O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə46/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Nazorat savollari:

1. Berilgan misollarda nisbiy sifatlarning qanday yo`l bilan ifodalanganini aniqlang, tushuntirib bering.

Ishchan, juda ishchan odam (A. K.).

Ko`kni qoplab olgan sanoqsiz yulduzlar, qozonga yopishgan uchqunlardek yaltirab turibdi. (I. R.)

Oppok qizning ko`kish ko`zlari jiqqa ko`z yoshga to`ldi (X. G.)

Ertalabki jismoniy tarbiya salomatlik garovidir.

2. Berilgan sifatlarga –roq qo`shimchasini qo`shib ko`ring. Bu qo`shimcha bilan qo`shila oladigan va qo`shila olmaydigan sifatlar guruhiga ajrating.

Tinch, olmossimon, paxtali, oq, sho‘h, tuzli, chuchuk, do`ppili, nam, badavlat, serfarzand, omilkor, zararsiz, baland.

Sifat darajalari predmetlardagi bir xil belgilarni bir-biridan farqlash uchun qo`llaniladi. Bunday holatlarda birdan ortiq predmetlarning belgilari bir-birlari bilan chog`ishtiriladi: qizil-qizilroq, sariq-sariqroq kabi. Belgi ko`rsatishdagi turli xususiyatlari hisobga olinib, sifatlar uch darajaga bo`linadi.

Oddiy daraja. Bu darajadagi sifat predmetning belgisini to`g`ridan to`g`ri ifodalaydi. Asliy sifatlar asosan oddiy darajada bo`ladi va ular boshqa darajalarni hosil qilishda asos bo`ladi: uzun arqon.

Qiyosiy daraja. Qiyosiy daraja bir predmetdagi belgining ikkinchi predmet belgisiga nisbatan ortiq yoki kamligini qiyos yo`li bilan ko`rsatishga xizmat qiladi. Bu darajaning morfologik ko`rsatkichi -roq affiksidir: shirin-shirinroq, katta-kattaroq kabi. -roq affiksi qo`shilib kelgan sifatlar qiyoslanayotgan belgining daraja miqdorini turlicha me'yorda ko`rsatadi. Bu belgi oddiy daraja holatiga etmaganligini, undan biroz kamligini, kuchsiz ekanligini, ortiqligini ko`rsatishi mumkin.

Kiyosiy daraja ba'zan chiqish, jo`nalish kelishiklar formasini olgan ot so`z va ko`ra, qaraganda, nisbatan, ham kabi ko`makchilarning birikish shaklida ham ifodalanishi mumkin: Alisher boshqa bolalarga ko`ra o`tkir zehnli, mehnatsevar chiqdi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin