O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix13.05.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#57800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
autoplay ssenariylari asosida amaliy dasturiy taminot yaratish va uni boshqarish masalasi

Tools.  Ba‟zida  AutoPlay  dasturining  galeriyasidagi 

mavjud  buyruq  tugmalari  dizayn  jihatidan  yetarli  bo„lmay 

qolishi  mukin.  Shunday  paytlarda  ushbu  menyuning  “Button 

Maker”  bandiga  murojaat  qilib  yangi  dizayndagi  buyruq  tug-

malarini  yaratish  mumkin.  Bundan  tashqari  loyiha  uchun 

ssenariy kodini yozish ham shu menyuda amalga oshiriladi.

 

Publish.  Bu  menyu  yordamida  AutoPlayda  tayyor 

holatga kelgan amaliy dasturni ishlatib sinovdan o„tkazish va 

kompilyatsiyalash mumkin.

 

Edit.  Bu  menyu  orqali  oxirgi  bajarilgan  amalni  bekor 

qilish  yoki  takrorlash,  ajratilgan  obyektni  kesib  olish,  uning 

nusxasini  olish,  boshqa  joyga  qo„yish,  o„chirish,  sahifa 

dublikatini   hosil   qilish,   bir   turga   mansub   obyektlarni

 

9



 

 



guruhlash,  obyektni  “qulflash”,  obyektni  fiksirlab  qo„yish  va  yashirin  holatga 

o„tkazish kabi ishlarni bajarish mumkin.

 

Align.  Bunda  obyektning  sahifaga  (ishchi 

sohaga)  nisbatan  koordinatalar  bo„yicha,  masalan, 

gorizontal,  vertikal,  va  boshqa  o„lchamlarga  nisba-

tan joylashuv holatini belgilab olish mumkin

 

Page.  Bu  menyu  loyihadagi  sahifalar  uchun 

xizmat  qiladi.  Masalan,  loyihaga  yangi  sahifa 

qo„shish,  mavjud  tanlangan  sahifani  o„chirish, 

mavjud  sahifaning  dublikatini  (aynan  nusxasini) 

hosil  qilish,  sahifaning  xossasiga  oid  muloqot 

oynasini chaqirish kabi ishlarni bajarish mumkin.

 

Object.  Bu  menyuda  24  ta  obyektni  sahifaga 

qo„yish  imkoniyati  mavjud  bo„lib,  shundan  17  tasi 

konstruktorlik  tizimida  ishlatiladigan  standart  ob-

yektlar  bo„lsa,  qolgan  7  tasi  plagin  tarzida  tashkil 

etilgan  obyektlar  bo„lib,  ular  “Plugins”  buyrug„i  or-

qali sahifaga qo„yiladi, masalan, Calendar, Windows 

stilidagi  “Win–Button”  nomli  buyruq  tugma-si, 

Slider va hk. Shuningdek, “Properties” buyru-g„idan 

foydalanib, sahifada belgilangan obyektning xossalar 

oynasini hosil qilish imkoniyati mavjud.

 

Project.  Loyihani  har  tomonlama  mukammal  ishlash  uchun  imtiyozli 

yordam  ko„rsatadigan  ajoyib  menyu  hisoblanadi.  Uning  “Settings”  bandiga 

murojaat  qilib,  loyihaga  oid  xossalarni  o„zgartirish,  “Menu  Bar…”  bandiga 

murojaat qilib, yaratilajak amaliy dastur oynasini xususiy menyu bilan ta‟minlash, 

“Global  Functions…”  bandi  orqali  loyihadagi  barcha  sahifalarga  birdek  tegishli 

bo„lgan  funksiya-qism  dasturlarini  yozish  mumkin.  Shuningdek,  turli  multimedia 

hujjatlarini va plaginlarni joylashtirishni ham shu menyuda muvaffaqiyatli amalga 

oshirish mumkin.

 

10

 



Edit ]

 

 



(|* Undo Add Button object     Ctrl+Z

 

^) Redo object



 

move/resize    Ctrl+V

 

% Cut


 

Ctrl+X


 

[3 Copj/


 

Ctrl+C


 

Jj Paste


 

Ctrl+V


 

£2 Delete

 

Delete


 

Duplicate

 

Ctrl+D


 

Select


 


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin