O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


BOB O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə10/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#41731
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.BOB O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimi.
3.1 Halq ta’limi tizimi va uning turlari.

Aniq maqsadni ko‘zlab mamlakatimiz yoshlariga ta’lim-tarbiya beradigan muassasalar xalq ta’limi tizimidir.

Xalq ta’limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etadigan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, milliy xususiyatlarga bog‘liq.

Xalq ta’limi tizimi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘grisidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi. va nazorat qilinadi. Konstitutsiyamizning 18- , 41-moddasida ko‘rsatilganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy maqeidan qa’tiy nazar bilim olish huquqiga egadirlar. Fuqarolarning bepul umumiy ta’lim olishlari davlat tomonidan kafolatlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda o‘tkazilgan IX sessiyasida umumxalq muxokamasidan o‘tgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshirilib boriladi. Har bir bosqich muayyan vazifalarni xal etishni nazarda tutadi.

I-bosqich (1997-2001) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoit yaratish.

II-bosqich (2001-2005) – milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda aniqliklar kiritish.

III-bosqich (2005 yil va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalarni tahlil etish, umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish.

Samarali ta’limni tashkil etish jamiyat taraqqiyotini millatning, xalqning porlok kelajagini ta’minlaydi. SHu bois ta’limni tashkil etish nafaqat davlatning balki umumhalq ishdir. Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ota – onalar ko‘mitasi o‘kvchilar o‘z - o‘zini boshqarish organlarining kuchi va imkoniyatlaridan shuningdek otalik tashkilotlarning moliyaviy ma’naviy qullab quvvatlashlari evaziga ta’lim samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu prinsip manna shu g‘oyani ochib berishga hizmat qiladi. Ta’lim tizimi deb muayyan jamiyatda ijtimoiy tarixiy jarayonda tarkib topgan ma’lum talablar asosida boshqariladigan xamda bir – biri bilan bog‘langan barcha tipdagi o‘kuv tarbiya muassasalarining yig‘indisiga aytiladi.

Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun va xujjatlarda belgilangan tartibda faoliyat olib boriladi. ta’lim tizimi ijtimoiy – tarixiy xarakterga ega bo‘lib, muayyan jamiyatning ijtimoi- iqtisodiy madaniy taraqqyoti darajasida, hamda siyosati mazmuni bilan bog‘lik xolda tarkib topadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX – sessiyasida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) davlat ta’lim standartlariga muvofiq, ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

b) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy – tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar;

v) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta’limni bosqichma – bosqich amalga oshrish uchun xizmat qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi.

Ta’lim turlari:




  • Maktabgacha ta’lim

  • Umumiy o‘rta ta’lim

  • O‘rta maxsus kasb - hunar ta’limi

  • Oliy ta’lim

  • Oliy uquv yurtidan keyingi ta’lim

  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’limi

  • Maktabdan tashqari ta’lim.

O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni», «Ta’lim turlari» xususidagi 10-moddasida shunday deyiladi:

- Maktabgacha ta’lim.

Uch yoshdan boshlab, olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinishlaridan qa’tiy nazar, boshqa ta’lim tashkilotlarida olib boriladi.

- Boshlang‘ich ta’lim. 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi. O‘qish 6-7 yoshdan boshlanadi.

- Umumiy ta’lim. O‘quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim va tarbiya beralida.

- O‘rta maxsus bilim va kasb-hunar bilimi. O‘qish muddati 3 yildan kam bo‘lmagan akademik va kasb-hunar litseylari va kollejlari.

- Oliy mutaxassislik ta’limi To‘rt yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi.

Oliy mutaxassislik ta’limi: bakalavrlik, magistraturaga bo‘linadi.

Bakalavrlik – bazaviy oliy ta’lim berish demakdir. Unda o‘qish kamida 4 yil davom etib, oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik diplomi olish bilan tugaydi.

Magistratura – aniq mutaxasislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida 2 yil davom etadi. Unda tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakunlanadi.

- Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim Aspirantura nihoyasiga etkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom etadi. Aspirantura akademiya va kvalifikatsion imtixonlari, nomzodlik dissertatsiyalarini himoyasi bilan yakunlanadi.

Doktorantura – fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi, dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi.

- Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash.

- Maktabdan tashqari ta’lim.
3.2 Maktabgacha ta’limning vazifalari va turlari.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk maktabda o‘kishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti – etti yoshga to‘lgunga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bolalar bog‘chalari 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo‘lgan bola uchun) va mulk shaklidan kat’iy nazar ta’lim muassasalarida olib boriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim – tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustaxkamlanadi o‘z – uziga xizmat kursatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat vatanparvarlik to‘yg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani amalga oshirilishi lozim.

Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama etuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.

Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga etguncha oilada, davlat va davlatga shli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1998 yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga, Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi. Tuman, shahar xalq ta’lim bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi.

Maktabgacha ta’limning vazifalari:



  • bolalarni xalqning boy milliy. madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-ahloqiy jixatdan tarbiyalash;

  • bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash;

  • bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;

  • bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash.

Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. MTMni tashkil etishda va tugatish qonuniga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

MTMlari yo‘nalishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

- bolalar yaslisi, oblalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi;

- bog‘cha-maktab majmuasi;

- tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan maktabgacha ta’lim muassasasi (til o‘rgatuvchi, musiqa, sport yo‘nalishlari bo‘yicha);

- tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus MTM;

- sanitariya-gigiena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini muolajalari ustivor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi bolalar bog‘chasi;

- aralash turdagi MTM.

Maktabgacha ta’lim turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi.

Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya sohasida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bugungi bolakay va qizaloqlar zimmasida XXI asrda sog‘lom, iblimli, aqilli bo‘lib jamiyatimizning faol a’zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular sizu bizga – kattalarga umid, ishonch nigohi bilan boqadilar.

Nazorat uchun savol.


  1. Ta’lim tizimida maktabgacha ta’limning tutgan o‘rnini izohlang.

  2. Ta’lim tizimi doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar haqida nimalar bilasiz?

  3. Ta’lim tizimini boshqarishni qanday tushunasiz?

  4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy boskichlari qaysilar?

  5. Ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalarini aniqlab bering.

  6. Maktabgacha ta’limni asosiy turlari qaysilar?



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin