O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə9/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash.

Maktabgacha yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‘sish sur’ati avvalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha _A_ kuchayadi. Umumiy o‘sish va tana og‘irligining oshishi bilan bir vaktda bolaning barcha asosiy to‘qimalari va organlari anatomik o‘zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. SHu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‘ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.

Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy o‘rin tutadi. Bolaning imkoniyatlariga muvo-fik oilada va bolalar bog‘chasida ta’sir ko‘rsatishning aniq vositalari va metodlarnni qo‘llash sistemasi: hayot, ovqatlanish tartibi, gimnastyka _A_ va xarakatli o‘yinlar, chiniqish usullari belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolada miya qobig‘i funksional faolligi takomillashib boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta’sirchanligi idrok etishning yorkinligi, o‘tkir-ligini, bolalar ta’sirlanuvchanligini shart kilib qo‘yadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish-da taassurotlar va bilimlarni (bu asosan atrofdagi xayot haqi,-dagi eng oddiy bilimlar bo‘ladi) tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha yoshda tarbiya _A muvofiq tarzda olib bo-rilganda ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko‘rgazmali-ta’sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissnn va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil eti shva umumlashtirish, tasniflashga qodir bo‘lib boradilar, o‘zlarini o‘rab turgan buyumlar va xodisalar to‘g‘risida mulohaza bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi.

Nazorat uchun savol.


  1. Rivojlanishning asosiy mazmuni nima?

  2. SHaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar qaysilar?

  3. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nimada?

  4. Qaysi faoliyat jarayonida o‘rinli rivojlantirish mumkin?

  5. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh hususiyatlarini izohlang.

  6. MAktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini asoslab bering.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin