O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


I.2 Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

I.2 Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi faktlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. CHunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy xodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika fapiga asoslanadi. Etika ahloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.

Estetika – insonlarni voqelikka, san’atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-xarakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan roganizm tuzilishining va xarakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg‘ulotlari shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerf sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘rischidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.

Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. SHu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. SHunga ko‘ra pedagogikaning psixologik fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tu solgan.

Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli Fan bo‘lib, avvalo u tarbiya ijtimoiy xodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi kabi alohida o‘rin tutadi.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin