O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə8/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.3 Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli.

Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, SHu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.

Bolaning faoliyatdagi faol mavqei uni faqat tarbiya ob’ek-tiga emas, shu bilan birga tarbiya sub’ektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiya-lanishining yosh bilan bog‘lik davrlarida faoliyatning turli xil-lari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning etakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshi-riladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog‘chasidagi tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘lik, bo‘ladi. (A. N. Leontev va boshqalar).

Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng od-diy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va at-rofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisob-lanadi.

Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (hissiy va hissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. YAngi xarakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo‘yilgan zamin-ga, taqlid kilishga ham borliq bo‘ladi. Hayotning dastlabki yil-larida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o‘z ichiga oladigan yo‘l-yo‘riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo‘ladi. Tarbiyachilar bola-lar bilan muomalada bo‘lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. SHunday yo‘l bilan bolalar o‘ziga xos buyumlar bilan bog‘liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o‘zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.

Buyumlar bilan bog‘lik faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha tarbiya muassasasida ham bir va ikki eshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulk-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan kilinadigan harakatlar to‘g‘risida dastlabki bilimlarni o‘zlashtiradilar.

Bola ikki yarim yoshga to‘lganda buyumlar bilan bog‘lik fao-liyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o‘yin va tasviriy faoliyatga o‘tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o‘zini-o‘zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o‘ziii atrof-dagi odamlardan ajratadigan, o‘z imkoniyatlarini anglab etadi^ gan bo‘la boshlaydi. Mustakillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O‘zini-o‘zi anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo‘ladi.

Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro‘y bersa, 4—6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o‘z xoxishlariga ko‘ra qo‘shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga ega bo‘ladi.

Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshi-da etakchi bo‘ladigan o‘yin faolyyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rah-barligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi bilim-larni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vakt munosabatlarini, o‘xshashlikka va bir xillikka oid alokalarni anglab etadi-lar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o‘yinlar harakatlar-ning rivojlanishiga, makonda yul-yo‘riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabat-larni, harakatlarni muvofiklashtirishning ahamiyatini anglab etadilar va o‘zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi ta-savvurlarini kengaytiradilar.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining maz-muni xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyat-lari kengayadi. Uyin hayolni rivojlantirishga, atrofdagn voqelik, odamlar mehnati to‘rrisidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxs-ning jamoachilik xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat man-faatlariga bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Mashg‘ulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar hakidagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3—4 yoshda ta’lim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar xayotidagi anik faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5—6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o‘zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga karatilgan bo‘la-di, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O‘zlashtirllgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda ko‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.

Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga etadikn, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.

Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushuna-dilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuktai nazardan — maktab o‘quvchnsi nuqtai nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib boraetgan talablarini bajarishga intiladi.

Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijti-moiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga ob’ektiv ravishda berilgan bo‘ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va mulokotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.

Tarbiya tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, yangi hulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagi-na kutilgan natijalarga erishadi.

Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchi-lik roli to‘rrisidagi qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini u faoliyatning xil-xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mustaqil-likni rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi ke-rak.

Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari bo-lalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bnlan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.

Keyingi yosh gruppalarida maktabgacha yoshdagi bolaning musta-qilligi va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o‘zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan tar-biya-ta’lim ishini murakkablashtirish imkonini beradi.

Tarbiya vazifalari mazmuni, metodlarini yoshga karab tabaqa-lashtirish hozirgi fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo‘lishga tayanadi. Bir tomondan, vaqtni orkaga qaytarib bo‘lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomon-dan, tarbiya va ta’lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‘a harakat qilishi yoshga qarab tabakalashtirishning asosi hisoblanadi. YOsh davrlari — odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir.

Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistema-larining etilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi.

YOsh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir; ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvor-ni tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi. Esh bilan birga faoliyat-ning etakchi turi xam o‘zgaradi. Biroq shaxsning‘ ruhiy rivojla-nish darajasi faqat yashagan yillar natijasi emas: har qanday yoshda, ayniqsa bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Esh bilan bog‘lik. rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar xam bo‘lishi mumkin.

Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko‘ngli nozik bo‘adi. SHu bilan birga bu o‘sish va rivojlanish sur’atlari juda yukori bo‘lgan yoshdir. SHu sababli to‘laqonli rivojlanishni ta’minlash uchun bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning hayotini to‘g‘ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy ijobiy holatiga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarur.

Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib


o‘zini ko‘tarish, yurish kabi xilma-xnl harakatlarni egallaydi-
lar. Xarakat ayrim turlarining o‘z vaqtida paydo bo‘lishi va ket-
ma-ketligi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sis-
temasiga borliq bo‘ladi. Zotan, bolalarni yaxshi ovqatlantirish,
parvarish kilksh, ular bilan tez-tez mulokotda bo‘lib turish tu-
fayli ular bu sharoitlar yo‘q bo‘lgan paytdagidan ancha erta
mustakil yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish, aq-
liy rivojlanish asoslari, his-tuyg‘ularni, idrok etishni, tasav-
vurlarni takomillashtirish katta ahamiyatga ega.

Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning muhim esh xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo‘ladilar va kattalar hamda tengdoshlari bilan nutkdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar.

Ilk yoshda buyshlar bilan ysh yuritishning asosiy yo‘nalish-lari, o‘yin faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi. Bolalar o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsa-tishning eng sodda ko‘nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o‘ziga xos mustaqilligini belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o‘yinlarda bir-birlari bilan muomalada bo‘lishni va o‘zlarini o‘yin qoidalariga muvofiq tutishni o‘rganadilar.

Esh xususiyatlari faqat aqliy sohagagina emas, shu bilan birga hissiy, irodaviy, sabab sohalariga ham taalluqli bo‘ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‘ular bilan tartibga solnnadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni tushunishni o‘rgatib borish kerak.

Bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish kerak, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur.

Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash sistemasi yosh avlod umu-miy ta’lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblana-di.





    1. Yüklə 0,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin