yasaladi: dadamlar, amakimlar kabi: Davdam akamlarni kuzatib uyga kirganlarida soat birga yaqinlashib qolgandi. Hozirgi o`zbek tilida –lar ko`plik ifodalovchi affiks sifatida son kategoriyasining birlik formasiga qarama-qarshi bo`lgan ko`plik formasini yasaydi. Xurmat ifodalovchi affiks sifatida esa funktsional forma hosil qiladi. Xurmat ifodalovchi affiks sifatida esa funktsional forma hosil qiladi. Mustaqil forma sifatida –lar affiksi yordamida yasaluvchi xurmat formasi ko`plik formasidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: Bizga ma'lumki, ot turkumiga oid so`z nutqimizda doim son va kelishik formasida bo`ladi: Delegatlarni kutib oldik, gapida delegat so`zi ko`plik va tushum kelishigi formasida. Ammo egalik formasiga ega emas. Xurmat formasidagi ot esa hamma vaqt egalik formasida bo`ladi.
Kiyoslaymiz: kitoblar kitobning ko`pligi (xurmat ifodalanmagan), kitoblar – ko`plik yoki xurmat: a) o`quvchilarning kitoblari (ko`plik); b) akamning kitoblari (xurmat). Xurmat bildiruvchi –lar so`zga egalik affiksidan so`ng, ko`plik ko`rsatgichi –lar esa undan oldin qo`shiladi: ukamlar (xurmat), ukalarim (ko`plik). Faqat uchinchi shaxsda egalik affiksi xurmat bildiruchi -lar affiksidan so`ng qo`shiladi.
Dostları ilə paylaş: |