Turdosh otlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko`ra aniq va mavhum otlarga bo`linadi. To`g`ridan-to`g`ri predmetni anglatadigan otlar aniq otlar deyiladi. Aniq otlar anglatgan predmetlarni bevosita sanash va ko`rish mumkin.Shu sababli bunday otlar sanoq sonlar bilan, masalan, beshta daftar, minglab odamlar kabi, sintaktik aloqaga kirisha oladi. Shuningdek aniq otlar sub'ektiv baho formalari va ko`plik qo`shimchalarini olishi mumkin: uycha, tuynik, bolagina, kitoblar kabi.
Mavhum tushunchalarni ifodalovchi otlar mavhum otlar deyiladi. Bu otlar odatda mavhum belgi va xususiyatlarni ataydi: sevgi, oqim, tuyg`u, yaxshilik kabi. Mavhum otlar ko`plik ko`rsatgichi –lar qo`shimchasini ham oladi. Agar bu qo`shimcha bilan kelsa ko`plikni ifodalamay, boshqa ottenkalarni anglatadi.
2. Otlar birlik shaklda bir turdagi predmetning o`zini yoki ularning to`dasi (jami)ni bildirishiga ko`ra yakka va to`da otlariga ajratiladi.
Bir turdagi predmetning o`zini bildiruvchi kitob, uy, daraxt kabi so`zlar yakka ot, bir xil predmetlarning jamini ifodalovchi armiya, xalq, qo`shin kabi otlar to`da otlari deb yuritiladi.
3. Kim yoki nima so`zlariga bo`lgan munosabatiga ko`ra otlar kishi va narsa otlariga bo`linadi. Kishi otlari kim? so`rog`ini, narsa otlari nima? so`rog`ini qabul qilib, ular atoqli va turdosh otlardan bo`lishi mumkin.
Otlarni kishi otlari va narsa otlariga ajratish ularda son kategoriyasining ifodalanishinigina emas, balki turlana olish darajasini belgilashda ham muhim rol uynaydi.
4. Sanalish – sanalmasligiga ko`ra otlar,yuqorida aytganimizday ikkiga, sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo`linadi. Sanaladigan otlar asosan aniq otlar, sanalmaydigan otlar asosan modda otlarini tashkil qiladi: beshta daftar, unta kalam; xavo, bulut, shamol kabi. Atoqli otlarning ham aksariyati sanalmaydigan otlardir: Tinch okean, Qora dengiz, Amudaryo, Dilbar G`ulomova, Oybek kabi.6-
Dostları ilə paylaş: |