O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


I.3 Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə5/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

I.3 Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari.
Pedagogika o‘z tadqiqot ob’ektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik xodisalarni takomillashtirishga, ularni to‘g‘ri xal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.

Adabiyotlar bilan ishlash metodi.

Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi. O‘rganilgan xujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador xujjatlari, qonunshunoslikka oid huquqiy xujjatlar kiradi. SHu bilan birga pedagogika faniga oid bo‘lgan tarixiy pedagogik adabiyotlar, darsliklar, o‘quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarining qaytomonlama yaxshi ochilgan, qaysi masalalarni xal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish.

Ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi.

Pedagogikaning ko‘pgina muammolarini xal etishda ta’lim-tarbiya sohasidagi orttirilgan tajribalarni muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribani o‘rganish jarayonidagi muammo: yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o‘rganishda kuzatish, anketalashtirish, tarbiyachi va bolalarning ijodiy ishlari, pedagogik xujjatlari o‘rganish metodlaridan foydalaniladi.

Kuzatish metodi.

Ma’lum bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko‘zlab muntazam ravishda o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o‘zgarishi kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktlar to‘plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.

Suhbat metodi.

fakt-dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plagan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa tarzida bo‘lishi mumkin. Suhbat bolalarning hayotining u yoki bu voqea xodisalari to‘g‘risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o‘tkaziladi.

Anketa yo‘li bilan so‘rash metodi.

Anketa yo‘li bilan so‘rash metodining boshqa metodlardan afzalligi shundaki, qisqa vaqt ichida anketa orqali anchagina kishilarga savollar berib, ulardan yozma javoblar olish mumkin. Olingan javoblar ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi.

Xujjatlarni va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi.

Pedagogik xujjatlarni o‘rganish orqali tadqiqotchi o‘rganilayotgan bo’ekt to‘g‘risida har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga MTM mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, MTM tarbiyalanuvchilarining rasmlari, loydan yasagan buyumlari va shu kabilar kiradi. M: bolaning ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, tahlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarni qay darajada murakkablashib borganini, ularda tasvirlash faoliyati qanday rivojlanib borganini aniqlashga hamda ular bilan olib boriladigan keyingi ishlarni belgilashga yordam beradi.
Nazorat uchun savollar.


  1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi predmeti nima?

  2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi maqsad va vazifalari hakida nimalarni bilasiz?

  3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi qaysi fanlar bilan aloqador?

  4. Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar, ular qaysilar?


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin